2. Amir Temur buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat



Yüklə 137 Kb.
səhifə8/10
tarix27.04.2023
ölçüsü137 Kb.
#103629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
maaaatn

Tarixshunoslik. Amir Temur va temuriylar davrning yana bir muhim yutug‘i-bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo‘lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta‘sir ko‘rsatganligi shubhasizdir.
Bu davrda yashab ijod etgan muarrixlarning asarlarida o‘sha zamon tarixiy voqealarining mufassal tafsilotlari, sharhlaridan tashqari ularning chuqur ijtimoiy mohiyati, mazmuni o‘zining butun ziddiyatliligi va murakkabliligi bilan ifoda etilgan.
Mazkur jadvalda nomlari ko‘rsatilganlar muarrixlar o‘sha davr ijtimoiy hayoti jarayonining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda temuriy hukmdorlarning turli-tuman faoliyati, sa‘y-harakatlari bilan bog‘liq tarixiy hodisalar, voqealar silsilasini o‘z imkoniyatlari darajasida xolis va haqqoniy aks ettirishga intilganlar. Shu bilan birlikda bunda ularning o‘z shaxsiy qarashlari yoxud u yoki bu hodisalarni ba‘zan bo‘rttirib, ba‘zan esa kamsitib, bir yoqlama tarzda ifodalashga uringan bo‘lishlari ham shubhasizdir. Bunday hollar, jumladan, Ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali Yazdiy va boshqa muarrixlarning asarlari uchun ham birdek taalluqlidir. Biroq, eng muhimi, tilga olingan bu asarlar o‘zining ilmiy qimmati, muhim tarixiy manbalar sifatidagi benazir qadri bilan biz minnatdor avlodlar uchun muhim ahamiyatga egadir.
Nafis kitob va xattotlik san’ati. Temuriylar davri madaniyati ravnaqida xattotlik san‘atining o‘rni ham alohidadir. Bu davrda ilm-fan va adabiyot bilan bir qatorda kitobat san‘ati, ya‘ni qo‘lyozma asarlarni ko‘chirib yozish va u bilan bog‘liq bo‘lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik (lavha chizish) va sahhoflik (muqovasozlik) san‘ati ham nihoyatda taraqqiy etadi. Shu o‘rinda xattotlik haqida qisqacha tarif beradigan bo‘lsak, xattotlik (arab. – husnixat yozuvchi), kalligrafiya – yozuv (xat) san‘ati, kitob ko‘chirish hamda me‘moriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbidir. Yozuvning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo‘lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish (matn ko‘chirish) bilan xattotlar shug‘ullangan. Xattotlik san‘atiga bag‘ishlangan ko‘plab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nasta‘liq, suls, tavqe, ta‘liq, devoniy, riko, rik‘iy) mavjudligi haqida darak beradi.
XV asrdan kitob ko‘chirish (fors, eski o‘zbek tillari)da nasta‘liq xati rasm bo‘lgan. Xattotlar ko‘proq saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida guruh bo‘lib ishlagan. Xattotlik Markaziy Osiyoda Temuriylar, SHayboniylar va so‘nggi sulolalar (ashtarxoniylar, mang‘itlar) davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Temuriy shahzodalar Ibrohim Mirzo (1394-1435, Shohrux ikkinchi o‘g‘li), Boysung‘ur Mirzo (1397- 1433, Shohrux Mirzo o‘g‘li), Badiuzzamon Mirzo (1458-1515, Husayn Boyqaroning to‘ng‘ich o‘g‘li) va boshqalar xattotlikka homiylik qilish bilan birga o‘zlari bu san‘at turi bilan shug‘ullangan. Jumladan, Ibrohim Mirzo olti xil xatda tengi yo‘q xattot bo‘lgan. Shuning uchun ayrim masjid va madrasalar peshtoqiga o‘z qo‘li bilan kitobalar ham yozgan. Temuriy shahzoda Boysung‘ur Mirzo Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qo‘lyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini ta‘mirlash bilan mashg‘ul bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) esa yangi xat va alifbo «Xatti Boburiy» ixtirochisidir. Kitobat san‘ati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda xattotlik keng qo‘llanilgan.
Amir Temur davrining yetuk xattotlaridan biri Mir Ali Tabriziy (1330-1405) nash va ta‘liq xati uslublari asosida nasta‘liq xatini kashf qilgan. ). Amir Temur va Shohrux Mirzo xizmatida bo‘lgan. Nasta‘liq xatining qonun-qoidalari bayon etilgan risola yaratgan, ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. U ko‘chirgan qo‘lyozmalar, jumladan, Kirmoniyning «Xumoy va Humoyun», «Kamolnoma», «Ravzat al-anvar» dostonlari (1396, Britaniya muzeyida), Sa‘diyning «Kulliyot»i, «Bo‘ston» asari (1377), Nizomiy va Dehlaviyning «Xamsa»lari (Eron milliy kutubxonsida) va qit‘a (mumtoz adabiyotda lirik janr) lar (1 donasi Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida) bizgacha yetib kelgan.
Temuriylar davrida Sultonali Mashhadiy (1437-1520) «Sulton ul-xattotin» («Xattotlar sultoni») va «Qiblat ul-kuttob» («Kotiblar qiblasi») nomli yuksak unvonlarning sohibi bo‘lgan. Xattotlik san‘atida o‘ziga xos maktab yaratgan Sultonali Mashhadiy nasta‘liq xatining mislsiz ustozi, Alisher Navoiy (1441-1501)ning kotiblaridan biri sifatida sharaf topgan edi. Bu davrda Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik san‘atkorlar (Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqalar) xattotlikda samarali ijod kilgan. Sultonali Mashhadiy o‘z qalamiga sayqal berib, Nizomiy, Farididdin Attor, Xo‘ja Hofiz, Sa‘diy, Xusrav Dexdaviy, Abdurahmon Jomiy, Husayniy (Husayn Boyqaro) va boshqa mualliflarning asarlarini kitobot qilgan. Sultonali tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitoblar nusxasi bizgacha yetib kelgan.

Yüklə 137 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin