2-bosqich 1-semestr
9-mavzu:To‘ldiruvchi va uning ifodalanishi.
Ona tili
Abdukadirova M.M.
Reja:
1.To‘ldiruvchi haqida ma’lumot.
2. Kelishikli va ko‘makchili to‘ldiruvchilar
.
3. 2.Mustaqil va nomustaqil to‘ldiruvchilar
Eslab qoling.Gapning kesimi bilan bog‘lanib predmetlik
ma’nosini ifodalovchi va kimni? nimani? kim (bilan, orqali,
uchun), nima (bilan, orqali, uchun) so‘roqlariga javob bo‘lgan
ikkinchi darajali bo‘lakka to‘ldiruvchi deyiladi.
E’tibor bering: Men undan (kimdan?) so‘radim:
Mehringni qo‘yib, bunchalar saralab gul (nimani) terding.
Gulidan (nimadan) ko‘zini (nimani) uzmayin singlim. Asta
javob berdi: — O‘qituvchimga (kimga).
Тo‘ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat
bilan bog‘langan predmetni bildirganligi tufayli ot, olmosh va otlashgan
so‘zlar bilan ifodalanadi.
Тo‘ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog‘lanadi. Agar u
bog‘langan so‘z kesim bo‘lib shakllana olmagan bo‘lsa, ana shu so‘z bilan
birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Bunday
vaqtda u gapning emas, bo‘lakning bo‘lagi bo‘ladi. Masalan, Onamdan
eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi
nimalarni? so‘rog‘iga javob bo‘lib, kesimga bir butun holda bog‘lanadi. Bu
birikmali to‘ldiruvchi o‘z ichida qismlarga bo‘linadi: onamdan
eshitgan(qanday) gap. Qanday? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi onamdan
eshitgan birikmali aniqlovchi o‘z ichida yana tarkibiy qismlarga bo‘linadi:
onamdan (kimdan?) eshitgan.
Тo‘ldiruvchilar kesim bilan qanday bog‘lovchi vosita yordamida
bog‘lanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
a) kelishikli to‘ldiruvchilar;
b) ko‘makchili to‘ldiruvchilar. Masalan, sen bilan (kim bilan?) olam
Dostları ilə paylaş: |