Individual loyiha



Yüklə 56,45 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü56,45 Kb.
#180154
  1   2   3   4   5
abduvahob loyiha ishi (wecompress.com)




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI

Telekomunikatsiya injinering va kasbiy ta`lim
fakulteti


INDIVIDUAL LOYIHA


Mavzu: “Online noutbuk savdo WEB sayti”
Topshirdi__________________________Ubaydullayev Abduvahob
Qabul qildi__________________________________ X.Musayev


ONLINE NOUTBUK SAVDO WEB SAYTINI YARATISH

MUNDARIJA


2
I. KIRISH 3
II. NAZARIY QISM. 7
2.1. Web saytlar va ular haqida umumiy ma’lumotlar. 7
2.2. HTML, Java Script va CSS texnologiyalari. 8
III. AMALIY QISM. 12
3.1. Web saytning tashqi dizayn ko’rinishini (front-end) yaratish. 12
3.2. Web saytning ichki ko’rinishini (back-end) yaratish. 13
XULOSA 17
Foydalanilgan adabiyotlar : 17

I. KIRISH

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasi jahon iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Bu iqtisodiy o’sish mexanizmi, hamda boshqa sohalarda iqtisodiy jarayonlarni sezilarli darajada o’zgartirib va intellektual inson mehnat mahsuloti, ma’lumotlaridan foydalanish va bilimlarga asoslangan yangi turdagi iqtisodiyotni shakllantirishga ta’sir ko’rsatishni davom etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvoffiq, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’li bilan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish xizmat ko’rsatish sohasining jadal rivojlanishi, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning roli va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibida tub o’zgarishlarni, birinchi navbatda zamonaviy yuqori texnologiyali xizmatlar, shuningdek, yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada, boshqaruv tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. O’zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, hayotning barcha javxalarida innovatsion usullar bilan bog`liq bo’lgan yuksak salohiyatli loyihalarni amalga oshirish bo’yicha bir qator choratadbirlar amalga oshirilmokda.


Bugungi kunda respublikamiz AKT sohasidagi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida tan olingan. 2017 yilda Halqaro elektraloqa ittifoqi (“ Axborot jamiyati o’lchovi”) ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yil bilan taqqoslanganda mamlakatimiz AKTni rivojlanish indeksi bo’yicha sakkiz pog`onaga ko’tarilib, 95 o’rinni egalladi. 2016 yilda respublika YaIMda AKT sektorining ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. AKT tarkibida yuqori ulush xizmatlar sohasiga to’g`ri keladi.

Bugun kompyutеr tеxnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib, kompyutеrlar asta-sеkin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Ya’ni, faol ish yurituvchini intеrnеt global tarmog’isiz, intеllеktual ishchini esa ish joyida kompyutеrsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyutеr tеxnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o’quv dargohlarida, davlat muassasalarida bеhad ahamiyat kasb etmoqda.


Hozirgi vaqtda har bir tashkilot qaysi sohada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o’z faoliyatida intеrnеtdan foydalanish zarurligiga katta etibor qaratmoqda.
Intеrnеtda axborotni joylashtirish uchun uning ekrandagi ko’rinishi qulay bo’lishiga e'tibor bеrish zarur. Aql bilan yaratilgan sayt, qoida bo’yicha, informatsion yagona bus-butun bo’lishi va joylashtirilgan axborotning ahamiyatiga qarab, ma'lum standartga ega bo’lishi kеrak.
Yuqorida kеltirilganlardan Web-saytni yaratish va uni loyihalash jarayonlarini o’rganib chiqish muammolarining kundalik zarurligi va dolzarbliligi kеlib chiqmoqda.
Ushbu qo’llanma o’quvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan bo’lib, ular maktablar yoki o’quv markazlari haqida masofadan turib to’liq ma’lumotga e’ga bo’lib o’zlari istagan o’qituvchining darslariga online ravishda yozilish imkoniyatini yaratib beradi. Ayniqsa xozirgi COVID-19 pandemiyasi paytida bunday loyihalar juda dolzarb xisoblanadi.
Shu sababdan, ushbu yo’nalish mutaxassislariga, ularning informatsion intеllеktual faolligi va zamonaviy tеxnologik madaniyatiga yuqori talablar qo’yilmoqda. Tashkilot va muassasalarning samarali ishlashi, mutaxassis va umuman, jamoaning muvaffaqiyati tadqiqodchi va foydalanuvchilarning zamonaviy kompyutеr va Web–tеxnologiya uslublari va instrumеntal vositalarini qanday darajada o’zlashtirib olganliklariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Shuning uchun ushbu loyiha ishi informatsion tеxnologiyaning yangi va samarali yo’nalishini o’rganishga yo’naltirilgan. Web-tеxnologiya va WWW butun dunyo cho’lg’amining ishlab turish asoslarini, Web-sahifa saytlarini yaratish va rеjalashtirishni va ularni intеrnеtga joylash va rеklama qilishning ahamiyati bеqiyos katta dеsak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz.
Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin.
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil kiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o`z-o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:



  1. Texnik

  2. Programmaviy

  3. Informatsion



Internetning programmaviy ta`minoti (tarkibiy kismi) tarmoqda ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir.
Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim biri, u butun tarmoq bo`ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda o`qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig`ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o`zaro moslashuvchan "giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit hosil bo`ladi.

II. NAZARIY QISM.

2.1. Web saytlar va ular haqida umumiy ma’lumotlar.


Web-sayt atamasi har kuni bir necha marta qulog’imizga chalinadi. Ushbu so’z internet manzil ekanligini bilamizku, ammo web-sayt tushunchasi, uning asl mohiyati, nima uchun kerakligi, nega bu qadar ommalashib borayotganligi va balki o’zimiz ham saytimizga ega bo’lishimiz kerakligi haqida o’ylab ko’rmaymi.Sayt yoki web-sayt inglizcha website: web – «o’rgimchak to’ri, tarmoq» va site – «joy, segment, tarmoqning bir qismi» degan ma’nolarni anglatadi. Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog’langan web-sahifalar to’plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to’rini tashkil qiladi.Oddiy qilib aytganda, sayt – bu Internetda joylashgan, ba’zi ma’lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hk) o’z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to’plamidir.

Yüklə 56,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin