2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


Markaziy bankning Xisob-kitob kassa markazlarida va tijorat banklarida



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/92
tarix11.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#68645
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

Markaziy bankning Xisob-kitob kassa markazlarida va tijorat banklarida: 
23402 «Respublika byudjetining mablag’lari» 
23404 «Respublika qaramog’idagi byudjet muassasalarining 
mablag’lari» 

23426 «Tuman, shahar byudjet byudjet mablag’lari» 
23430 «Viloyat byudjet mablag’lari»
23432 «Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti mablag’lari» ■ 
Ushbu hisobvaraqalar bo’yicha operatsiyalarning o’tkazilishi va buxgalteriya 
provodkalarning aks ettirilishi bilan keyingi paragraflarda tanishamiz. 
 


95
2§. Respublika byudjetining daromadlari bo’yicha operatsiyalarning 
kassaviy ijro etilishi, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi. 
Byudjetning daromadlar qismi korxona tashkilot va tadbirkorlik bilan 
shug’ullanuvchilardan olinadigan, hamda aholidan kelib tushadigan soliq va 
tushumlardan iboratdir.
Davlat byudjetiga kelib tushadigan soliq turlari undan ortiq bqlib ular 
quyidagilardir: 
-qo’shimcha qiymat solig’i; 
-korxonalardan daromadidan olinadigan soliq
-amortizatsiya fondidan ajratma; 
-korxona, tashkilotlar 
tomonidan 
ishchi-xizmatchilarning daromadidan 
olinadigan soliqning o’tkazilishi;
-mehnat xaqi fondidan ajratma; 
-mulk solig’i; 
-respublikadan tashqariga chiqariladigan tovarlardan
olinadigan soliq; 
-er solig’i. 
-davlat bojlari; 
-tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar daromadidan soliq; 
-transport egalaridan olinadigan soliqlar; 
-reklama uchun soliqlar. 
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
Davlat byudjetig’a o’tkaziladigan barcha to’lovlar O’zbekiston Respublikasi banklari 
tomonidan qabul qilinadi. 
Byudjetga to’lanadigan soliq va boshqa tushumlar o’z-o’zini boshqarish idoralar 
tomonidan qabul qilinishi va banklarga topshirilishi mumkin. 
Soliq idoralari alohida shahar va tumanlar bo’yicha soliq 
to’lovchilarning ro’yxatini O’zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligining 1993 yil 2 fevraldagi 11-sonli "O’zbekiston 
Respublikasi byudjeti daromadlari va xarajatlari tasniflagichi" da ko’rsatilgan 
bo’limlari bo’yicha ko’rsatgan holda, keyingi hisobot yil uchun joriy yilning dekabr 
oyida, byudjetning daromadlari 
hisobvaraqalariga xizmat ko’rsatuvchi banklarga taqdim etishlari 
lozim.
Mahalliy soliqlar va daromadlar bo’yicha soliq to’lovchilarning 
ro’yxatida, ular tomonidan to’lanadigan soliqlar va daromadlarning nomi, to’lovlar 
qaysi mahalliy byudjetga o’tkazilishi va moliya bo’limlarining (viloyat, shaxar va 
tuman) tegishli hisobvaraqalari ko’rsatilgan bo’lishi lozim. ' 
Soliq idoralari yil davomida soliq to’lovchilar, shuninngdek soliqlar tarkibidagi 
o’zgarishlar to’g’risida banklarga yozma ravishda xabar berishlari shart. 
Byudjetga o’tkaziladigan soliqlar to’lovchilar, ya’ni yuridik 
shaxslar tomonidan, to’lov. summasidan qat’iy nazar pul o’tkazish 
yo’li bi.lan amalga oshiriladi. 
■ 
Jismoniy shaxslar soliq va boshqa to’lovlarni, to’lov summalaridan qat’iy nazar, 
naqd pul orqali yoki pul o’tkazish yo’li bilan to’lashi mumkin.


96
Byudjetga o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha turdagi to’lovlar, to’lovchilar 
joylashgan joyning .o’zida respublika va maxalliy byudjetlarning hisobvaraqlari 
ochilgan banklarga o’tkazib boriladi. 
O’zbekiston Reepublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil 12 yanvarda 
ro’yxatga olingan 60-sonli "O’zbekiston Respublikasi naqd pulsiz hisob-kitoblar 
to’g’risida"gi Nizomga asosan ayrim turdagi to’lovlar bo’yicha qo’shimcha qiymat 
solig’i va aktsiz solig’i summalari tovar 
etkazib 
beruvchilar to’lov 
talabnomalarida, to’lov topshiriqromalarida, bundan 
tashqari 
akkredetivlardan 
olingan mablag’lar hisobvaraqlari reestrlarida alohida ajratib ko’rsatiladi va 
o’rnatilgan tartibda to’lovchi yoki tovar etkazib beruvchi joylashgan joyning o’zida 
byudjetga o’tkaziladi. 
Mahalliy byudjetlarga ajratiladigan mablag’lar tegishli 
byudjetlarning shaxsiy hisobvaraqalariga kirim qilinadi. 
Moliya vazirligining 23402 «Respublika byudjeti mablag’lari» hisobvarag’iga 
quyidagi mablag’lar kirim qilinadi: 
- Davlat byudjetiga kelib tushadigan soliqlar va daromadlar hisobidan 
belgilangan miqdorda qilingan ajratmalar summasi; 
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan 
qisqa muddatli qarz summasi; 
- Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib 
tushgan mablag’lar; 
- Moliya vazirligining boshqa hisobvaraqalaridagi mablag’lar. 
Respublika byudjeti hisobidan qilinadigan barcha xarajatlar O’zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligining 23402 "Respublika byudjetining mablag’lari" 
hisobvarag’idagi qoldiq miqdorida amalga oshiriladi.
Byudjetga to’lovlarni o’tkazish uchun to’lovchilar, tovar etkazib 
beruvchilar va soliq idoralari tomonidan banklarga taqdim 
etilgan to’lov xujjatlarida (to’lov topshiriqnomasi, to’lov 
talabnomasi, inkasso topshiriqnomasi) soliq 
to’lovchining identi-fikatsiya raqami 
(INN), soliq oluvchiniig identifikatsiya raqami, bundan tashqari to’lov tekstida 
to’lovning to’rtta belgili simvolini va «Davlat Soliq qo’mitasi to’lovlar 
ma’lumotnomasi»ga asosan to’lovning nomi ko’rsatilishi lozim. 
Bank buxgalteri to’lov topshiriqnomasining to’g’ri to’ldirilganligiga ishonch 
hosil qilib, uni to’lovga qabul qiladi. 
Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalarida mablag’ 
mavjud bo’lsa, ularning taqdim etgan to’lov topshiriqnomalariga asosan soliq va 
daromadlar byudjetga o’tkazib beriladi. 
Bunda quyidagi buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi: 
Debet 20208, 20210, 20212, 20214, 20216, 20218, ya’ni to’lovchilarning talab 
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari. 
Kredit 23402, respublika byudjetiiing mablag’lari. 
Agar kelib tushayotgan soliqlar va boshka to’lovlar. maxalliy byudjetga kelib 
tushayotgan bo’lsa, u holda tegishli byudjet hisobvaraqalari kreditlanadi. 
Debet 20206, 20208, 20210, 20212, 20214, 20216, 20218 
Kredit 23426, 23430, 23432 : 


97
Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarida 
mablag’lari etarli bo’lmasa banklarga taqdim etiltan to’lov hujjatlari 2-sonli 
kartotekaga va ko’zda tutilmagan holatlar 90963 «Muddatida to’lanmagan hisob-
kitob hujjatlari» hisobvarag’iga kirim qilinadi. 
Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib 
tushgan pul mablag’lari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 
yil 11 fevraldagi 406-sonli «Xo’jalik sub’ektlarining bank hisobvaraqlaridan pul 
mablag’larina hisobdan-chiqarish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma»ga asosan to’lovlar 
amalga oshiriladi. 
Moliya bo’limlari va soliq organlari o’z vaqtida byudjetga o’tkazmagan, 
muddati o’tgan to’lovlarni undirish va boqimandalarni byudjet daromadlariga kiritish 
uchun banklarga inkasso topshiriqnomalarini to’lov muddatini ko’rsatgan holda 
taqdim etishlari lozim. Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit 
hisobvaraqlarida mablag’i bo’lmasa banklarga taqdim etilgan inkasso 
topshiriqnomalari 2-sonli kartotekaga va ko’zda tutilmagan holatlar 90963 
«Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari» hisobvarag’iga kirim qilinadi va 
o’rnatilgan tartibda to’lovlar amalga oshiriladi. 
Banklarning aybi bilan soliq to’lovchilarning to’lov topshiriqnomalari va soliq-
moliya idoralarinnig inkasso topshiriqnomalari o’z vaqtida ijro etilmasa, banklar har 
bir muddati o’tgan kun uchun qonunda belgilangan tartibda va miqdorda penya 
to’laydi. 
Davlat byudjetiga o’tkaziladigan soliqlar va daromadlar, alohida yozilgan to’lov 
hujjatlariga asosan pul o’tkazish yo’li bilan va naqd pul tqlash yqli bilan byudjet 
daromadlarining shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinadi. 
Maxalliy byudjetlarga ajratiladigan mablag’lar tegishli byudjetlarning 
shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinadi. 
Byudjet daromadlarining hisobvaraqlari orqali operatsiyalar 
amalga oshirilsa, shu hisobraqamlardan ko’chirma va ilovalar soliq 
idoralariga va tegishli daromadlarni boshqaradigan tashkilotlarga 
o’rnatilgan tartibda har kuni beriladi. 
:
Byudjet daromadlari hisobvaraqlaridan ko’chirmalar qilingan kundan 
boshlab, uch kun mobaynida banklarga yozma e’tiroznoma bildirilmasa, 
ko’chirmalar tasdiqlangan deb hisoblanadi. 
Soliq idoralari va daromadlarni boshqaradigan boshqa tashkilotlar va 
muassasalar tomonidan to’lovlarni byudjetga o’tkazishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar 
aniqlanganda, ular o’zlariga xizmat ko’rsatuvchi banklarga bu xaqda yozma ravishda 
xabar qilishlar shart. Shaxsiy hisobvaraqlar bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklar, 
tuzatish orderlari bilan bartaraf etiladi. 
Byudjetga o’tkazilgan mablag’larni kirim qilishda va hisobdan chiqarishda yo’l 
qo’yilgan kamchiliklar banklar tomonidan aniqlanganda, bu kamchiliklar tuzatish 
orderlari bilan mustaqil ravishda bartaraf qilinadi. 
 


98

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin