2-dars Reja: Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar



Yüklə 27,68 Kb.
səhifə1/4
tarix09.09.2022
ölçüsü27,68 Kb.
#63528
  1   2   3   4
HDoRGr7WB9CEkwIT1M27f59bQXk9wWkwmpJMOnzi


Xalq ta’limini tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.
(2-dars)
Reja:

  1. Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar.

2. Xalq ta’limi tizimining asosiy maqsad va rivojlanish yo‘nalishlari
3. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 29-apreldagi PF-5712 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Ushbu farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Konsepsiya xalq ta’limi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.

Yüklə 27,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin