G’AZAL MULKINING SULTONI 1-boshlovchi: Buyuk mutafakkir,g’azal mulkining sultoni-Mir Alisher Navoiy tavalludi tantanasisiga yig’ilgan aziz mehmonlar, Assalomu alaykum! 2-boshlovchi: ”Davron elining jismida jon bo’lg’on”mo’tabar ustozlar Assalomu alaykum! 1-boshlovchi: Jahonki muqaddas neni ko’ribdi, Bariga onasan, ey qodir xayot. Asrlar qaridan boqib turibdi, Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot. 2-boshlovchi: Shu buyuk o’g’ilni ardoqlab dildan Xalqim ta’zim etsang arzigay tamom. Uning nomi bilan birga bitilgan Dunyo daftariga o’zbek degan nom. 1-boshlovchi: Xoqoniy oily maqom Shoxrux sultoning podsholik davrida izzat va iqbol gulshanida omonlik va umid mevalari beradigan bir daraxt ko’kardi.Martaba va ulug’lik osmonda baxt-saodat ko’zini yorutuvchi bir yulduz porladi. 2-boshlovchi: Oliy martabali hidoyat nasabli,pozikiza tabiyatli,sof niyatli saltanat suyanchig’I mamlakat ustuni Xoqoniy davlatining yordamchisi 17-ramozon oyi 844xijriy tovuq yilida yo’qlik dunyosidan borliq olamiga qadam bosib o’zinining go’zalligi va porloq chehrasi bilan yer yuzini yoritdi.Kelajak nasllar ul zotni turkey til asoschisi she’riyat sultoni-Mir Alisher Navoiy deb ehtirom ila tilga oladilar. Sahna ko’rinishi: Domla, farzand muborak! G’iyosiddin Mir janoblari, iloho umri uzun,tolei baland bo’lg’ay! G’iyosiddin kichikina:-Qulluq, taqsir, endi o’zingiz azon aytib otaliq vazifamni ado etmoqqa ko’maklashursiz. Domla:-Bu, albatta, biz uchun ham qarz, ham farz. G’iyosiddin janoblari bu go’dakka xudoning nazari tushgan,buni men qalbim bilan his etib turibmen,buni go’dak yuzidagi ilohiy nurdan payqadim. Qani,O-omin, o’g’lingiz xudo hohlasa el nazariga tushib uning baxti saodati yo’lida xizmat qilg’ay va yer yuzida undan dilobar inson bo’lmag’ay,ollohu akbar.Bizga endi javob (ular chiqib ketadilar). 1-boshlovchi: Alisher Navoiy Xurosonning bo’lajak sultoni Husayn Bayqaro bilan juda yaqin do’st bo’lib bir madrasada ta’lim olishgan.Yosh Alisher kichikligidan kitob o’qishni, she’r yod olishni sevgan.