2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


§. Mahalliy byudjetning kassaviy ijrosi bo’yicha operatsiyalarning



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/92
tarix11.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#68645
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

4§. Mahalliy byudjetning kassaviy ijrosi bo’yicha operatsiyalarning 
rasmiylashtirilishi va hisobi
O’zbekiston 
Respublikasi banklari Qoraqalpog’iston Respubli-kasi 
byudjeti va mahalliy (viloyat, shahar, tuman) byudjetlarning kassa ijrosini amalga 
oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi banklari tegishli byudjetlar uchun quyidagi 23426, 
23430, 23432 asosiy talab qilib olguncha depozit varaqlarini ochadilar. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarining asosiy talab qilib 
olguncha depozit varaqlariga quyidagi mablag’lar o’tkaziladi: 
- tegishli byudjetlarning daromadlari va moliya bo’limlarining ikkilamchi talab 
qilib olguncha depozit hisobvaraqalaridagi mablag’lar; 
- mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirish uchun ajratilgan 
mablag’larni tassarruf etuvchilarning hisobvaraqlaridan hamda mahalliy 
byudjet hisobidan investitsiyalarni moliyalashtirishga ajratilgan mablag’lar, 
moliya bo’limlari tomonidan qaytarib olinganda; 
- boshqa yuqori va quyi byudjetlardan kelib tushgan mablag’lar; 
- boshqa belgilangan daromadlar; 
- maqsadli subventsiya tushumlari; 
- belgilangan normativ bo’yicha ajratmalar. 
Moliya bo’limlari tomonidan banklarga taqdim etilgan soliq to’lovchilarning 
ro’yxatida ko’rsatilgan soliqlar va daromadlar kelib tushganda, ushbu soliqlar va 
daromadlar tegishli moliya bo’limlarining hisobvaraqlariga to’g’ri o’tkazilish lozim. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va boshqa mahalliy 
byudjetlarning asosiy talab qilib olguncha depozit varaqlaridan 
xarajatlar tasdiqlangan smetalarga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini yuritadigan mahalliy 
byudjetlar qaramog’idagi tashkilotlar va muassasalarga talab qilib 
olinguncha depozit varaqlar ochiladi. 
Byudjet mablag’larini tasarruf etuvchi tashkilotlar va muassasalarga talab qilib 
olinguncha depozit hisobvaraqlar, tegishli mahalliy byudjetlarning mos 
hisobvaraqlari ochiladi va umumiy qabul qilingan tartibga asosan rasmiylashtiriladi. 
Hokimiyat va uning bo’limlari, qoshida tashkil etilgan, operatsiyalarni 
markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi bo’yicha amalga oshirish uchun talab qilib 
olguncha depozit hisobvaraqlar shu bo’limlar nomi bilan tegishli mahalliy 
byudjetlarning mos hisobvaraqlarida ochiladi. Bu hisobvaraqlar bo’yicha birinchi 
imzo qo’yish huquqi shu bo’limlarning boshlig’iga va ikkinchi imzo qo’yish huquqi 
markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh buxgalteriga beriladi. 
Mahalliy byudjetlar va byudjet muassasalarining talab qilib olguncha depozit 
hisobvaraqlaridagi mavjud qoldiq summalari yil oxirida yopilmaydi va yangi yil 
hisobiga qoldiq bo’lib o’tkaziladi. Mahalliy byudjet hisobidan investitsiyalar 
bo’yicha ajratilgan mablag’larning va moliya bo’limlarining tranzit 
hisobvaraqlaridagi qoldiqlar mijoz topshirig’ini olmasdan mahalliy byudjetlarning 
talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlariga o’tkaziladi. 


101
Tashkilotlar va muassasalarning smetalar bo’yicha belgilangan 
mablag’lar miqdorida byudjet mablag’laridan xarajatlar amalga 
oshiriladi, joriy yilning birinchi yanvaridan boshlab, byudjet 
tashkilotlari va muassasalariga ish haqi to’lash uchun mablag’lar 
xodimlar ro’yxati jadvalini va xarajatlar smetasini tegishli 
moliya bo’limlaridan ro’yxatdan o’tkazgandan keyingina banklar 
tomonidan beriladi. Tashkilotlar va muassalar o’zlariga xizmat 
ko’rsatuvchi banklarga moliya bo’limlari tomonidan ro’yxatdan 
o’tkazilgan xarajatlar smetasining nusxasini taqdim etishlari 
lozim. 
Ish haqi berilganda banklar o’rnatilgan tartibda ushlab qolingan soliqlarning va 
pensiya fondiga badal summalarining o’z vaqtida o’tkazilishini nazorat qilishlari 
lozim. 
Moliya bo’limlarining to’lov topshiriqnomalariga asosan mahalliy 
byudjetlarning asosiy talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan mablag’lar 
byudjet mablag’larining tasarruf etuvchilarning talab qilib olguncha depozit 
hisobvaraqlariga o’tkaziladi. 
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritadigan byudjet muassasalariga 
etkazib beriladigan tovar-moddiy boyliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun ularga 
xizmat ko’rsatadigan byudjet muassasalari tomonidan to’lovlarni o’tkazish uchun 
banklarga to’lov topshiriqnomalari taqdim etiladi.
Byudjet muassasalarining talab, qilib olguncha depozit hisobvaraqalariga 
quyidagi mablag’larini o’tkazilishi mumkin: 
- tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan mablag’lar; 
- debetorlik qarzlari va qachon sotib olganidan qat’iy nazar, tovar-moddiy 
boyliklarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan hisobdor shaxslarning majburiyatlari 
bo’yicha kelib tushgan summalar. 
Bolalar muassasalarining talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlariga ota-
onalar tomonidan bolalarni tarbiyalash va o’qitish uchun kelib tushgan mablag’lar, 
korxonalar, tashkilotlarning fondlari hisobidan bolalarning ovqatlanishini yaxshilash 
uchun ajratilgan mablag’lar, shuningdek, ishchilarni rag’batlantirish, bolalar 
mussasalarini kapital ta’mirlash, inventarlar va uskunalarni sotib olish uchun 
belgilangan tartibda tushadigan boshqa mablag’lar kiritiladi. 


102

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin