1
2
Dastur 5A120304 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar
bo’yicha) magistratura mutaxasisliklariga kiruvchilar uchun 5120300 – Tarix (mamlakatlari va
yo’nalishlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishining 2017-2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi
ixtisoslik fanlari asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar:
Abdullaev O’.I. UrDU “Tarix” kaf.mud. dots. t.f.d.,
Davletov S.R. UrDU “Tarix” kaf. dots. t.f.d.,
Matyakubova M.M. UrDU “Tarix” kaf. dots. t.f.n.,
Matyakubov H.H. UrDU “Tarix” kaf. dots v.b.;PhD.
Taqrizchilar: Xoliqulov A. O’zMU “O’zbekiston tarixi” kaf.mud. dots. t.f.n.,
Urakov D. O’zMU “Jahon tarixi” kaf.mud. dots. t.f.n.,
Dastur Tarix fakultetining 2021 yil 02 iyul № 11-sonli Kengashi yig’ilishida muxokama qilingan
va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
3
Kirish
Manbashunoslik va Tarixshunoslik fani bo’yicha magistraturaga kirish sinovi uchun
mo’ljallangan bo’lib, unda qo’yilgan masalalar ta’limning oldingi bosqichlarida mazkur
mutaxassislikka doir o’qitilgan fanlarning o’quv dasturlariga asoslangan.
Dasturda, tarixiy manbashunoslikning maqsad vazifalari, tadqiqot usullari, O’rta Osiyo va
O’zbekiston tarixini yortib beruvchi qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo’lgan tarixiy
manbalarning o’rganilishi, Tarix fanining vujudga kelishi va o’tmishni o’rganishdagi dastlabki
malakalar hamda tarixni o’rganishda asos bo’luvchi manbalar haqida tushuncha beradi. Shu
qatorda, tarixiy manbalar va tarixiy hujjatlar bilan ishlash, tarixning boshqa fanlar bilan o’zaro
munosabatlari-ijtimoiy va gumanitar fan davriy jarayoni haqida, arab, fors tilidagi qo’lyozmalar,
manbalar va ularning tarix fanining rivojlanishidagi o’rni masalalarini o’z ichiga olgan.
Shuningdek, tarixshunoslikning dolzarb muammolari: nazariy-metodologik masalalarni ishlab
chiqish, tarixshunoslik fani rivojlanishi muammolari, XX asr boshlarida tarix fani rivojining
ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlari, maxsus va yordamchi tarix fanlarining
rivojlanishi hamda O’zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlari rivojlanishining asosiy tamoyillari
kabi masalalar qamrab olingan.
Dastur 5A120304 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari (Osiyo va
Yevropa mamlakatlari bo’yicha) mutaxassisligiga kirish uchun talabgor bo’lgan talabalarning test
savollariga tayyorlanishlari uchun asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |