27
qatnashuvchi barcha tomonlar va bank uchun etarli bo’lgan nusxalar sonida
ko’paytirish yo’li bilan yozib beriladi. Cheklar siyoh va sharikli ruchkalarda
qo’lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozib beriladi.
Hisob-kitob hujjatlariga qo’lda o’zgartirish kiritish, bo’yash va tozalashga
yo’l qo’yilmaydi.
Hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan hisob-kitob, pul operatsiyalarini
bajarish uchun qabul qilinadi:
1. Yuridik shaxslar birinchi nusxada hisob-kitob xujjati tayerlanishi shartidan
qat’iy nazar imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shasxlarning imzosi
va korxona muhrining izi mavjud bo’lishi;
2. Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmay faoliyat ko’rsatayotgan oilaviy va
yakka tartibdagi ijarachilar va tadbirkorlar tomonidan bajariladigan operatsiyalari
bo’yicha hisob-kitob hujjatlari ularda imzo mavjud bo’lgan holda bajarish uchun
qabul qilinadi.
Hisob-kitoblar hujjatini yozib berayotgan korxona muhrining izi va imzolar
xujjatning asl nusxasiga qo’yiladi.
Korxonalardan hujjatlarni qabul qilish
g
shartnomada boshqasi ko’zda
tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan
kelib chiqqan holda bajarish uchun qabul qilinadi.
To’lovchining hisobvarag’idagi mablag’larni initsiator-bankda hisobdan
chiqarish faqat hisob-kitob xujjatlarining birinchi nusxasi yoki Bank-Mijoz
tizimidan foydalanuvchilar tomonidan elektron to’lov xujjatlari asosida amalga
oshiriladi.
Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinayotgan mablag’lar banklarda
dasturiy yo’l bilan elektron to’lov hujjatlari va hisob-kitob chekining asl nusxasi
asosida amalga oshiriladi. Bank-Mijoz tizimidan foydalanuvchi banklar
rasmiylash-tirilgan elektron to’lov hujjatlarini mijozning hisobvarag’iga
mablag’lar qo’shib yozilgandan yoki o’chirilgandan keyin tegishli pochta qutisiga
joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: