1.BOB IQTISODIY O‘SISHNING NEOKLASSIK MODELLARI. 1.1Iqtisodiy o'sishning mohiyati, asosiy tavsifnomasi va model YAlpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroiqtisodiy jarayonlarni taxlil qilar ekanmiz qisqa davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To‘lik bandlilik darajasiga erishilgandan so‘ng real YAIM xajmini bundan keyingi ko‘paytirish uchun yalpi taklif egri chizig‘ini o‘ngga siljishiga erishishimiz, ya‘ni foydalanilayotgan resurslar miqdorini ko‘paytirishimiz zarur.
“Agar iktisodiyotning qiska muddatli holati ko‘proq yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi”Iqtisodiy o‘sish to‘lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendentsiyasini anglatadi.Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish nafakat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YAIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniklash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YAIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi.Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YAIM o‘rniga SIM, YAMD, SMD ko‘rsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste‘mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq deb qaraladi.
Iste‘mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste‘mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste‘mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.bIqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi..
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy maxsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.
Real ishlab chikarish hajmlarining uzoq muddatli o‘sishi sur‘atlarini, ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o‘sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari iqtisodiy o‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta‘minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
· tabiiy resurslar soni va sifati;
· mexnat resurslari soni va sifati;
· asosiy kapital xajmi;
· texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
· jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o‘sish potentsialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi: bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;iqtisodiyotdagi solik muxiti kredit-bank tizimi samaradorligi; iste‘mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o‘sishi; eksport hajmining o‘sishi; iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari; daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi. Agar o‘sish qo‘shimcha resurslarni jalb etish xisobiga ta‘minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o‘rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.ekstensiv iqtisodiy o‘sish yangi korxonalar, yo‘llar, elektrostantsiyalar qurish , yangi yerlarni o‘zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni qo‘shimcha jalb etish kabilar xisobiga ta‘minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma‘lum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qo‘yadi.
YAIMning o‘sishi iktisodiyotda band bo‘lganlar sonidan yuqori sur‘atga ega bo‘lsa intensiv iqtisodiy o‘sish ro‘y beradi.“Iqtisodiy o‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to‘gri keladigan maxsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik hususiyatlarini yaxshilashni ko‘zda tutadi. Bunday jarayonlar namoyon bo‘ladi:
• fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda;
• xodimlar malakasini oshirishda;
• ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”* Iqtisodiy o‘sishning bu ikki tipi sof holda ro‘y bermaydi.Iqtisodiy o‘sish uni ta‘minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko‘prok ekstensiv, yoki ko‘prok intensiv bo‘lishi mumkin.
Oldin ta’kidlaganimizdek tarkibi bo‘yicha bu model Y.Domar
modeliga o‘xshaydi, biroq uning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Y.Domar modeli investitsiyalaming yalpi talabni kengaytirish va
ishlab chiqarish quvvatlarining vaqt oralig‘ida ko‘payishdagi ikki xil
rolini tahlil qiladi. Shuning uchun u butunligicha multiplikatordan
foydalanishga asoslandi va milliy daromadning zaruriy o‘sishini
ta’minlaydigan investitsiyalaming o‘sish me’yorini aniqlaydi. R. Xarrod modelining maqsadi esa iqtisodiyot o‘sishining
trayektoriyasini o‘rganish hisoblanadi. Shuning uchun uning asosini
akselerator nazariyasi tashkil etib, u investitsiyalar o‘sishini bunga
sabab bo‘lgan daromad o‘sishiga nisbatini aniqlash imkonini beradi.
Bunday xususiyatlardan shu natija kelib chiqadiki, Y. Domar mos
davlat siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan avtonom investitsiyalar bilan ish
olib borgan bo‘Isa, R.Xarrod esa - milliy daromad o‘sishi bilan bog‘liq
ishlab chiqarish investitsiyalari bilan ish olib borgan.
Akselerator nazariyasini yanada yaqqolroq ko‘rib chiqamiz.
Akselerator nazariyasi - investitsiyalaming kutilayotgan ishlab
chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘Iiq!igini tavsiflovchi nazariyadir. Akselerator tamoyili dastlab davrlar nazariyasi doirasida ishlab
chiqilgan bo‘lib, investitsiyalaming iste’mol talabi harakatiga
reaksiyasi orqali iqtisodiy inqirozlami tavsiflagan. Bunday
bog‘liqlikda akselerator nazariyasini XX asr boshida fransuz
iqtisodchisi A. Afitalyen va amerikalik iqtisodchi J.Klark
rivojlantirishgan. Bu nazariyaga muvofiq talabning (yoki
daromadlaming) o‘sishi investitsiyalaming o‘sish darajasiga
tezlashtiruvchi (akselerator) sifatida ta’sir etadi, (avvalambor, asosiy
kapital sohasida). Yangi investitsiyalar ishlab chiqarish hajmi
(daromadlar) ga nisbatan tezroq o‘sishi taxmin qilinadi, chunki
mashinaning qiymati uning tayyor mahsulot qiymatidan odatda ancha
yuqori bo‘ladi, demak, ishlab chiqarish qatnashchilari daromadlaridan
ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham investitsiyalarga bo‘lgan talab
iste’mol talabining o‘sishiga nisbatan doimo yuqori bo‘ladi.Gap
shundaki, o‘sib borayotgan iste’mol talabi mavjud bo‘lgan ishlab
chiqarish quvvatlariga ta’sir ko‘rsatib, nafaqat mavjud quvvatlar modemizatsiyasiga balki yangi sanoat korxonalari va uskunalariga
kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantiradi. Faraz qilamizki, qandaydir korxona o‘zining mahsulotiga mavjud talabni 10 ta mashinadan foydalanib qondiradi, ulardan bittasi har yili yangisi bilan almashtiriladi.Agar talab 20% ga oshsa korxona bu
talabni qondirish uchun 2 ta yangi mashina sotib olishi kerak bo‘ladi.
Shunday qilib akselerator ishlab chiqarish o‘sishi bilan investitsiyalar
o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi: ishlab chiqarish hajmi
o‘zgarishiga javob ravishda yangi investitsiyalar qanchaga o‘sadi.
Ishlab chiqarish va investitsiyalar darajalarida o‘zgarishlaming
bunday teskari bogMiqligi J. Keynsda umuman yo‘q edi. U investitsiya
va daromadlar o‘rtasida multiplikator munosabati bilan cheklandi AY - A /—
«multiplikator koeffitsiyenti chunki u foydalanilmagan
quwatlar va ishsizlik mavjudligidan kelib chiqqan. Uning vazifasi
bo‘sh iqtisodiy resurslardan qanday foydalanishni ko‘rsatish bo‘lib,
buning uchun u davlat xarajatlarini oshirishni taklif etgan. Ulami 1
mul’tiplikatorga ^ ko'paytirib bandlik, ishlab chiqarish va
daromad/Ay) o‘sishini ta’minlaydi, demakki, yalpi talabni ham
ta’minlaydi.Akslerator tamoyili esa oshgan daromad va talab o‘z navbatida
investitsion jarayonlami tezlashtirishni ko‘rsatadi. Bu yangi kapital
qo‘yilmalar - daromad o‘sishini akseleratsiya koeffitsiyenti bo‘yicha
ko‘paytmasining funksiyasi ekanligini anglatadi:
M = A Y x S (2.6.)
Akseleratsiya koeffitsiyenti - texnik taraqqiyot turiga bog‘liq
texnik kattalik:
• Katta hajmdagi kapitalni talab etadigan kapitalli texnik
taraqqiyot sharotida s ning qiymati oshadi
• Kapitalni tejaydigan texnik taraqqiyotda s ning qiymati past
bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish modelini yaratish jarayonidan R. Xarrod taxliliga
uchta tenglamani kiritdi: R. Xarrodning fikricha kafolatlangan (narranted) o‘sish sur’ati G„dinamik muvozanatning chizig‘i hisoblanadi. Shu bilan barcha cr
(kapital talablikning zaruriy koeffitsiyenti) ham dinamik
muvozanatning koeffitsiyenti hisoblanadi: u mahsulot chiqarish
o‘sishiga yangi kapitalga ehtiyojni ifodalaydi, uni ta’minlash uchun
shu yangi kapital talab etiladi. Bundan kelib chiqadiki kafolatlangan
o‘sish sur’ati tenglamasida investitsiyalar у ex-ante va jamg‘armalar у ex-post tenglashtiriladi. Milliy daromadda jamg‘armalar s ulushi - zaruriy capital talablilik
koeffitsiyenti cr kabi doimiy kattalik bo‘lgani sababli R. Xarrod
kafolatlangan o‘sish sur’ati (G„) ning doimiy darajasi haqida xulosaga
keldi. Agar amaldagi o‘sish sur’ati (1) bashoratlanayotgan, kafolatlangan
sur’ati (2) bilan mos tushsa unda iqtisodiyot qat’iy o‘zluksiz
rivojlanishga ega bo‘ladi. Biroq, R. Xarrodning yozishicha bunday
qat’iylik statistik darajada ham dinamik darajada ham mavjud emas.
Ikkala tenglamani solishtirib ((Gc=s;; Gwcr = s) ), R. Xarrod, amaliyotda
amaldagi o‘sish sur’ati doimo kafolatlanganidan katta yoki kichik
bo‘ladi deb ta’kidladi. Agar amaldagi o‘sish sur’ati kafolatlanadiganidan oshsa, unda nisbiy doimiylik tufayli S shunga mos ravishda tez oshmaydi.
Boshqacha aytganda, agar G>C, bo‘Isa, unda s=constc cr. Bunga asosan ishlab chiqaruvchilar mavjud xomashyo material va uskunalar zaxirasi ortiqchaligi haqida qarorga kelib, xaridni
qisqartiradilar. Bu bilan ular amaldagi o‘sish sur’atini kafolatlanganga nisbatan yanada oshiradi.Shunday qilib, biz ko‘ramizki, amaldagi o‘sish sur’ati
muvozanatligiga moslashish o‘rnida amaliyotda teskari tendensiya mavjud – ishlab chiqarishning dinamik muvozanat chizig‘idan ko'tarilishi yoki pasayishi. Bu R. Xarrodga bozor iqtisodiyotiga ichki dinamik barqarorlik xos ekanligi haqida qaror qilishga asos bo‘ldi.