4§. Mahalliy byudjetning kassaviy ijrosi bo’yicha operatsiyalarning
rasmiylashtirilishi va hisobi.
O’zbekiston
Respublikasi banklari Qoraqalpog’iston Respubli-kasi
byudjeti va mahalliy (viloyat, shahar, tuman) byudjetlarning kassa ijrosini amalga
oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi banklari tegishli byudjetlar uchun quyidagi 23426,
23430, 23432 asosiy talab qilib olguncha depozit varaqlarini ochadilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarining asosiy talab qilib
olguncha depozit varaqlariga quyidagi mablag’lar o’tkaziladi:
- tegishli byudjetlarning daromadlari va moliya bo’limlarining ikkilamchi talab
qilib olguncha depozit hisobvaraqalaridagi mablag’lar;
- mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirish uchun ajratilgan
mablag’larni tassarruf etuvchilarning hisobvaraqlaridan hamda mahalliy
byudjet hisobidan investitsiyalarni moliyalashtirishga ajratilgan mablag’lar,
moliya bo’limlari tomonidan qaytarib olinganda;
- boshqa yuqori va quyi byudjetlardan kelib tushgan mablag’lar;
- boshqa belgilangan daromadlar;
- maqsadli subventsiya tushumlari;
- belgilangan normativ bo’yicha ajratmalar.
Moliya bo’limlari tomonidan banklarga taqdim etilgan soliq to’lovchilarning
ro’yxatida ko’rsatilgan soliqlar va daromadlar kelib tushganda, ushbu soliqlar va
daromadlar tegishli moliya bo’limlarining hisobvaraqlariga to’g’ri o’tkazilish lozim.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va boshqa mahalliy
byudjetlarning asosiy talab qilib olguncha depozit varaqlaridan
xarajatlar tasdiqlangan smetalarga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini yuritadigan mahalliy
byudjetlar qaramog’idagi tashkilotlar va muassasalarga talab qilib
olinguncha depozit varaqlar ochiladi.
Byudjet mablag’larini tasarruf etuvchi tashkilotlar va muassasalarga talab qilib
olinguncha depozit hisobvaraqlar, tegishli mahalliy byudjetlarning mos
hisobvaraqlari ochiladi va umumiy qabul qilingan tartibga asosan rasmiylashtiriladi.
Hokimiyat va uning bo’limlari, qoshida tashkil etilgan, operatsiyalarni
markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi bo’yicha amalga oshirish uchun talab qilib
olguncha depozit hisobvaraqlar shu bo’limlar nomi bilan tegishli mahalliy
byudjetlarning mos hisobvaraqlarida ochiladi. Bu hisobvaraqlar bo’yicha birinchi
imzo qo’yish huquqi shu bo’limlarning boshlig’iga va ikkinchi imzo qo’yish huquqi
markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh buxgalteriga beriladi.
Mahalliy byudjetlar va byudjet muassasalarining talab qilib olguncha depozit
hisobvaraqlaridagi mavjud qoldiq summalari yil oxirida yopilmaydi va yangi yil
hisobiga qoldiq bo’lib o’tkaziladi. Mahalliy byudjet hisobidan investitsiyalar
bo’yicha ajratilgan mablag’larning va moliya bo’limlarining tranzit
hisobvaraqlaridagi qoldiqlar mijoz topshirig’ini olmasdan mahalliy byudjetlarning
talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlariga o’tkaziladi.
101
Tashkilotlar va muassasalarning smetalar bo’yicha belgilangan
mablag’lar miqdorida byudjet mablag’laridan xarajatlar amalga
oshiriladi, joriy yilning birinchi yanvaridan boshlab, byudjet
tashkilotlari va muassasalariga ish haqi to’lash uchun mablag’lar
xodimlar ro’yxati jadvalini va xarajatlar smetasini tegishli
moliya bo’limlaridan ro’yxatdan o’tkazgandan keyingina banklar
tomonidan beriladi. Tashkilotlar va muassalar o’zlariga xizmat
ko’rsatuvchi banklarga moliya bo’limlari tomonidan ro’yxatdan
o’tkazilgan xarajatlar smetasining nusxasini taqdim etishlari
lozim.
Ish haqi berilganda banklar o’rnatilgan tartibda ushlab qolingan soliqlarning va
pensiya fondiga badal summalarining o’z vaqtida o’tkazilishini nazorat qilishlari
lozim.
Moliya bo’limlarining to’lov topshiriqnomalariga asosan mahalliy
byudjetlarning asosiy talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan mablag’lar
byudjet mablag’larining tasarruf etuvchilarning talab qilib olguncha depozit
hisobvaraqlariga o’tkaziladi.
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritadigan byudjet muassasalariga
etkazib beriladigan tovar-moddiy boyliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun ularga
xizmat ko’rsatadigan byudjet muassasalari tomonidan to’lovlarni o’tkazish uchun
banklarga to’lov topshiriqnomalari taqdim etiladi.
Byudjet muassasalarining talab, qilib olguncha depozit hisobvaraqalariga
quyidagi mablag’larini o’tkazilishi mumkin:
- tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan mablag’lar;
- debetorlik qarzlari va qachon sotib olganidan qat’iy nazar, tovar-moddiy
boyliklarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan hisobdor shaxslarning majburiyatlari
bo’yicha kelib tushgan summalar.
Bolalar muassasalarining talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlariga ota-
onalar tomonidan bolalarni tarbiyalash va o’qitish uchun kelib tushgan mablag’lar,
korxonalar, tashkilotlarning fondlari hisobidan bolalarning ovqatlanishini yaxshilash
uchun ajratilgan mablag’lar, shuningdek, ishchilarni rag’batlantirish, bolalar
mussasalarini kapital ta’mirlash, inventarlar va uskunalarni sotib olish uchun
belgilangan tartibda tushadigan boshqa mablag’lar kiritiladi.
|