Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk negizida, shuningdek molmulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun shogirdlarni ularga tegishlicha haq to’lagan holda jalb etishga haqlidir.
Yakka tartibdagi tadbirkor o’z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs o’z tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o’zidan aniq anglashilmasa, ko’rsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi yakka tartibdagi tadbirkorni o’z majburiyatlari bo’yicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor o’z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri erxotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o’rtasidagi o’zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
Yuqoridagi qonuning 7-moddasi jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish shakllarini belgilaydi. Unga muvofiq, jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon xo’jaligi shakllarida amalga oshirishi mumkin.
Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro’yxatidan o’tganidan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari bo’lishi mumkin.
Jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyatini oilaviy shaklida tashkil etishlari mumkin. Ushbu shaklni amalga oshirilishi, oddiy shirkat va dehqon xo’jaligi tuzilishi, faoliyat ko’rsatishi hamda faoliyatining tugatilishi bilan bogliq munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish O’zbekiston Respublikasining Oilaviy tadbirkorlik to’grisida 26.04.2012 yildagi O’RQ-327-son Qonunida belgilangan tartibda, oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o’z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari uch nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek mehnatga layoqatli yoshga to’lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini), akaukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektining ishtirokchisi sifatida jalb etishga haqli. 3-modda.
Oilaviy tadbirkorlikning yuridik shaxs tashkil etgan shakli oilaviy korxona hisoblanadi. Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) va realizastiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo’lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.
Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona o’z mulkida alohida mol-mulkka ega bo’lishi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Oilaviy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha qonungamuvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan o’ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki etarli bo’lmaganda oilaviy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga tegishli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo’ladi.
Oilaviy korxona qonunchilikkamuvofiq xodimlarni yollashni amalga oshirishi mumkin. (O’zR MKning 2-§, 77-moddasi. Ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi. (77-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 24 dekabrdagi O’RQ-239-sonli Qonuni tahririda — O’R
QHT, 2009 y., 52-son, 554-modda)
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarining o’quvchilarini ularning sogligiga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi uchun — ular o’n besh yoshga to’lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi. (77moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 24 dekabrdagi
O’RQ-239-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2009 y., 52-son, 554-modda)
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining qonunchilikda belgilangan o’rtacha yillik sonidan ko’p bo’lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz bo’lmasligi kerak.
Oilaviy korxona to’liq firma nomiga ega bo’lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo’lishga haqli. Oilaviy korxonaning to’liq firma nomi uning to’liq nomini va “oilaviy korxona” degan so’zlarni o’z ichiga olishi kerak. Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “Oilaviy korxona” degan so’zlarni yoki “OK” abbreviaturasini o’z ichiga olishi kerak.
Oilaviy korxona ishtirokchilari sifatida oila boshligi, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to’lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugishgan hamda o’gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, toga va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo’lishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo’lishi mumkin.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo’lishi mumkin emas.
Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o’zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo’lishi mumkin emas.
Oilaviy korxona boshligi yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro munosabatlarda oilaviy korxona nomidan uning boshligi ish ko’radi.
Oilaviy korxona ishtirokchilaridan biri uning boshligi bo’lishi mumkin, unga oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan ish muomalasida o’z nomlaridan ishtirok etish huquqini beradi.
Oilaviy korxona boshligi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan yoki uzoq vaqt bo’lmagan taqdirda, u o’z vazifasini vaqtincha bajarib turish vakolatini oilaviy korxonaning qolgan ishtirokchilari bilan kelishgan holda ulardan biriga berishga haqli.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimov, O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidaoilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish zarurati to’grisida shunday deydi: keyingi yillarda... tadbirkorlikning milliy an’ana va urf-odatlarimizga to’la mos keladigan yangi shakli – oilaviy biznesni rivojlantirish uchun keng shart-sharoitlar yaratildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik faoliyatining negizi,
mulkning shakllanish holatiga qarab, ular bir-biridan farq qiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor mulk huquqi asosida faqat o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga ashyoviy huquq tufayli o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk negizida faoliyat ko’rsatsa, oilaviy tadbirkorlik mol-mulk negizida umumiy birgalikdagi mulk asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil etmagan holda olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to’risida” 29.07.2009 yil 216-sonli qarorida ham ko’rsatilgan1.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining belgilari. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quyidagi belgilari mavjud: davlat ro’yxatidan o’tganligi; muayyan faoliyat turlari bilan shuullanishlari uchun albatta ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo’lishligi; o’z mol-mulkiga ega bo’lishligi; tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga ega bo’lishligi; o’z mol-mulki doirasida mustaqil javobgarligi; o’zlarining buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatiga ega ekanligi hisoblanadi.