132
ta’minlovchi qo’shimcha ma’lumotlar kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraq uchun u aktiv yoki passiv bo’lishi
aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo’ladigan ayrim hisobvaraqlardan tashqari, aniq
belgilab qo’yilgan.
Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Ko’zda
tutilmagan holatlar” bo’limlaridagi
balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga
“Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” bo’limlaridagi balans hisobvaraqlari
taalluqlidir.
Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “Aktivlar” bo’limiga
kontr-
aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa
“Majburiyatlar” bo’limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
“Ko’zda tutilmagan holatlar” bo’limiga operatsiyalarni
ikki yoqlama yozuv
uslubi bo’yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to’g’riligini
qo’shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari “Aktivlar” likvidlilik, “Majburiyatlar” esa
muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan.
Mazkur hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvarag’i uchun
hisobvaraq ta’rifi berilgan bo’lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti bo’yicha
qanday
operatsiyalarni aks ettirish, hamda analitik hisobini yuritish ko’rsatilgan.
Batafsil analitik hisob yuritish uchun banklarda shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari
hisob va reestrlarning qo’shimcha jurnali yuritilishi mumkin.
“Daromadlar” va “Xarajatlar” bo’limi uchun analitik hisob ko’rsatilmagan
bo’lib, ushbu bo’limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi.
Tijorat banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan
holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni qanday yuritishni o’zlari belgilaydilar.
Ushbu “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”
amalga
kiritilishi bilan 1996 yil 13 noyabrdagi 290-sonli “Tijorat banklarining buxgalteriya
hisobi hisobvaraqlari rejasi”, unga kiritilgan quyidagi qo’shimcha va o’zgartirishlar
12.12.96 y. №1, 07.01.97 y. №2, 7.03.97 y. №3, 01.04.97 y. №4, 24.05.97 y. №5,
31.09.97 y. №6, 28.02.98 y. №7, 28.03.98 y. №8, 25.09.98 y. №9, 4.02.99 y. №10,
hamda uni qo’llashga doir barcha ko’rsatma va tushuntirish xatlari o’z kuchini
yo’qotadi.
Dostları ilə paylaş: