5§. Yil oxirida byudjet hisobvaraqlarining yopilishi. O’zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risida operativ, oylik
va yillik hisobotlarni tuzadi. Hisobotlarning hajmi va shakli O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda
o’rnatilgan.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetiining kassa ijrosi to’g’risidagi
hisobotlar banklar tomonidan Markaziy bankning Hududiy Bosh boshqarmalariga
taqdim etiladi.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari banklardan qabul qilib olgan
hisobotlar asosida yig’ma hisobotlarni tuzadilar va ularni Respublika Markaziy
bankiga belgilangan muddatlarda taqdim etadilar. Yig’ma hisobotlar o’rnatilgan
muddatlarda topshirilishi shart.
Markaziy bankning Hududiy Bosh boshqarmalari va respublika banklari uchun
hisobotlarni topshirish tartibi va muddati O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan o’rnatiladi,
Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risidagi hisobot
normativlarining to’g’riligi hamda hisobotning o’z vaqtida,
o’rnatilgan tartibda topshirilishi bo’yicha bank rahbarlari va bosh
buxgalterlari javobgardirlar.
Davlat byudjetinnig kassa ijrosi to’g’risidagi yig’ma hisobotlar
Moliya Vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasi va Markaziy bankning
Hududiy Bosh boshqarmalari tomomidan tegishli moliya va soliq
boshqarmalariga taqdim etiladi.
Respublika byudjeti mablag’lari hisobidan byudjet qaramog’idagi
tashkilotlar va muassasalarga mablag’lar banklar tomonidan joriy yil uchun 31
dekabrni hisobga olgan holda ajratiladi.
Respublika byudjeti qaramog’idagi tashkilotlar va muassasalar tomonidan
foydalanilmagan byudjeti mablag’larining foydalanilmagan qoldiq summalari
Respublika byudjet daromadlarining tegishli hisobvaraqlariga o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ko’rsatmasiga asosan
23404 "Respublika. qaramog’idagi byudjet muassasalarining ■ mablag’alari"
hisobvarag’idagi foydalanilmagan byudjet mablag’larining qoldiq summalari banklar
tomonidan 31 dekabr kuni oxirgi reys bilan Markaziy bankning Toshkent shahar
Bosh boshqarmasi hisob-kitob kassa markazida ochilgan O’zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligining 23402 balans hisobvarag’iga o’tkaziladi.
Shuningdek, 23422 «Respublika byudjetidan moliyalashtiriladi-gan
investitsiyalar» hisobvarag’idagi foydalanilmagan byudjet mablag’larining qoldiq
summalari ham Moliya Vazirligining hisobvarag’iga o’tkaziladi.
Yil yakuni bo’yicha byudjet mablag’laridan foydalanilmaganligi va olingan
daromadlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini hisobotlarda aks ettirish tartibi ishlab
chiqiladi va banklarga etkaziladi.