№2 ammiakni oksidlash va nitrat kislotasi olish



Yüklə 58,44 Kb.
səhifə1/2
tarix07.10.2023
ölçüsü58,44 Kb.
#152892
  1   2
2-Laboratoriya ishi


Laboratoriya ishi № 2
AMMIAKNI OKSIDLASH VA NITRAT KISLOTASI OLISH


Ishdan maqsad: Laboratoriya qurilmasida ammiakni katalitik oksidlab, nitrat kislotasi olishda oksidlanish jarayonining tutashuv chegarasida haroratga va vaqtga bog’likligini o’rganish.


Nazariy ma‘lumotlar.
Ammiakni azot oksidigacha oksidlash suyultirilgan nitrat kislotasi olishda I-bosqichdir.
II-bosqich azot oksidini azot (II) oksidigacha oksidlash va uni suv bilan absorbtsiyalashdan iborat.
Ammiakni azot oksidigacha oksidlash quyidagi reaktsiya ko’rinishida boradi.
4 NH3 + 5О2 = 4NО + 6Н2О + Q (а)
Ammiakni oksidlashda ushbu reaktsiya jarayonida, quyidagi qo’shimcha reaktsiyalar xam borishi mumkin.

4 NH3 + 4О2 = 2N2О + 6Н2О + Q (б)


4 NH3 + 3О2 = 2N2 + 6Н2О + Q (в)
Bu reaktsiyalar amalda oxirigacha boradi.
Agarda katalizator qo’llanmasa oksidlanish asosan (v) reaktsiya ko’rinishida boradi. Sanoatda ammiakni NO gacha oksidlash uchun katalizator sifatida odatda platinaning bir oz palladiy va rodiy qo’shilgan qotishmasi sidirg’a to’r ko’rinishida ishlatiladi. Bu to’rlar reaktor ichida qavat-qavat joylashgan bo’lib, uning orasidan ammiak va havo aralashmasi o’tkaziladi. Platina katalizatorlarida, juda oz vaqt birligida, yuqori darajada, ya‘ni 95-98% gacha azot oksidi olish mumkin. Ammiakni azot oksidigacha oksidlanishi, sekundning o’n mingdan bir ulushiga vaqt oralig’ida, deyarli oxirigacha boradi. Bunday katalizatorlar uzoq muddat o’zining faollik xususiyatlarini saqlab turadi.
Hozirgi kunlarda platina bilan bir qatorda temir oksididan tayyorlangan katalizatorlar ham ishlatilmoqda.
Ammiakning oksidlanish tezligi nihoyatda katta bo’lib, eng tez boruvchi reaktsiyalar qatoriga kiradi. Platina katalizatorlarida optimal tutashuv vaqti 0,00006 - 0,0003 sekund, temir oksidida esa 0,01 sekundni tashkil qiladi. Optimal harorat esa 700 – 9000C dir. NO gazining hosil bo’lishi uchun dastlabki gaz aralashmasining tarkibi ham katta ahamiyatga ega. Bir mol ammiakni azot oksidigacha oksidlanishi uchun nazariy jihatdan 1,2 mol kislorod kerak bo’ladi. Azot oksidini hosil bo’lish darajasini oshirish uchun kislorod miqdori keragidan ortiqroq bo’lishi, ya‘ni 1 hajm NH3 uchun 1,2-2,0 hajm O2 bo’lishi kerak. Kontakt qurilmasida katalizator ishtirokida 800 – 9000C haroratda asosan azot oksidi hosil bo’ladi. Chunki yuqori haroratda azotning kislorod bilan eng mustahkam birikmasi azot oksidi hisoblanadi. Kontakt qurilmasidan keyingi oksidlash idishida (12) gaz harorati pasayadi va azot oksidi azot (II) oksidigacha oksidlanadi.
2NО + О2 = 2NО2 (г)
Oksidlanish reaktsiyasi natijasida bir qator nitroz gazlari (N2O3 NO, N2O) ham hosil bo’ladi.
Nitrat kislatasining hosil bo’lishi esa, hosil bo’lgan asosiy mahsulot azot (II) oksidini suv bilan o’zaro ta‘siriga asoslanadi.
2NО2 + Н2О = НNО3 + НNО2 + Q (д)

qo’shimcha N2О4 + Н2О = НNО3 + НNО2 + Q (е)


Hosil bo’lgan nitrat kislotasi beqaror bo’lgani uchun quyidagicha parchalanadi.
3НNО2  НNО3 + 2NО + Н2О - Q (ж)
Reaktsiyaning umumiy ko’rinishi esa,
3NО2 + Н2О  НNО3 + NО + Q (з)
ko’rinishida bo’ladi. (d) reaktsiyasida ko’rsatilgan azot (II) oksidini nitrat kislotasiga aylanish darajasi nitrat kislotasining kontsentratsiyasiga, haroratga va gaz tarkibidagi azot (II) oksidining miqdoriga bog’liq.
Bu ish - laboratoriya model qurilmasida ammiakni katalitik oksidlab, nitrat kislotasi olish jarayonini, nazorat qilish usullarini o’rganishga mo’ljallangan.
Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar.
1. Laboratoriya qurilmasi.
2. Temir katolizatori.
3. Ammiak gazi.
4. Natriy ishqori eritmasi, 0,5N.
5. Erlenmeyer kolbasi.
6. Metil qizil indikatori.



Yüklə 58,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin