2-bob. Tadbirkorlik huquqi subyektlari


Tadbirkorlik(biznes) huquqining subyektlari –



Yüklə 36,92 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü36,92 Kb.
#201638
1   2   3
2-Mavzu Tadbir(Biznes)huquqi sub\'ektlari Word

Tadbirkorlik(biznes) huquqining subyektlari – bu tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslardir. Tadbirkorlik huquqining subyektlari “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’risida” 2012 yil 2 maydagi O’RQ-328-sonli yangi tahrirdagi qonunning 4-moddasiga asosan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Biroq, davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo’lishi mumkin emas.
Yuqoridagi qonunning 5-moddasida tadbirkorlik faoliyatining qo’yidagi subyektlari belgilangan.
Kichik tadbirkorlik subyektlari. Bularga,

  1. yakka tartibdagi tadbirkorlar;

  2. ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma kishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bogliq bo’lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan o’n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh kishi bo’lgan mikrofirmalar kiradi.

  3. quyidagi tarmoqlardagi:

qonunchilikda nazarda tutilgan engil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan ikki yuz kishi; metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yuz kishi; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan ellik kishi; fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari (sugurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bogliq bo’lmagan boshqa sohalardagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma besh kishi bo’lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o’rtacha yillik soni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda o’rindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi boshqa shartnomalar bo’yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko’p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko’p bo’lgan faoliyat turi mezonlari bo’yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferenstiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qo’llaniladi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferenstiyalarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferenstiyalarning yagona reestrida e’lon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.
O’zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferenstiyalarning yagona reestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o’rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, xodimlar sonini oshirib yuborishga yo’l qo’yilgan davr uchun ular qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, preferenstiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
mikrofirma va kichik korxona O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik listeylarining hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo’lgan xodimlarning belgilangan o’rtacha yillik soni ko’pi bilan 50 foiz oshadigan bo’lsa. Xodimlar sonining oshirilishiga O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik listeylarining va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari o’qishni tugallagan kunidan boshlab ko’pi bilan uch yil o’tgan bo’lsa, yo’l qo’yiladi; kichik korxona uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo’lgan xodimlarning belgilangan o’rtacha yillik soni ko’pi bilan 30 foiz oshadigan bo’lsa.

Yüklə 36,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin