№2 ammiakni oksidlash va nitrat kislotasi olish



Yüklə 58,44 Kb.
səhifə2/2
tarix07.10.2023
ölçüsü58,44 Kb.
#152892
1   2
2-Laboratoriya ishi

Ishni bajarish tartibi:
Kontakt (tutashuv) qurilmasi ichiga katalizator to’ldirilgan kvarts quvurga (9) o’rnatilgan, elektr isitkichli, vertikal joylashgan, kvartsdan tayyorlangan pech (8) dan iborat. Qurilmani elektr bilan isitish, elektr tarmog’iga ulangan laboratoriya avtotransformatori (13) va ampermetr (14) yordamida boshqariladi. Tutashuv qurilmasidagi harorat termopara (11) yordamida o’lchanadi va ko’rsatuvchi millivoltmetr yordamida nazorat qilinadi.
Kvarts qurvurchasiga (9) temir oksididan tayyorlangan katalizator joylashtiriladi va gaz aralashmasi (NH3+O2) tutashuv chegarasiga yuqoridan pastga qarab beriladi. Hosil bo’lgan mahsulot qurilma ostidagi oksidlovchi - gaz yig’uvchi idish (12) ga o’tadi.



220 ~

Ammiak va havodan iborat bo’lgan gaz aralashmasi quyidagicha tayyorlanadi:


Ammiak ballon (4) dan simobli reometr (5) orqali aralashtirgich (6) ga uzatiladi. Havo aralashtirgich (6) ga gazometr (2) dan reometr (3) orqali uzatiladi.
Gazometrdagi bosim yuqoriga joylashgan bosim baki (1) dan tushayotgan suv yordamida hosil qilinadi.
Ammiak va havodan iborat gaz aralashmasi aralashtirgich (6) dan va bufer idishi (7) dan o’tib, tutashuv qurilmasiga uzatiladi. Azot oksidlarini yuttirish uchun gaz tutashuv qurilmasidan chiqib, oksidlovchi idish orqali o’tib, ikkita ketma-ket ulangan, suv tuldirilgan absorbtsiya kollonasi (15) ga keladi. Absorbtsiyaga uchramagan gaz qoldiqlari atmosferaga chiqarib tashlanadi.
Tajriba o’tkazish uchun lozim bo’lgan 8-9 % ammiakli havo aralashmasi tayyorlash uchun oldindan graduirovka qilingan reometr (3) va (5) ular o’rnatilgan. Gaz aralashmasining umumiy hajmiy tezligi 200-600 sm3/min ga teng bo’lish kerak.
Gaz aralashmasi kerakli haroratgacha qizdirilgan tutashuv qurilmasiga ma‘lum hajmiy tezlikda yuboriladi. Tajriba o’tkazilayotgan davrda tutashuv qurilmasidagi harorat va gaz oqish tezligini o’zgartirmay bir xil ushlash zarur. Ammiakni yuborish to’xtatilgandan so’ng, butun tizimni azot yoki havo bilan yuvish lozim.
Tajribalar natijasida olingan xulosalardan ammiakning oksidlanishini haroratga yoki tutashuv vaqtiga bog’likligini ko’rsatuvchi grafiklar chiziladi va optimal sharoitlari aniqlanadi.
Nitrat kislota hosil bo’lishining darajasini reaktsiyaga kirishayotgan dastlabki ammiak miqdoridan va hosil bo’lgan nitrat kislotasini NaOH bilan titrlab aniqlanadi.

Bu yerda: гр.экв. НNО3 + П 0,0005f ,


П + 0,5 N NаОН ning titrlash uchun sarflangan miqdori.
f + NаОН ning normalligini to’g’irlash koeffitsenti-faktor.

reaktsiya uchun sarflangan ammiak miqdori, ml.




NAZORAT SAVOLLARI
1.Nitrat kislotasi olish uchun qanday xom-ashyolar kerak?
2.Ammiakni oksidlash uchun sanoatda va laboratoriyada qanday katalizatorlar ishlatiladi?
3.Ammiakni oksidlash qanday reaktsiyalar orqali boradi?
4.Ammiakni oksidlashda tutashuv harorati nechaga teng?
5.Ammiakni oksidlashda dastlabki gazlar nisbati qanday?
6.Nima uchun sanoatda ammiakni oksidlash jarayonida gazlar nisbati stexiometrik 1,25 o’rniga O2 NH3 қ 1,8 - 2,1 gacha qilib olinadi?
Yüklə 58,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin