Reja. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotida resurslar, mahsulotlar va daromadlarning aylanishi
Reja. 1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va
uning rivojlanishi
2. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari. Bozor
iqtisodiyotida resurslar, mahsulotlar va daromadlarning
aylanishi.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari. Bozor
tushunchasi, uning vazifalari va turlari.
4. Bozor infrastrukturasi va tarkibi.
4 mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi, bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal qilishi
Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab
chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishiи
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil
etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy
shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi.
Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab
chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo‘jalik ichki
ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan.
Demak, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – natural xo‘jalik deb ataladi.
Натурал ва товар хўжалигининг асосий фарқлари
Асосий жиҳатлар Натурал хўжалик Товар хўжалиги 1. Неъматларни ишлаб чиқаришнинг асосий мақсади Шахсий эҳтиёжларни
қондиришда фойдаланиш
Бошқа товарларга айирбошлаш, бозорда олди- сотди қилиш 2. Ишлаб чиқариладиган маҳсулот таркибининг аниқланиши Эҳтиёжлар ва имкониятлардан
келиб чиққан ҳолда олдиндан
аниқланади