CSS ning afzalliklari CSS vaqtni tejaydi – Siz CSS ni bir marta yozib, keyin bir nechta HTML sahifalarida qayta foydalanishingiz mumkin. Har bir HTML elementi uchun uslubni aniqlab, uni istaganingizcha veb-sahifalarga qo’llashingiz mumkin.Sahifalar tezroq yuklanadi – Agar siz CSSdan foydalanayotgan bo’lsangiz, har safar HTML atributlarini yozishingiz shart emas. Bir tegning bitta CSS qoidasini yozing va uni ushbu tegning barcha holatlariga qo’llang. Shunday qilib, kam kod degani tezroq yuklab olish vaqtini anglatadi.Oson texnik xizmat ko’rsatish – global o’zgarishni amalga oshirish uchun oddiygina uslubni o’zgartiring va barcha veb-sahifalardagi barcha elementlar avtomatik ravishda yangilanadi.HTML ga nisbatan ustun uslublar CSS da HTML ga nisbatan ancha kengroq xususiyatlar mavjud, shuning uchun HTML atributlarga qaraganda HTML sahifangizga yanada yaxshiroq ko’rinish berishingiz mumkin.
Bir nechta qurilmalar mosligi – Uslublar jadvallari bir nechta turdagi qurilmalar uchun tarkibni optimallashtirishga imkon beradi. Xuddi shu HTML hujjatidan foydalangan holda veb-saytning turli xil versiyalari uyali telefonlar kabi qo’lda yoki qurilmalarda taqdim etilishi mumkin.
PHP juda keng qo'llanadigan dasturlash tilli bo'lib, internet juda katta qismini egallab o'lgan. Nega aynan internetni deyishingiz mumkin. Chunki PHP web server texnologiyalari hisoblanib, web server yani saytda ishlaydi. Masalan qolgan dasturlash tillarida tuzilgan dasturlar konsolda yoki windows(oyna) shaklida ishlaydi. Tuzgan dasturimizning natijasini ko'pchilikga yoqimsiz va tushunarsiz bo'lgan konsolda ko'ramiz. Agarda biron-bir odamga oddiygina tuzgan dasturingizni ko'rsatmoqchi bo'lsangizchi? Yoqimisiz, qop-qora konsolni ko'rsatasizmi? :) Windows elementlaridan foydalanib, o'ziga xos dizaynga ega dastur tuzishga esa anchagina vaqt ketadi. Lekin tuzgan taqdiringizda ham oddiy foydalanuvchini e'tiborini qozonish juda qiyin bo'ladi.
Unda qanaqa dastur tuzish kerak deb o'ylaysiz. Masalan siz oddiy hisob kitob qiluvchi dasturning kompyuter uchun C++ yozdingiz va huddi shu dasturni PHPda yozib chiqdingiz. Endi shu dasturni do'stingizga foydalanishni tavsiya qilsangiz, do'stingiz nima qiladi? Albatta o'sha PHPda yozilgan dasturni ishlatib ko'radi. U oddiygina mobil telefoni yoki planshetidan o'sha dastur joylashtirilgan saytga kirib ko'radi va albatta bu dasturingizdan qoyil qo'ladi :) Yani dastur foydalanish qulay bo'lgan platformaga tuzish kerak. Ayni paytda web sayt va mobil telefonlar foydalanish hamma uchun qulay. Masalan hozir internet juda rivojlanib, foydalanish esa qulaylashib bormoqda. Demak kelajakda internet bundan ham rivojlanib ketadi. Shuning uchun internetga dastur ya'ni Web App yozish kerak. Bunda esa bizga PHP yordam beradi.