2. Berilgan rdb dastgoh haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə1/9
tarix13.04.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#97511
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
SHamsiddin yozuv


  1. KIRISH

2. Berilgan RDB dastgoh haqida umumiy ma’lumotlar
2.1. RDB dastgohining vazifasi
2.2. RDB dastgohining kinematik tuzilishi
2.3. RDB dastgohining texnik tasnifi
3. Strukturaviy-texnologik modellashtirish asoslari
4. Berilgan dastgohni strukturaviy-texnologik modelini tuzish
5. Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati



  1. KIRISH

RDB stanoklarda ishlov berish texnologik jarayoni odatdagi texnologik jarayonlardan farqli o‘laroq, texnologik masalalarni hal qilishda yuqori darajada detallashtirishni va axborotni aks ettirishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olishni talab etadi. Texnologik jarayon strukturasi ham o‘rnatish, pozitsiya, texnologik va yordamchi o‘tishlar, ishchi va yordamchi yurishlar kabi elementlardan tashkil topgan operatsiyalarga bo‘linadi.
RDB stanoklar uchun texnologik jarayonlarni detallashtirish yurishlarni qadamlarga bo‘lishga olib keladi, har bir qadam asbob traektoriyasi uchastkasida ma’lum geometrik element bo‘ylab o‘zgarmas rejim bilan harakatdan iborat bo‘ladi. Masalan, asbobning to‘g‘ri chiziq yoki aylana bo‘ylab doimiy tezlik bilan harakati, harakat boshi va oxirida tezlashish va tormozlash qadami hisoblanadi.
RDB qurilmasi o‘zlashtiradigan elementar harakat va texnologik komandalar ishlov berish jarayonining eng oddiy tashkil etuvchilari hisoblanadi. Elementar harakatlar konkret RDB qurilmasi cheklashlarini inobatga olgan holda shakllantiriladi. Bunday tashkil etuvchilarga masalan,
RDB qurilmasi xotirasining registri hajmidan oshmaydigan bitta kvadrat chegarasida aylana yoyini joylashtirish zaruriyati yoki to‘g‘ri chiziq kesmasini diskretlar soni bilan berish kabilar kiradi. Stanokning bajaruvchi mexanizmlari amalga oshira oladigan texnologik komandalar elementar harakatlarni bajarishning zaruriy sharoitini ta’minlaydi va boshqarish dasturi tarkibini belgilaydi.
RDB stanoklar uchun texnologik jarayon va boshqarish dasturini ishlab chiqish ishlab chiqarishning texnologik tayyorlash masalalaridan biri hisoblanadi va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash sistemasining strukturaviy aloqalariga muvofiq ravishda bajarilgan bo‘lishi shart. Umumiy holda, RDB stanoklar uchun texnologik jarayon va boshqarish dasturini ishlab chiqish mahsulotni ishlab chiqish va korxonada ishlab chiqarishga qo‘yish sistemasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Texnologik jarayonni amalga oshirish uchun u yoki bu dastgohdan foydalanish tayyorlanadigan detalning murakkabligiga va ishlab chiqarishning turiga bog’liqdir. Ishlab chiqarishning seriyasi qanchalik kichik bo’lsa, dastgoh shunchalik katta texnologik moslashuvchanlikka (gibkost ) ega bo’lishi kerak.
Yakka tartibdagi ishlab chiqarish sharoitida detallarni juda kichik partiyalab(1-3dona) tayyorlashda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun koordinatalarni oldindan terish va raqamlari indekatsiyalanadigan dastgohlarni qo’llash mumkin. Yakka tartibdagi ishlab chiqarishda murakkab detallarni tayyorlash, shuningdek mayda seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun RDB dastgohlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Seriyalab ishlab chiqarishda ham RDB dastgohlarini qo’llash mumkin. Moslashuvchan yirik seriyalab ishlab chiqarish sharoitida murakkab konfiguratsiyaga ega bo’lgan detallarni tayyorlash uchun keng miqyosda RDB dastgohlari ishlatiladi.
Ayrim hollarda murakkab shakldagi detallarga ishlov berishda RDB dastgohlaridan foydalanish texnikaviy isbotlangan yagona yechim bo’lib hisoblanadi. Texnologik jarayon uchun uskunalarni tez tayyorlash mumkin bo’lmaydigan vaqtlarda bunday jihozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning muhim afzalliklari quyidagilardan iborat:
1) dastgohni ish unumdorligi qo’l bilan boshqariladigan aynan shunday dastgohga qaraganda 1,5-5 marta ortiq;
2) universal dastgohning moslashuvchanligi avtomat – dastgohning aniqligi va ish unumdorligi bilan uyg’unlashsa, yakka va seriyalab ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish masalasini yechishga imkon yaratadi;
3) zamonaviy elektronika va hisoblash texnikalari bazasida mashinasozlik sanoati qayta qurollanadi;
4) dastgohlarni boshqaradigan malakali ishchilarga bo’lgan ehtiyoj pasayadi, ishlab chiqarishni tayyorlash muhandis ishi tarkibiga o’tadi;
5) yig’ish jarayonida mos qilish ishlari vaqti qisqaradi, chunki bitta dastur asosida tayyorlangan detallar o’zaro almashuvchan bo’ladi;
6) dasturni markazlashgan holda yanada oddiy va universal texnologik uskuna(osnastka)larda yozish tufayli yangi detalni tayyorlashga o’tish va tayyorgarlik ko’rish muddatlari qisqaradi;
7) detalni tayyorlash siklining davomiyligi pasayadi va yakunlanmagan ishlab chiqarish zahirasi kamayadi.
Dastur bilan boshqariladigan jihozlar nomenklaturasi kengayib, mashinasozlikda qo’llaniladigan texnologik jarayonlarning hamma turlari uchun ishlatilmoqda, chunonchi, tayyorlov, temirchilik - presslash, shtamplash, bukish, tokarliq parmalash, frezalash, teshik yo’nish jilvirlash va boshqalar.


Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin