79
b) Bir banka tegishli filiallar o’rtasidagi
banklararo hisob-kitoblar
Bir bank filiallari o’rtasida hisob-kitoblar debet hujjatlari bo’yicha alohida,
kredit
hujjatlari bo’yicha alohida buxgalteriya provodkalari yordamida bajariladi. Pul
mablag’larini o’tkazish avvalo to’lovchi bank filialida amalga oshiriladi. Bunda
to’lovchi korxona hisobvarag’idan mablag’lar hisob-kitob hujjatida ko’rsatilgan
summaga kamaytiriladi. Ushbu bankdan pul mablag’lari chiqib ketayotganligi sababli
bank filialining banklararo hisob-kitoblar hisobvarag’i ham kamaytiriladi. Bu
operatsiya quyidagi buxgalteriya provodka yordamida ifodalanadi.
Debet to’lovchi mijozning hisobvarag’i
Kredit 16103 Banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar.
Bosh bank axborotni qabul qilishi bilan dasturiy yo’l bilan filiallar o’rtasida
mablag’larni o’tkazish bo’yicha buxgalteriya provodkalarini
bajaradi, ya’ni bir bank
filialining vakillik hisobvarag’idan ikkinchi bank filialining hisobvarag’iga pul
mablag’lari o’tkaziladi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali
bajariladi.
Debet 22204 «A»
filiali
Kredit 22204 «B» filiali
Bu provodka initsator bank hisobvarag’idagi pul mablag’lar benifitskor
bankning hisobvarag’iga o’tkazilganini bildiradi.
Benifitskor bank Bosh bankdan o’ziga tegishli bo’lgan pul mablag’larini
qabul
qilganda dasturiy yo’l bilan quyidagi buxgalteriya provodkasini bajaradi.
Debet 16103 «Banklararo hisob-kitoblar» bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar
Kredit 20200 Talab qilingunga qadar saqlanadigan depozit hisobvaraqlar
Yuqoridagilarni quyidagi sxema orqali yaqqolroq ko’rish mumkin.