2-amaliy mashg‘ulot windows otda ishlash ko’nikmalarini takomillashtirish. Reja


Ma’lumotlar tizimidan foydalanish



Yüklə 3,25 Mb.
səhifə6/22
tarix27.09.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#149851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2-amaliy mashg\'ulot

5.Ma’lumotlar tizimidan foydalanish

Agar Windows XP dan foydalanishda sizda biron-bir savol yoki qiynchiliklar yuzaga keladigan bo’lsa, tizim sizning savollaringiza tez va oson javob topishingizga yordam beradi. Bundan tashqari har bir dastur o’zining ma’lumotlar tizimiga egaligidan tashqari Windows XP uchun umumiy ma’lumotlar tizimi mavjuddir. Ushbu yo’riqnomadan foydalanish uchun asosiy menyu komandalaridan Spravka i podderjka buyrug‘i tanlanadi. Windows XP OT ining ma’lumotlar xizmati ochiladi.Ushbu oyna Web-sahifa ko’rinishini eslatadi.



Rasm.7.12. Ma’lumotlar tizimining asosiy oynasi
Ma’lumotlar tizimi ishga tushgandan so’ng olinishi mumkin bo’lgan axborotlar ro’yxati aks etadi.
6. Operatsion tizimlarning tizimli sozlamalari

Tizimli parametrlarni sozlash uchun “Moy kompyuter” papkasining kontekst menyusida “Svoystva sistemы” bo’limini tanlang. Windows OT i oilasining boshqa versiyalaridagi kabi Obщie  dialog bo’limi Svoystva sistemы  oynasida siz tizim haqida umumiy ma’lumotlarni ko’rishingiz mumkin.




Rasm. 7.13
Imya kompyuterabo’limi kompyuterning tizimli nomini o’zgartirishga yordam beradi. Shu bilan birga kompyuterning ishchi guruh yoki domenga a’zoligini boshqarish mumkin.

Rasm. 7.13
Oborudovanie bo’limida Windows ni kompyuterning apparat ta’minoti bilan ishlashiga javob beradigan parametrlar to’plangan.  

Rasm. 7.14
Dispetcher ustroystv tugmasi qurilmalar parametrlarini sozlash va drayverlarni o’rnatish oynasini aks ettiradi.
Ustanovka oborudovaniya tugmasi PnP ni o’rnatish va ular uchun eskirgan qurilma (legacy) va drayverlarni o’rnatish va qidirishni tez amalga oshirishga imkon beradi.
Profili oborudovaniya tugmasi kompyuterning apparat konfiguratsiyasini sozlashning bir nechta turli parametrlariga ega bo’lish imkonini beradi.

Rasm. 7.15
Birinchi bo’lib bu mexanizm Windows NT da paydo bo’ldi. Profil o’z ichiga qurilmaning apparat parametrlari (uzilishi nomerlari, kirish-chiqish portlari va x.k.), u yoki bu qurilmalar faolligi, qurilmaning dasturiy parametrlari (COM-port maksimal tezligi yoki “sichqoncha” yordamida o’tkaziladigan qatorlar soni va boshqalar).
Profildan foydalanishning namunaviy misoli bo’lib, bog‘lanish tuguniga ulanadigan va undan uziladigan portativ kompyuter uchun alohida profillarni yaratishga xizmat qiladi. Standart bo’yicha faqat bitta profil - "Profile 1" mavjud. Yangi profilni “noldan” boshlab yoki ixtiyoriy mavjud profildan nus’ha olish yo’li bilan yaratish mumkin. Agar profillar ro’yxatidan bir nechta profillar mavjud bo’lsa “yuklanish” vaqtida Windows XP ulardan birini tanlashni taklif qiladi.
7.Dasturlarni o’rnatish va o’chirish



Kompyuterlar bilan ishlash vaqtida yuzaga keladigan muammolarning (osilish, to’xtab qolish va x.k.) aksari, ilovalarni o’rnatish va olib tashlash vaqtida noto’g‘ri harakatlar orqali yuzaga keladi.
Ilovalar o’rnatish jarayoni maxsus o’rnatish dasturlari yordamida olib boriladi, bu dasturlar avtomatik tarzda yuklanadi (masalan diskni dikovodga qo’yganda) yoki setup.exe yoki install.exe deb ataluvchi zarur fayllarni ishga tushirish yordamida amalga oshiriladi.
Odatda dasturlarni o’rnatishda avval salomlashish oynasi bilan litsenziya roziligi so’ng esa o’rnatish uchun joyni tanlash oynasi ochiladi.
Xuddi shu yerda yangi boshlagan foydalanuvchi uchun muammo boshlanadi. Standart bo’yicha, kompyuter ilovani C:Program Files, papkasiga o’rnatishni taklif qiladi, bu taklifni

Rasm. 7.16
Muammosiz qabul qilish mumkin, ammo har doim ham emas.
Ko’p foydalanuvchilarni qattiq disklari bir nechta mantiqiy disklarga bo’lingan (C, D va x.k.). Bu holda S disk har doim ham xoxlagan dasturlarni joylashtirish uchun yetarli xajmga ega bo’lmaydi.
Ilovani D diskga (yoki ixtiyori boshqasiga) o’rnatish uchun Obzor tugmasini bosish va o’rnatish uchun boshqa joyni tanlash kifoya.

Rasm. 7.17
Shunday qilib tizimli mantiqiy diskni to’lib ketishidan saqlab qolasiz, bu o’z vaqtida tezlikka ta’sir qiladi.
Agar ilova, o’rnatish dasturi yordamida o’rnatilgan bo’lsa, u holda uni olib tashlash uchun olib tashlash uchun mo’ljallangan (deistallyatsiya dasturi) dasturdan foydalanish zarur.
Bunday dasturni (odatda bu dastur uninstall yoki uninst deb ataladi) olib tashlanadigan ilova joylashgan papkadan topish mumkin.

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin