Хo’jalik subyektlarini boshqarish uchun, eng avvalo, ulardagi mablag’lar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag’larning qanday turlariga ega va bu mablag’lar qanday manbalardan tashkil topganligini bilish kerak bo’ladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan hodda pul ko’rsatkichlarida ma’lum bir sanaga berilishi kerak. Mablag’lar tarkibi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini o’rganish uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi. Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv deb ataladi. Aktiv va passiv bir-biriga teng boʻladi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.
Mablag’lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.