2-bob. Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi



Yüklə 20,17 Kb.
səhifə2/3
tarix17.09.2023
ölçüsü20,17 Kb.
#144601
1   2   3
2 Buxgalteriya balansi

«Aktiv» atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish degan so’zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag’lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini tushunish kerak.

Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:

a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o’zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini ko’paytirish imkoniyati;

b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobliyatini mujassamlash;

v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo’lishi.


«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish kabi so’zlarning ildizidan olingan. Тarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag’larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan munosabatda o’zboshimchalikdan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi.
Manbalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning majburiyatlari bu oldingi amalga oshirilgan operatsiyalarning natijasi yoki kelajakda o’zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni vujudga kelishi bilan yakunlanadi. Majburiyatlarni uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilan to’lashni vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o’zida majassamlashtirishi
b) subyekt uchun majburiyatning bajarilishi shartligi va qariyb muqarrarligi;
v) oldingi bitim yoki voqealar natijasi bo’lishi.
Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi. Aktivda: I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo’lim. Joriy aktivlar.
Passivda: I bo’lim. O’z mablag’larining manbalari va II bo’lim. Majburiyatlarga bo’linadi.
Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Хo’jalik yurituvchi subyektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng.
Aktiv va passivning xar bir elementi mablag’lar turi yoki ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy vositalar», «Тugallanmagan ishlab chiqarish», «Тayyor mahsulot», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol yetkazib beruvchilardan qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi, ya’ni aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so’zi bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir.

Yüklə 20,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin