15.Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatalari va usullari
Turli operatsion tizimlarda internetga bog‘lanish turlicha amalga oshiriladi. Dunyoda ko’pgina foydalanuvchilar Windows OT idan foydalangani uchun ushbu OT misolida internetga bog‘lanish qanday amalga oshirilishini ko’rib chiqamiz.
“Pusk” tugmasini bosamiz, boshqaruv panelini tanlaymiz, “set i podklyuchenie k internetu ” bo’limiga o’tamiz. “Setevыe podklyuchenie” ko’rsatkichini bosamiz. Internet “keladigan” tarmoq adapterini tanlash kerak. Sichqonchani o’ng tugmasini bosib, ochilgan menyuda “Svoystva” komandasini tanlaymiz.
Rasm. 7.25
Ochilgan muloqot oynasida “dopolnitelno” bo’limiga o’tamiz. Va “Razreshit drugim polzovatelyam ispolzovat podklyucheniya k internetu” belgisini o’rnatamiz.
Rasm. 7.26
Agar siz tarmoq foydalanuvchilarga umumiy ulanishni boshqarish (imkonini bermoqchi bo’lsangiz), ya’ni butun tarmoqqa umumiy ulanishni o’chirish/yoqish imkonini bermoqchi bo’lsangiz – “Razreshit drugim polzovatelyam upravlyat obщim dostupom” belgisini o’rnating. Agar kommutatsiyali (masalan, modemli) ulanishni sozlash o’tkazilsa, parametrlar ro’yxatida yana bitta belgi – “Ustanavlivat vыzov po trebovaniyu” paydo bo’ladi.
Rasm. 7.27
Uni ishlatishda ixtiyoriy tarmoq foydalanuvchisi mustaqil ravishda internet resurslariga murojaat vaqtida internetga avtomatik tarzda ulanish jarayonini yuzaga keltira olishi mumkin. Kerakli parametrlani o’rnatgandan so’ng oyna tagidagi – “OK” tugmasi bosiladi. Bu holda tarmoq interfeysi IP adresi o’zgarishi haqida ogohlantirish xabari chiqadi. “Da” tugmasi bosiladi.
Agarda lokal tarmoq ichida, internetdan murojaat huquqini berish kerak bo’lgan xizmatlar ishlayotgan bo’lsa (masalan, tarmoqda Web yoki FTP-server yoki ichki tarmoq foydalanuvchilariga onlayn o’yinlar kerak bo’lsa) “Obщiy dostup” bo’limidagi “parametrы” tugmasini bosish kerak.
Rasm.7.28
Xizmatlar ro’yxatida umumiy qabul qilingan portlardan foydalanuvchi standart protokollar ko’rsatilgan. Agar siz shaxsiy xizmatingizni qo’ymoqchi bo’lsangiz “Dobavit” tugmasini bosing. Bu holda xizmat nomi va bu xizmat ishga tushiriladigan kompyuter, ichki va tashqi portlar va protokollar tipi berilishi kerak.
Bu yerda sal oldinroqqa o’tamiz. Oddiy ICS sozlash, lokal tarmoqdagi IP-adreslar boshqaruvchi kompyuterdan ishga tushirilgan DNSP-server orqali tayinlanishini nazarda tutadi. Ammo bu har doim ham qulay emas. Agar mijoz-kompyuterlar IP-adreslarni avtomatik tarzda olishga sozlangan bo’lsa, tarmoq ishlamaydi. Shuning uchun ham, adreslarni statik tayinlash, ishga tushirilgan DNSP-serverga qaraganda qulayroqdir. Agar xizmatchi kompyuterga statik adres tayinlangan bo’lsa, internet foydalanuvchilari murojaat qilishlari mumkin bo’lsa, imya maydonida IP-adreslarni ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |