6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanis-fayllar.org
6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja
6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda
bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‗nalishlari,
bosqichlari va хususiyatlari.
2. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
3. Pul islohotlarining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.
4. Soliq tizimidagi islohotlar.
Tayanch so’z va iboralar:Bozor munosabatlariga o„tish. Strategiya va yo„nalishlar.
“O‟zbek modeli”. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish. Barqaror o„sish sur‟atlari. Ko„p
tarmoqli iqtisodiyot. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Fermer xo„jaliklari. Qulay
investitsiya muhiti. Avtomobilsozlik. Bank, moliya va soliq tizimi. Tashqi iqtisodiy faoliyat.
Modernizatsiya jarayonlari. Xalq farovonligi. Ijtimoiy dasturlar. Dunyo jamoatchiligi e‟tirofi.
1. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari,
bosqichlari va хususiyatlari.
O‗zbek xalqining demokratik jamiyat qurishdan ko‗zlagan maqsadi, shu yurtda
yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot sharoiti
yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan yuqori va yangi
sifatdagi turmush darajasi hamda erkinliklami ta‘minlashdan iboratdir. Bunday strategik
maqsadni amalga oshirishning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti
hisoblanadi. Qadimlan ajdodlamiz ishlab chiqargan mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyo
bozorlariga chiqargani, mol almashganliklari bozor munosabatlari o‗zbek xalqi uchun yangilik
emasligini ko‗rsatadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlariga o‗tish uchun
imkoniyatlar eshigi ochildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning
asosiy yo‗nalishlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi
rivojlangan mamlakatlaming yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi.
Mazkur taraqqiyot modelini ishlab chiqishda aynan Prezident tomonidan milliy
davlatchilik asoslarini qayta tiklash va yangicha asosda shakllantirish, mamlakatni iqtisodiy
jihatdan rivojlantirish, milliy qadriyatlar va g‗urur-iftixor tuyg‗usini yuksaltirish, jamiyatni
tubdan yangilash, zamonaviy dunyoqarashga, yuksak ma‘naviyatga ega shaxsni tarbiyalash kabi
dolzarb masalalarga alohida e‘tibor qaratildi. Buning natijasida faqat iqtisodiy sohani emas, balki
davlat qurilishi, ijtimoiy va ma‘naviy jabhalari qatori jamiyat hayotining barcha sohalarini
qamrab olgani bilan jahondagi boshqa milliy modellardan farq qiladigan taraqqiyotning o‗zbek
modeliga asos solindi.
Islom Karimovning mustaqillikning dastlabki yillarda nashr etilgan asarlari va
ma‘ruzalaridayoq bozor iqtisodiyotiga o‗tishdan ko‗zlangan maqsadni aniq belgilab berdi.
Xususan, 1992-yil 2-3-iyulda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X
sessiyasida qilgan nutqida Prezident ―Bozor munosabatlariga o‗tish - ko‗r-ko‗rona maqsad emas,
balki iqtisodni o‗nglash, jamiyatni yangilash yo‗li. Demokratik davlat qurmoqchi ekanmiz, eng
avval, ijtimoiy adolat prinsiplariga sodiq bo‗lib qolishimiz kerak‖... ―Agar bozor yetim-
yesirlarning, qariyalar va kambag‗al-nochor odamlaming ko‗z yoshi evaziga quriladigan bo‗lsa,
bunaqa bozoming uyi kuysin‖ degan edi. Prezident tomonidan ishlab chiqilgan ―o‗zbek modeli‖
tamoyillarining asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuraviy tazyiqlardan xoli
bo‗lishi va o‗ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‗i kerak;
– davlat bosh islohotchi bo‘lib, u islohotlaming ustuvor yo‗nalishlarini belgilab berishi va
ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
– bozor munosabatlariga o‗tishda qonun ustuvorligi, qabul qilingan Konstitutsiya va
qonunlarga hamma amal qilishi shart;
– bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli
ijtimoiy siyosatini o‗tkazish;
– bozor iqtisodiyotiga o‗tish hech qanday sakrashlarsiz, evolyutsion yo‗l bilan
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida o‗tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash, yetim-
yesir, qariya va kambag‗al, kam ta‘minlangan aholi qatlamlarini himoya qilish, qoilab-
quvvatlash, kishilami ruhiy va ma‘naviy jihatdan yuksaltirish kabi vazifalar bosh maqsad qilib
qo‗yildi. Yurtboshining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi X sessiyasi (1992) da qilgan
nutqida ―Bozor iqtisodiyoti deb inson ma‘naviyatini unutish gunoh bo‗ladi. Nuqul pul va foyda
ketidan quvsak-da, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq bo‗lib qolishsa - bunday jamiyatning
hech kimga keragi yo‗q‖', deb qayd etgan edi.
Shu tariqa hayotga joriy etila boshlagan ―0‗zbek modeli‖ mamlakatda jamiyat
taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlarini o‗zida aks ettirdi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
– iqtisodiy siyosatda dehqonchilik, umuman, qishloq xo‗jaligi yetakchi tarmoq
hisoblanadi;
– rubl amal qiladigan sharoitda iste‘mol bozorini himoya etish, davlat mustaqilligining
asosiy belgisi hisoblanadigan milliy valyutaga o‗tish;
– bozor infrastrukturasini shakllantirish, avvalo, maishiy va boshqa turdagi xizmat
ko‗rsatish hamda savdo sohasidan boshlanib, asta-sekin banklami, birjalami, auditorlik firmalari,
sug‗urta kompaniyalarini qamrab olishi;
– iqtisodni jonlantirish uchun korxonalarni xususiylashtirish ishiga jiddiy kirishish;
– iqtisodni to‗g‗ri yo‗lga solishda ishlab chiqaruvchining iste‘molchiga nisbatan
zo‗ravonligini tugatish uchun monopolizmga qarshi choralar belgilash, erkin raqobatni vujudga
keltirish uchun shart-sharoitlami yaratish.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‗ra, ustuvor vazifalar bosqichma- bosqich
hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tuzumdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‗tish
davridagi bir-biriga bog‗liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‗g‗ri keldi: ma‘muriy
buyruqbozlik tizimining og‗ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor
munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqichda iqtisodiy islohotning g‗oyat muhim
yo‗nalishlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berildi. Bular quyidagilar:
– o‗tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy- huquqiy
bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
– qishloq xo‗jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
– ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Iqtisodiy islohotlami huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk
olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan
olindi. Dastlabki vaqtning o‗zida iqtisodiy munosabatlaming huquqiy negizini barpo etadigan
100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el
investitsiyalari bo‗yicha esa Prezident huzurida maxsus idoralararo kengash tuzildi.
Prezident Oliy Kengashning X sessiyasi (1992)da qilgan ma‘ruzasida oldinda turgan
vazifalarni amalga oshirish uchun davlatning xo‗jalik ishlariga aralashuvini kamaytirish
lozimligi xususida ―Yana takror aytaman: odamlarga, xo‗jaliklarga iqtisodiy erkinlik berish
kerak. Iqtisodiy erkinlik diyorimizda tezroq qaror topsin‖, - deb bozor munosabatlariga o‗tishdan
ko‘zlangan maqsadning mohiyatini ochib berdi. Ushbu nutqda iqtisodiy islohotlarning butun
dasturida aytib o‗tilgan eng asosiy ustuvor vazifalar bilan bir qatorda quyidagi:
– ta‘lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish;
– aqliy va ma‘naviy salohiyatni mustahkamlash;
– aholini ijtimoiy himoya qilish kabi ustuvor yo‗nalishlar ham aniq-ravshan ko‗rsatib
berildi.
I.A.Karimovning ―O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida‖ nomli
asarida O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning strategik maqsadlari, ustuvor
vazifalari ishlab chiqilib, strategik maqsadlar mohiyati ochib berildi:
1. Ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli
va tinimsiz rivojlanib boradigan, milliy boylikning ortishini, kishilar hayoti va faoliyati uchun
zarur shart-sharoitlami ta‘minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish.
2. Ko‗p tarmoqli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo‗lishiga barham
berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo‗lgan
xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash.
3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‗jalik
faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning
ma‘muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag‗batlantirish
vositalaridan keng foydalanish.
4. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni
ta‘minlaydigan chuqur strukturaviy o‗zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab
chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‗shilib borish.
5. Odamlarning har biriga o‗z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash
imkonini berish, kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini
0‗zgartirish1 lozim edi. Shuningdek, mazkur asarda mamlakatning bozor islohotlarini amalga
oshirish dasturi to‗g‗risida fikr yuritilib, dastur ustuvor vazifalami bosqichma-bosqich hal
qilinishiga asoslanishini alohida qayd etib o‗tildi.
Bozor iqtisodiyotiga o ‗tishdagi birinchi bosqichda ikki muhim vazifa:
Ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining og‗ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va respublikaning o‗ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini
hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirishni hal etishga to‗g‗ri
keldi. Mamlakat taraqqiyot yo‗lining afzalliklari o‗zbek modelida har tomonlama o‗z aksini
topgan quyidagi omillar: ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor munosabatlariga o‗tish borasida jahondagi
rivojlangan mamlakatlarning O‘zbekiston uchun maqbul bo‗lgan tomonlari, ilg‗or tajribalari,
usul va vositalarining samarali yo‗llari belgilanib olingani; xalqning o‗ziga xos milliy
mentaliteti, milliy urf-odatlari, an‘ana va qadriyatlari, madaniy merosi to‗liq e‘tiborga
olingani;mamlakatda vujudga kelgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar, aholining
turmush darajasi hisobga olingani islohotlami amalga oshirishda xalqning bunyodkorlik va
yaratuvchanlik kuchiga tayanildi. Shuningdek, o‗zbek modelining amaldagi muvafaqqiyatini
ta‘minlashda xalqning vatanparvarlik va fidoiylik fazilatlariga ham muhim e‘tibor qaratildi.
Bozor munosabatlariga o‗tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish edi. Bu davlat monopoliyasi tugatilishiga,
ma‘muriy buyruqbozlik tizimining buzilishiga va bozor iqtisodiyotiga asos solinishiga, xususiy
mulkdorlar keng qatlamining shakllanishiga va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilanishiga xizmat qilar edi.
Mulkni xususiylashtirish va ko‗p tarmoqli iqtisodni shakllantirish 0 ‗zbekistonda o‗ziga xos yo‗l
bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan maqsad:
1) Davlat monopoliyasini tugatib, ma‘muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va
bozor iqtisodiyotiga asos solish;
2) Xususiy mulkdorlikning keng qatlamini shakllantirish;
3) Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‗l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
bilan birgalikda aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat edi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida (1992-1993-yillar) ―kichik xususiylashtirish‖
amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan maishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va
qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulotlami qayta ishlash korxonalarining
mulk shaklini o‗zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-
joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa
arzon narxda xususiy mulk etib berildi. Qishloq xo‗jaligida 770 kolxoz va davlat xo‗jaliklari
xususiylashtirilib, jamoa va ijara xo‗jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin
kechdi va qiyinchiliklami bartaraf etishga to‗g ‗ri keldi. Mamlakatda mulkdorlar sinfi kichik
korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, pul mablag‗larini omonat kassalari yoki
banklarga qo‗yish, qimmatbaho qog‗ozlarga aylantirish y o‘li bilan shakllana boshladi. Mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar
sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy
islohotlarga nisbatan odamlar ruhiyati va munosabatini o‗zgarishi bo‘ldi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1994-yil 21-yanvardagi ―Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy
mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyati qurish,
korxonalar aksiyasini chiqarish, kim oshdi savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish,
qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit
yaratish ishlari amalga oshirildi.
1994-yil oxirigacha 54 000 korxona mulk shaklini o‗zgartirdi. Xususan, 34 % xususiy, 48
% aksiyadorlik, 16 % jamoa, 1 % ijara xo‗jaligiga aylandi. Iqtisodiy islohotlarning borishi, uning
muvaffaqiyatlari va muammolari respublika Oliy Majlisining IV sessiyasi (1995-yil dekabr)da
va Vazirlar Mahkamasining majlisida (1996-yil fevral), Prezident I.A.Karimovning nutqlarida
keng yoritildi.
Shu bois, 1995-yil mamlakatning barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish yili deb
e‘tirof etildi. Ikkinchi bosqichda Prezident I.A.Karimovning ―O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo‘lida‖ (1995-yil) asarida qo‗yilgan masalalar, xususan, xususiylashtirish va
raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka
erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiyot tarkibiy strukturasini tubdan o‘zgartirish
chora-tadbirlari amalga oshirildi. 2000-yilda xususiylashtirish davlat dasturi bo‗yicha ko‗zda
tutilgan 167 obyekt o‗rniga 374 ta obyekt xususiylashtirildi.
Ularning negizida 152 ta hissadorlik jamiyati, 103 ta xususiy korxona tashkil etildi. Shu
yili davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan 14,3 milliard so‗m mablag‗ tushdi. Bu
1999-yilgi ko‗rsatkichdan 1,6 barobar ko‗pdir. 2000-yilning boshlariga kelib 87,4 foiz mulk
nodavlat, 12,6 foizi davlat mulki ko‗rinishida ish yuritmoqda edi. Respublikadagi jami 60
mingga yaqin korxonadan 50,5 mingga yaqini xususiylashtirilgan korxonalar edi. Bugungi kunda
erishilgan muvaffaqiyat va natijalarning bahosini anglab yetish, olib borilayotgan iqtisodiy
siyosatning naqadar to‗g‗ri va asosli ekanini tushunish uchun mustaqil taraqqiyotning dastlabki
pallasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yana bir bor esga olish o‗rinli bo‗lur edi. Bu haqda
Prezident Islom Karimovning ―O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‗li‖ risolasida
batafsil bayon qilingan. Bu kitobda, jumladan, o‗tgan asming 90-yillari boshida mamlakatda bor-
yo‗g‗i o‗n-o‗n besh kunga yetadigan bug‗doy va un zaxirasi qolgan paytlar ham bo‗lib, yurt
amalda ocharchilik ostonasiga kelib qolgani, iqtisodiyotning asosan xomashyo tayyorlashga
yo‗naltirilib, bir yoqlama rivojlanish hisobidan mo‗rt va nochor holga tushib qolgani; hali yangi
milliy valyuta joriy etilmagan sharoitda iqtisodiyotning fojiali ravishda inqirozga yuz tutishi va
inflyatsiyaning keskin o‗sib ketishi; paxta yakkahokimligining ekologik va ijtimoiy vaziyatni jar
yoqasiga olib kelib qo‗ygani; ommaviy ishsizlikning kuchayib, aholi turmush darajasining
haddan tashqari pasayib ketgani kabi holatlar zudlik bilan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
hamda iqtisodiyotni tubdan o‗zgartirish zarurligini ko‗rsatgani bayon etilgan. Shu bois,
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini tubdan o‗zgartirishga qaratilgan tarkibiy islohotlar
markaziga mamlakat aholisi farovonligini ta‘minlash va eng awalo aholining oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojini qondirish masalasi asosiy vazifa qilib qo‗yildi.
Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, 1990-yili O‗zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 ming
tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabi hayotiy zarur tovarlarni qo‗shni
respublikalardan olib kelishga majbur bo‗lingan. Bunday holat sobiq sovet davrida yuritilgan bir
yoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi. Ana shunday mahsulotlar evaziga O‘zbekistonasosan
paxta xomashyosini yetkazib berishi talab qilinar edi. Bunday siyosat, hech shubhasiz, mamlakat
iqtisodiy xavfsizligi, uning mustaqilligiga juda katta tahdid solar, milliy manfaatlarga mutlaqo
javob bermas edi.
Bunday o‗ta qaltis vaziyatni bartaraf etish maqsadida mamlakat rahbari tomonidan
aholini eng avvalo oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlari bilan ta‘minlash vazifasi qo‗yildi.
Qishloq xo‗jaligida davom etib kelgan paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin
maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka erishilgan yillarda
paxta maydonlari umumiy ekin maydonlarining 75 foizidan ko‗proq qismini tashkil etgan bo‗lsa,
keyingi davrda paxta yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‗jalik ekinlari tarkibini
optimallashtirish chora-tadbirlari olib borilishi natijasida 2008-yilda paxta maydonlari deyarli
39,5 foizga qadar qisqartirildi. Natijada mamlakatda g‗alla importiga qaramlik barham topib, tez
orada g‗alla mustaqilligiga erishildi. Agar 1991 -yilda 4003 ming tonna miqdordagi don
mahsulotini chetdan olib kelingan bo‗lsa, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni
keskin ravishda 5,4 barobar qisqartirishiga erishildi. Keyinchalik esa g‗allachilik sohasini jadal
rivojlantirish hisobidan bu mahsulotga bo‗lgan ichki ehtiyojni to‗la qondirishga muvaffaq
bo‗lindi. Shu tariqa mamlakatda g‗alla ishlab chiqarish hajmi 1990-yildan 2012-yilgacha deyarli
3,5 baravardan ko‗proq o‗sdi. Mamlakatda 2000-2011-yillarda g‗allachilik bilan birga qishloq
xo‗jaligining boshqa tarmoqlarida ham tub sifat o‗zgarishlari yuz berdi. Jumladan, shu davrda
don ishlab chiqarish hajmi 3929,4 ming tonnadan 7747,1 tonnaga yoki 197,1 foizga, sabzavotlar
2644,7 ming tonnadan 6218,2 tonnaga yoki 253,1 foizga, poliz mahsulotlari 451,1 ming
tonnadan 1246,8 ming tonnaga yoki 276,4 foizga, meva 790,9 ming tonnadan 1696,4 ming
tonnaga yoki 214,5 foizga, chorvachilik mahsulotlaridan go‗sht ishlab chiqarish 501,8 ming
tonnadan 1461,4 tonnagayoki 291,2 foizga, sut 3632,5 ming tonnadan 6169,0 ming tonnaga yoki
169,8 foizga va tuxum 1254,4 million donadan 3058,8 million donaga yoki 243,8 foizga oshdi.
Bu davrda mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va tayyorlashdek g‗oyat muhim
strategik vazifaning muvaffaqiyatli hal etilganini umumiy hajmi 706 million dollardan ortiq
bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining eksport qilingani ham isbotlab turibdi.
2. Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
Sobiq ittifoqning tarqalishi bilan respublikalar o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar uzildi,
oqibatda Respublikaning aksariyat korxonalari to‗xtab qoldi va mahsulot ishlab chiqarish
kamaydi. Shu bois iqtisodning tarkibiy tuzilishini yangidan qurish lozim edi. Jahon bozorida
raqobatga bardosh bera oladigan va aholining iste'mol talablarini qondiradigan mahsulot ishlab
chiqarishni tashkil qilish zarur bo‗ldi.
Islom Karimov iqtisodiyotdagi tarkibiy tuzilishni tubdan o‗zgartirish to‗g‗risida:
―Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida tub
o'zgarishlarga asos solishdan iborat g‗oyat muhim vazifani hal etish kerak bo‗ladi. Bu
Respublika uchun strategik ahamiyatga egadir. Tarkibiy tuzilishda chuqur o‗zgarishlarni amalga
oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O‘zbekistonning barqaror
iqtisodiy o‗sishini va aholi farovonligini ta‘minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‗shilishning
eng asosiy shartlaridan biridir‖, deb yozgan edi. Bu ko‗rsatmalardan kelib chiqib, iqtisodiyotda
tarkibiy o‗zgarishlar qilishning aniq vazifalari: iqtisodiyotning bir tomonlama rivojlanishiga chek
qo‗yish, importga qaramlikni tugatish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va xalq
iste‘moli mollariga aholining talabini qondirishdan iborat edi. Iqtisodiyotda tarkibiy
o‗zgarishlarni amalga oshirish uchun respublikada g‗oyat yirik qurilishlar qad rostladi.
Mamlakatning yoqilg‗i mustaqilligiga erishish siyosati izchillik bilan rivojlantirildi. Istiqlolga
erishgan O‘zbekiston tarixda ilk bor 1995-yilda neft mustaqilligiga erishdi va neft ahsulotlariga
bo‗lgan o‗z ichki ehtiyojlarini to‗la qondiribgina qolmay, istiqbolli va ishonchli eksportyor
sifatida jahon bozoriga yo‗l oldi.
O‗zbekistonda neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish 1990-yili 2,8 mln tonnani tashkil
qilgan bo‗lsa, 1997-yili bu ko‗rsatkich 7,9 mln tonnaga yetdi va chetga neft mahsulotlarini sotish
qobiliyatiga ega bo‗ldi. Jumladan, 1997-yili 250 ming tonna benzin, 600 ming tonna dizel
yoqilg‗isi, 450 ming tonna mazut, 100 ming tonna aviatsiya kerosini eksport qilindi. Tabiiy gaz
ishlab chiqarish 1990-yilgi 40,8 mlrd kubometrdan 1998-yil salkam 54,0 mlrd kubometrga
ko‗paydi. Aholini tabiiy gaz bilan ta‘minlash yuzasidan katta yutuqlarga erishildi. Xususan,
mustaqillik arafasida shahar aholisining 43 foizi, qishloqlarda esa 17 foiz aholi tabiiy gaz bilan
ta‘minlangan boisa, bu ko‗rsatkich 1997-yili 64 va 48 foizni tashkil qildi. Mamlakatni iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun ishonchli energetik baza yaratildi. Istiqlol
davrida chuqur tarkibiy o‗zgarishlaming amalga oshirilishi natijasida mamlakatning yonilg‗i-
energetika resurslariga bo‗lgan ehtiyoji o‗z ichki mahsulotlari hisobidan to‗la ta‘minlandi. Agar
1990-yilda mamlakatda 2810 ming tonna neft va gaz kondensati ishlab chiqarilgan bo‗lsa, 2010-
yilda bu ko‗rsatkich 3700 ming tonnani tashkil etdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi sezilarli
ravishda o‗sib, 1990-yildagi 40761 mln kub metrdan 2010-yilda 60111,5 mln kub metr hajmiga
yetdi.
Bunday ijobiy natijalar muqarrar ravishda mazkur mahsulotlami chetga eksport qilish
hamda eksportdan tushgan valyuta mablag‗lari evaziga ishlab chiqarishni kengaytirish va
modernizatsiya qilish hamda chetdan ilg‗or xorijiy texnologiyalarni olib kelish imkonini berdi.
Istiqlol davrida iqtisodiyotda biz uchun mutlaqo yangi ishlab chiqarish tarmoqlari -
avtomobilsozlik, sellyloza-qog‗oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa sohalar vujudga keldi.
Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlaming, ya‘ni
mashinasozlik, yoqilg‗i-energetika, kimyo va yengil sanoat kabi sohalaming hissasi ortib bordi.
O‘zbekistoniqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‗zgartirishda yangi neft konlari, Mingbuloq va
Ko‗kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining barpo
etilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab
chiqarishning ko‗payishi muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida
sezilarli ijobiy o‗zgarishlar ro‗y berdi. Agar, 2000-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida
sanoatning hissasi atigi 14,2 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2011 -yilda bu ko‗rsatkich 24,1 foizni,
transport va aloqaning ulushi tegishli ravishda 7,7 va 12,4 foizni tashkil etdi, xizmatlar bo‗yicha
bu raqam 50,5 foizga o‗sdi. Qishloq xo‗jaligining ulushi esa30,l foizdan 17,1 foizga tushdi. Yana
bir quvonarli tomoni shundaki, bu davrda mamlakat iqtisodiyoti uchun tamomila yangi bo‗lgan
avtomobilsozlik sanoatiga asos solindiki, bu tufayli O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchi
davlatlar xalqaro tashkilotining 33-to‗laqonli a‘zosiga aylandi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar,
ayniqsa, tarkibiy o‗zgarishlar tez orada o‗z samarasini berdi. Eng avvalo, xalq xo‗jaligi iqtisodiy
jihatdan mustahkamlanib, ma‘muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo‗lib qolgan bir tomonlama
ishlab chiqarishga barham berildi va milliy iqtisodiyot inqiroz holatidan chiqarildi, uning
barqaror o‗sishi ta‘minlandi; makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi.
Iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi, bozor mexanizmining tarkibiy
qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari shakllanib, rivojlandi.
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti tarkibidagi o‗zgarish!ar Biz tanlagan islohotlar
modelining to‗g‗ri ekani va xalqning manfaatlariga to‗liq javob berayotganini keyingi yillarda
iqtisodiyotning barqaror sur‘atlar bilan o‗sib, yangi marralarga ko‗tarilib borayotgani yaqqol
isbotlab bermoqda. 0 ‗zbekistonda 1996-yildan boshlab iqtisodiy o‗sish ta‘minlanib, uning
sur‘atlari 2001 -2003-yillarda o‗rtacha 4 % dan, 2004-2006-yillarda 7 % dan, 2007-yildan buyon
o‗rtacha 8-9 % dan yuqori bo‗lib kelmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiy o‗sish
sur‘atlarining yuqoriligi va barqarorligi borasida MDH mamlakatlari orasida yetakchi o‗rinlardan
birini egallab kelmoqda. Holbuki, Hamdo‗stlikdagi ayrim davlatlar hali yalpi ichki mahsulot
ishlab chiqarish hajmining 1991-yildagi darajasiga yetgani yo‗q.
Eng muhimi, I.Karimov o‗zining nutq va ma‘ruzalarida qayta-qayta ta‘kidlaganidek,
mamlakatdagi yalpi ichki mahsulotning yuqori suratlar bilan o‗sib borishi an‘anaviy xomashyo
tarmoqlari yoki jahon bozoridagi qulay konyunktura va ayrim xomashyo turlari hamda
materiallar narxining oshib ketishi hisobidan emas, balki, birinchi navbatda, raqobatbardosh
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko‗rsatish sohalarini jadal
rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o‗zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish evaziga ta‘minlanmoqda. Mamlakat ijtimoiy hayotida, jumladan, iqtisodiyot sohasida
erkinlashtirish, ya‘ni xo‗jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini,
iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining samarali amal qilishini ta‘minlashga
qaratilgan jarayonlarning keng amalga oshirilishi taraqqiyot va o‗zgarishlarga yangi kuch baxsh
etdi. Davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalari qisqartirilib, uning korxonalar
xo‗jalik faoliyatiga, birinchi galda, xususiy biznes faoliyatiga aralashuvi cheklandi. Xo‗jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini rag‗batlantirish, ularga qulay iqtisodiy sharoit yaratish
maqsadida iqtisodiyotdagi soliq yuki sezilarli darajada pasaytirildi. Xususan, 2011-yilda soliq
yuki 1991-yil bilan solishtirilganda, YAIMga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan
22 foizga tushdi. Iqtisodiy islohotlar orqali, eng avvalo, iqtisodiy manfaatlami ro‗yobga
chiqarishning muhim vositasi hisoblangan mulkchilik munosabatlarini tubdan o‗zgartirish
masalasiga alohida e‘tibor qaratildi. Sobiq tuzum davridagi rejali iqtisodiyot sharoitida asosan
davlat mulkining yakkahukmronligi va bu munosabatlarga o‗ta rasmiyatchilik bilan yondashuv
mulkchilik munosabatlarining samaradorligini deyarli yo‗qqa chiqargan edi. Shuning uchun ham
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ko‗p tarmoqli iqtisodiyotni yaratish, o‗rta
mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasi mamlakatda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning
bosh vazifasi qilib qo‗yildi. Mamlakatda haqiqiy mulkdorlar sinfining qaror topishi jadal
sur‘atlarda amalga oshib, tez orada ijobiy natijalar bera boshladi va iqtisodiyot nodavlat
sektorining ulushi sezilarli ravishda ortib bordi. Agar 1990-yilda respublika YAIM umumiy
hajmining atigi 38,1 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan boisa, 2012-yilga
kelib bu ko‗rsatkich 82,5 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmi va chakana savdo aylanmasida bu ko‗rsatkich eng yuqori daraja - 99,9 foizga
yetdi. Respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirishni
ta‘minlovchi zaruriy huquqiy asos yaratildi. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida, Respublika
Prezidentining farmonlarida xususiy tadbirkorlikdan soliq olish, unga moliyaviy yordam
ko‗rsatish borasida imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy texnika va xomashyo
resurslari bilan ta‘minlash borasida ko‗maklashish nazarda tutildi. Bu sa‘y-harakatlaming
natijasida 1995-yil o‗rtasida respublika xalq xo‗jaligida 30770 ta kichik korxona va kooperativ,
20115 ta xususiy korxona ishlab turdi. 15600 ta fermer xo‗jaligi tashkil etildi, ularga 200 ming
gektarga yaqin yer biriktirib berilgan boiib, 67,5 ming kishi mehnat qilayotgan, fermer
xo‗jaliklarining tasarrufida 190 mingga yaqin qoramol va boshqa hayvonlar bor edi.
Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan alohida e‘tibor
ham o‗z natijalarini berdi. Maiumki, kichik biznesning ixchamligi, harakatchanligi, iqtisodiy
manfaatlami nisbatan toiaroq namoyon etib, bozor konyunkturasi o‗zgarishlariga tez moslasha
olishi kabi xususiyatlari uni iqtisodiyotni tubdan o‗zgartirishda eng samarali va qulay
vositalardan biriga aylantirdi. Mazkur soha taraqqiyoti uchun alohida shart-sharoitlaming
yaratilishi, soliq, bojxona va boshqa toiov imtiyozlarining belgilanishi, nisbatan arzon kredit
resurslarining taqdim etilishi natijasida qisqa davr ichida kichik biznes korxonalari soni sezilarli
ravishda oshib bordi. Statistik maiumotlarga ko‗ra, 1992-yilda ro‗yxatga olingan kichik biznes
korxonalarining soni atigi 16,5 mingtani tashkil etgan boisa, 2010-yilga kelib bu ko‗rsatkich
(fermer xo‗jaliklaridan tashqari) 224,2 mingtaga yetdi, ya‘ni deyarli 14 barobar o‗sdi. Amalga
oshirilgan keng koiamli chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlarining YAIMdagi
ulushi 2012-yilda 54 foizdan oshib ketdi. Holbuki, bu ko‗rsatkich mustaqillikning dastlabki
yillarida 1,5 foizni, 2000-yilda esa 31 foizni tashkil etgan edi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi darajasini oshirishdagi roli ham
muhim ahamiyat kasb etishi sir emas. Darhaqiqat, tadbirkor o‗z mablag‘larini ishlab chiqarish
sohasiga kiritar ekan, ayni paytda daromadni oshirish bilan birga jamiyat boshqa a‘zolarining ish
bilan birga, daromad bilan ta‘minlanishi uchun moddiy poydevor yaratadi. Mamlakatda bu
boradagi faoliyat ham kengayib bordi: 2000-2012-yillar davomida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasida band bo‗lgan aholi soni 2 barobar oshdi. 2012-yilga kelib iqtisodiyot
tarmoqlarida mehnat bilan band bo‗lganlarning 75,1 foizidan ko‗prog‗i uning ulushiga to‗g‗ri
kelmoqda. Bugungi kunda yangi yaratilayotgan ish o‗rinlarning o‗rta hisobda 85 foizi aynan
kichik biznes hissasiga to‗g‗ri kelmoqda.
Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida, eng
avvalo, mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlarining yetarli darajadagi
rag‗batlantiruvchi rol o‗ynayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, bu borada 2010-
yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq toiovi 8 foizdan 7 foizga, 2011 yilda esa 7
foizdan 6 foizga, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o‗rtacha 1,3
barobar kamaytirildi. 1996-2011-yillar mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun
belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 6 foizgacha, ya‘ni 5,4 marta qisqartirildi. Kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik sohasiga yo‗naltirilayotgan kreditlar miqdori 2001-2012-yillar
mobaynida deyarli 11 barobar o‗sdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish iqtisodiy o‗sishini ta‘minlash, yangi
ish o‗rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili
sifatida amal qilmoqda. 0 ‗zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik rivojida O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-mayda qabul qilgan ―Tadbirkorlik faoliyatini yanada
qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori ham muhim o‗rin tutdi.
Qarorga asosan tadbirkorlik bilan shug‗ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslami davlat
ro‗yxatidan o‘tkazish uchun boj haqi eng kam ish haqi miqdorining 5 barobaridan 2 barobari
miqdorigacha, tadbirkorlik subyektlarining banklarda hisob raqamlarini ochish uchun to‗lovlarini
eng kam ish haqi miqdorining 1 barobardan 0,5 barobari miqdorigacha, qishloq joylarida esa eng
kam ish haqining 0,1 barobari miqdorigacha pasaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 14-dekabrdagi
―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik Davlat Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning
tashkiliy choralari haqida‖gi G‗-3539-sonli farmoyishidagi: kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga
yo‗naltirilgan normativ- huquqiy bazani yanada takomillashtirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‗jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining
aralashuvini keskin kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish
tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritish, moddiy-texnik shartnomalarini ta‘minlash, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq va boshqa to‗lovlar borasida yengilliklar
yaratish borasida ustuvor yo‗nalishlar belgilab berildi.
Davlat rahbari tomonidan 2011 -yilni ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili‖ deb e‘lon
qilinishi va bu borada Davlat dasturi asosida vazifalaming bajarilishi mamlakatda bu soha
vakillari faoliyatida yirik, ijtimoiy o‗zgarishlar yasadi. Qishloq xo‗jaligida islohotlarni amalga
oshirishda eng ustuvor masala sifatida yerga mulkchilik masalasi hal qilindi. Sug‗oriladigan
yerlaming kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni
uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi huquqiy hujjatlarda qayd etildi.
Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlab qabul qilingan me‘yoriy hujjatlarda, xususan
―Yer to‗g‗risida‖gi (20-iyun 1990-yil) va boshqa qonunlarda, Prezident farmonlarida qishloq
xo‗jaligidagi tub islohotlaming huquqiy asoslari yaratildi. Qishloqda bozor munosabatlarini
rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissasini qayta tiklash, yerni sotish-olishga yo‗I
qo‗ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga (50 yilgacha) meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki
umrbod foydalanishga berish masalalari hal qilindi. 1992-yildan boshlab atigi uch yil ichida
mavjud 1137 davlat xo‗jaligidan 1066 tasi mulkchilikning aksiyadorlik, jamoa yoki ijaradagi
xo‗jalikka aylantirildi, 1516 tasi qoramolchilik fermasi mehnat jamoalarining mulki qilib berildi.
Shu tariqa qishloq xo‗jaligida ko‗p tarmoqli iqtisod vujudga keldi. Qishloqlarda 1997-
yili shaxsiy tomorqa xo‗jaligi 3 mln gektarni tashkil qildi. Tomorqa xo‗jaligining ekin maydoni
1989-yili 257 ming gektar bo‗lsa, 1997-yil 599,7 ming gektarga ko‗paydi. G‗allachilikning
texnika bazasi mustahkamlandi, 8159 ta ―Niva‖, ―Don‖, ―Sibiryak‖ kombaynlari bilan bir
qatorda Amerikaning ―Keys‖ firmasidan keltirilgan 637 kombayn g‗alla o‗rim-yig‗imida
qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq X sessiyasi (dekabr, 1997-yil)da
agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‗zgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qilindi.
―Yer kodeksi‖, ―Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida‖, ―Dehqon xo‗jaligi
to‗g‗risida‖, ―Yer kadastri to‗g‗risida‖gi Qonunlar qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. 2000-yilga kelib respublikada davlatga
qarashli bo‗lmagan sektor yetakchi o‗rin egallab, 1991-yil 63 foizni tashkil qilgan bo‗lsa, 2000-
yil sentabriga kelib qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarish hajmining 98,4 foizini egalladi. Qishloq
xo‗jaligidagi islohotlar asosan yerning haqiqiy egasi, omilkor va tadbirkor mulkdorlarni qo‗llab-
quvvatlashga qaratilgan bo‗lib, bu asosan fermerchilikni jadal rivojlantirish orqali amalga
oshirildi. Bunda zarar ko‗rib ishlovchi va istiqbolsiz shirkat xo‗jaliklarini fermer xo‗jaliklariga
aylantirish o‗z samarasini berdi. Fermer xo‗jaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirish
maqsadida ularning yer maydonlari miqdorini optimallashtirish choralari amalga oshirildi.
Buning natijasida 2008-yilning 1-oktabriga qadar mamlakatda faoliyat yuritayotgan 219976 ta
fermer xo‗jaligining yer maydonlari yiriklashtirilib, ular asosida 105033 ta xo‗jalik tashkil etildi.
Natijada bitta fermer xo‗jaligiga o‗rta hisobda ilgarigi 27 gektar o‗rniga 56 gektar yer maydoni
to‗g‗ri keldi. Shundan paxtachilik va g‗allachilik yo‗nalishiga ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari
soni 47,6 mingta bo‗lib, bitta fermer xo‗jaligiga o‗rtacha 92 gektar yer maydoni uzoq muddatga
ijaraga berildi. Bu esa fermer xo‗jaliklarining samarali faoliyati uchun yangi rag‗batlantiruvchi
omillarning paydo bo‗lishiga olib keldi. Islohotlar davrida fermer xo‗jaliklari sonining o‗rtacha
yillik o‗sishi 173,6 foizni tashkil etdi. Agar islohotlarning dastlabki davri - 1993 yilda faoliyat
ko‗rsatayotgan dehqon va fermer xo‗jaliklarining soni 7630 ta boigan boisa, 2012-yilga kelib
fermer xo‗jaliklarining soni 66 mingtadan oshib ketdi. Fermer xo‗jaliklarida 1,5 million kishi
mehnat qilib, iste‘mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizi ayni shu soha hissasiga
to‗g‗ri keladi.
2000-2011-yillar mobaynida fermer xo‗jaliklari tomonidan don yetishtirish qariyb 10
baravar, kartoshka 13. sabzavot 19, meva 26, uzum 20, go‗sht (tirik vaznda) 4, sut 4,3 va tuxum
ishlab chiqarish 31 barobardan oshdi. 2012-yilning o‗zida O‗zbekistonda deyarli barcha qishloq
xo‗jalik ekinlaridan yuqori hosil olindi. Mamlakat dehqonlari tomonidan 3 million 460 ming
tonnadan ortiq paxta, 7 million 500 ming tonna g‗alla, 2 million tonnadan ziyod kartoshka va 9
million tonnadan ortiq sabzavot hamda poliz mahsulotlari yetishtirildi.
Davlat rahbarining ―Fermer boy bo‘lsa - mamlakat obod bo‘ladi‖ degan purma‘no so‗zlari
asosida fermer xo‗jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, sohaning
huquqiy asos va kafolatlarini yaratish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yer maydonlarini
maqbullashtirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida
odamlarning yerga, mulkka egalik hissi oshib, qishloq xo‗jaligi ekinlarining hosildorligi
ko‗tarilishi barobarida, yetishtirilgan mahsulotlarning sifat ko‗rsatkichlari tubdan
yaxshilanmoqda.
3. Pul islohotlarining o’tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.
Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul
muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki
qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi
qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish
lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish
kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-
sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz
pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq
qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini
yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi
kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul
birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish
(revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga
qadar boshqa sobiq Ittifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda
amalda boʻlgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga
kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Birinchi bosqich: 1993-yilning 15-noyabrdan ish haqi,
pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki
isteʼmol bozorini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi
sifatida 1961—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993-yildagi rubli bilan
parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "soʻm kupon" muomalaga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500,
1000, 5000, 10000 soʻmkupon qogʻoz pullarni chiqardi. Ikkinchi bosqich: 1994-yil 1-iyulidan
boshlab Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm 1 soʻm = 1000 soʻmkupon nisbati
bilan muomalaga kiritildi. Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm
boʻlgan bank qogʻoz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin boʻlgan metall tangalar
chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli
bank tizimi va musta-qil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatinp erkin yuritish im-konini
berdi. Hisob kitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997-yildan boshlab muomalaga 200 soʻmlik,
1999-yildan 500 soʻmlik va 2001-yildan 1000 soʻmlik bank qogʻoz pullari (banknotlar)
muomalaga chiqarildi.
Bozor infratuzilmasi
— bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal
qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa
xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga (birjalar, auktsionlar, savdo
uylari, savdo – sotiq idoralari va agеntliklari kabilar) moliya-kredit munosabatlariga xizmat
qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya
kompaniyalari,
soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat
idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor
infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish
va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini
taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar:
birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan
vositachiligi;
kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari;
kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari;
aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish
markazlari (mehnat birjalari);
axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;
soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;
tijorat xoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;
maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;
bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;
konsalting (maslahat) kompaniyalari;
ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;
maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.
Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni
bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish,
ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek barcha bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik
aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi
davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq,
moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning
iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa
oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari
mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‗ng dastlabki qadam bozor munosabatlariga
asoslangan iqtisodiѐtga o‗tish, ya‘ni xo‗jalik yuritishning barcha shakllari uchun teng iqtisodiy
shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkchilikni shakllantirish va rivojlantirish hamda mulkdorlar
mustaqil faoliyat yuritishi uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni va institusional
tuzilmalarni barpo etish ishlari boshlangan va hozirgi damda o‗z rivojini topmoqda. Agrar
sohada bosqichma-bosqich olib borilgan islohotlar, xususan, ana shu amalga oshirilgan ishlar
natijasida xususiy mulkchilikka asoslangan turli toifadagi xo‗jaliklar tashkil etildi va faoliyat
yurita boshladi. Ta‘kidlash joizki, oxirgi yillarda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida fermer
xo‗jaliklarining o‗rni tobora oshib bormoqda va ularni rivojlantirish uctuvor vazifaga aylandi.
Shu nuqtai nazaridan respublikamizda fermer xo‗jaliklarini har tomonlama rivojlantirish
bo‗yicha keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni davriy statistik ma‘lumotlar, fermer
xo‗jaliklariga yer maydonlarini maqbullashtirish, ular faoliyatini rag‗batlantirish va
uyg‗unlashtirish, ularga xizmat ko‗rsatuvchi infratuzilma muassasalarini tashkil etish bo‗yicha
qabul qilingan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar dalil sifatida xizmat qilishi mumkin. Respublikamiz
Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‗ishlangan
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi
ma‘ruzasida ta‘kidlaganidek: ―... mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida,
ya‘ni 1991 yildan 2000 yilgacha bo‗lgan davrda ulkan o‗zgarishlarni amalga oshirishda asosiy
e‘tiborimiz markazlashtirilgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor
iqtisodiyotining yangi mexanizmlarini joriy etishdan iborat‖.
4. Soliq tizimidagi islohotlar.
Soliq islohotlari— soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish asosida soliq yukini
kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash
maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari. Iqtisodiyotni isloh qilishining muhim,
ajralmas qismi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Soliq islohotlari strategiyasi
huquqiy va demokratik davlatni barpo etish konsepsiyasi asosida shakllanmoqda. 1991 yildan
boshlab Oʻzbekistonda oʻtkazilgan soliq islohotlarini 3 asosiy bosqichga boʻlish mumkin:
Birinchi bosqich – 1991-1994 yillarda soliqqa oid qonun hujjatlarini yaratish; tamomila
yangi soliqlar va toʻlovlar tizimini barpo etish va ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish;
moliyaviy mablagʻlarni ishlab chiqarish. infratuzilmasini rivojlantirish, oʻz-oʻzini strategik
resurslar bilan taʼminlashga erishish maqsadlarida qayta taqsimlash; narxlarning oʻsishi va
ishlab chiqariahning pasayishi sharoitida aholining turmush darajasi pasayib ketmasligi va
ijtimoiy barqarorlikni saqlash; mustaqil tizim sifatida davlat soliq xizmatini shakllantirish
vazifalari bajarildi.
Ikkinchi bosqich – 1995-1999 yillarda soliq tizimini takomillashtirish va korxonalarga
nisbatan soliq yukini kamaytirish boʻyicha Soliq islohotlari amalga oshirildi. Bu davrda
soliqlarga doir mavjud qonun hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
ishlab chiqildi va 1997 yilda qabul qilindi.
Uchinchi bosqich – 2000-yildan boshlab soliq islohotlari qonunchilikka kiritilayotgan
oʻzgarishlar asosida fuqarolar va korxonalar uchun soliq, yukini yana-da kamaytirish, ayrim
soliq turlarini bekor qilish, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimini
soddalashtirish, samarali soliq tizimi tamoyillarini yanada toʻliq roʻyobga chiqarish, jahon
andozalariga mos soliq tizimini bosqichma bosqich barpo etishga yoʻnaltirilgan.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda soliq islohotlari davriy oʻtkazib turiladi. Muayyan
soliq turini joriy etish yoki bekor qilish, ayrim turdagi soliqlar ulushini oshirish yoki kamaytirish.
soliq daromadlarini qayta taqsimlash va boshqa koʻrinishlarda amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko`rsatish uchun shu
davrni uch bosqichga bo`lib ko`rsatish mumkin.
Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O`zbekistonning o`z soliq tizimini tashkil etish va
soliqlarning хazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir. Respublikamizning o`z soliq tizimini
yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ―Korхonalar, tashkilotlar va birlashmalardan
olinadigan soliqlar to`g`risida‖gi qonun birinchi qonun bo`ldi. U o`zida birinchi marta soliq
tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va
undirish tartibini o`rnatdi.
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan ―O`zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va
fuqoroligi bo`lmaganlardan olinadigan daromad solig`i to`g`risida‖gi qonunga bir qancha
o`zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan, soliq ob`ekti kengaytirildi, ya`ni ilgari
daromad solig`ini jamoa хo`jaligi orqali to`lab yurgan jamoa a`zolari to`g`ridan to`g`ri o`zlari
to`laydigan bo`ldilar. 1993 yil 7 mayda O`zbekiston Respublikasining ―Mahalliy soliqlar va
yig`imlar to`g`risida‖ gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaхslarning mulk
solig`i, er solig`i, kurort zonalarida ishlab chiqarish ob`ektlari qurilish solig`i, reklama solig`i,
avtomobil vositalarini qayta sotish solig`i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va 13-ta turli
хil yig`imlar kiritildi.
Korхonalar soliqlari to`g`risidagi qonunga 1993 yil 7 mayda o`zgarishlar kiritilib chet el
valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga
ajratma avval 25%, keyinchalik 10% qilib belgilandi. Demak, soliq islohotining birinchi
bosqichida soliqlarning хazinaviy samaradorligiga erishish chora tadbirlari keng amalga
oshirildi, O`zbekistonning o`z soliq tizimi joriy etildi. Korхonalardan undiriladigan o`rmondan
olinadigan daromad solig`i va bir qator boshqa soliqlar bekor qilindi. Daromad (foyda) solig`i;
qo`shilgan qiymat solig`i; aktsiz solig`i; mol-mulk solig`i; respublikadan tashqariga olib
chiqiladigan mahsulotlar va хom ashyo resurslariga soliq joriy etildi. 1993 yilda ishlab chiqilgan
tartibga ko`ra asosiy vositalar hisoblangan amortizatsiyaning 30 foizi byudjetga o`tkazildi.
Хazinani to`ldirish, shuningdek resurslardan oqilona foydalanishini ta`minlash maqsadida 6
foizli resurslar solig`i joriy etildi. Shuningddek, 1991 yil 15 fevraldagi «O`zbekiston
Respublikasi fuqarolari, хorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaхslardan olinadigan
daromad solig`i to`g`risida»gi qonunga bir qator o`zgartishlar kiritildi.
1993 yil 7 may kuni «Mahalliy soliqlar va yig`imlar to`g`risida»gi qonun qabul qilindi va
ushbu qonunda ularga ta`rif berildi. Jismoniy shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq, er solig`i,
kurort zonalaridagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob`ektlar qurilishiga solinadigan soliq,
reklama solig`i, avtotransport vositalarni olib sotganlik uchun soliq, ularning egalariga
solinadigan soliq-jami 19 turdagi har хil soliqlar va yig`imlar mahalliy soliqlar guruhiga kiritildi.
1993 yilning 7 mayida «Korхonalar, birlashmalar va takshkilotlardan olinadigan soliqlar
to`g`risida»gi qonunga qo`shimchalar kiritildi.
Soliq islohotlarining