2 Annotatsiya


XVIII asr o‘rtasida- XX asrning boshida Xitoy



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/50
tarix08.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#109409
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Тарих 2 таьлим дастури ва мезони 2022

 
XVIII asr o‘rtasida- XX asrning boshida Xitoy. 
 
XVII asrning o„rtalarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. Manjur hukumatining ichki siyosati. Sin 
imperiyasining agrar siyosati. Savdo-sotiq, manufaktura, hunarmandchilik va shahardagi ijtimoiy ahvol. Manjur 
hukmdorlarining bosib olish siyosati. Sin sulolasining tashqi siyosati. Xitoyning yakkalanish siyosati. Xitoy 
xalqining Manjur hukmdorlariga qarshi kurashi. Sin imperiyasining iqtisodiy va siyosiy ahvoli. G„arb 
mamlakatlari va Xitoy. Birinchi ingliz-xitoy (afyun) urushi. 1842-1844 yillardagi tengsiz shartnomalar. 
Dehqonlar urushining boshlanishi. Taypinlar va ularning ichki va tashqi siyosati. Sin hukumati va G„arb 
davlatlari. Taypin davlatining qulashi. Xalq haraqatlari. Dungan-uyg„ur qo„zg„oloni. Yoqubbek va uning 
siyosati. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari. Iqtisodiy va siyosiy munosabatlar. XIX asr oxiri -XX asr boshida 
Xitoy. Xitoyda yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va ularning xususiyatlari. Kan Yuvey 
rahbarligida islohotchilik harakati. Sun Yatsenning birinchi tashkiloti – “Xitoy uyg„onishi ittifoqi”. Ixetuan 
qo„zg„oloni va uning mag„lubiyatga uchrashi. 1901 yilda tuzilgan “Yakunlovchi protoqol” va Xitoyning 
yarimmustamlaka holiga tushib qolishi. XX asr boshlarida Xitoyda iqtisodiyotning rivojlanishi. 1905-1907 


22 
yillarda Xitoyda norozilik haraqatlarning o„sishi. “Birlashgan ittifoq” (tukmen). Sun-Yat-Senning “3 tamoyili”. 
Sinxay inqilobining boshlanishi. Sin saroyining siyosati. Respublika hukumatining tuzilishi va Sun Yatsenning 
vaqtincha prezident qilib saylanishi. Sin sulolasi hokimiyatining tugatilishi. Yuan Shikayning hokimiyatga 
kelishi. Gomindanning tashqil bo„lishi. Birinchi jahon urushi yillarida Xitoyning siyosiy va iqtisodiy ahvoli. 
 
XVII asr o‘rtasida -XX asr boshida Hindiston. 
 
Boburiylar imperiyasining inqirozi. Hindistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. XVIII asrning 
2-yarmida Hindistonda Angliya hukmronligi. Hindiston va Ost-Hind kompaniyasi. Hindiston Angliyaning 
xomashyo manbai. Hindistonda yer egaligi qatlamining shakllanishi va hind ziyolilarining paydo bo„lishi. Yangi 
shaharlarning rivojlanishi. 1857-1859 yillardagi xalq qo„zg„olonlari. XIX asrning 60-yillarida Hindistondagi 
ichki va tashqi vaziyat. Iqtisodiy va madaniy munosabatlar. XIX asrning oxiri - XX asrning boshida 
Hindiston.Hindiston iqtisodiyoti va mustamlakachilik zulmining kuchayishi. Agrar munosabatlar. Hindistonga 
ingliz sarmoyasining kirib kelishi. Hindistonda tovar-pul munosabatlarining o„sishi. Milliy sanoat rivojlanishi. 
1860-1870 yillarda milliy ozodlik harakati va undagi asosiy oqimlar. Hindiston milliy kongressining tashqil 
bo„lishi va uning faoliyati. Musulmon jamoa harakati. 1906-1908 yillarda ishchilar va dehqonlar harakati. 
“Svaraj” va “svadeshi”. 1905 yilda Bengaliyaning bo„lib yuborilishi va ommaviy haraqatlar. Birinchi jahon 
urushi davrida Angliyaning Hindistondagi siyosati. M.M.Gandi faoliyatining boshlanishi

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin