Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlari (O’zMA) Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O’rta Osiyo tarixiga oid manba.
Turkistonni o’rgangan rus olimlarining asarlari, Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi
materiallari tarixiy manba sifatida. Shuningdek, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi
Turkistonga oid statistik ma’lumotlar, arxiv materiallari va davriy matbuot («Туркестанские
ведомости», «Туркестанский вестник»va b.) xabarlarining tarixiy manbaviy ahamiyati.
O’zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar Rossiyadagi fevral inqilobi va Turkistondagi siyosiy jarayonlarni aks ettiruvchi materiallar,
Oktyabr voqealaridan keyin Turkistonda Sho’rolar hukumati tashkil topishi va yangi davlat tarixi
bilan bog’liq manbalar, Sovet hokimiyatining dekretlari, Sovetlar syezdlarining qarorlari, partiya
tashkilotlarining hujjatlari manba sifatida. Turkistonda muxtoriyatchilik va istiqlolchilik harakati
tarixiga oid hujjatlar tarixiy ahamiyati. O’rta Osiyoda milliy chegaralanish siyosati tarixiga oid
hujjatlar, O’zbekistonning 1925-1941 yillardagi tarixini yorituvchi manbalar; qatag’onlar tarixi aks
etgan hujjatlar, 1941-1945 yillar urushi tarixiga oid materiallar, O’zbekistonning 1945-1991
yillardagi tarixiga oid statistik to’plamlar va ish yuritish hujjatlarining tarixiy ahamiyati. O’zbekistonning mustaqillik yillari tarixiga oid manbalar. Mustaqil O’zbekiston davlatining tashkil topishiga oid tarixiy materiallar. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni nashrlari,
O’zbekiston Oliy Majlis hujjatlari muhim tarixiy manba. Mustaqillik davri turli hujjatlari,
statistik ma’lumotlar, nashr materiallari, matbuot materiallari va boshqa ma’lumotlar tarixiy
manba sifatida. Tarixiy manbalarni o’rganish yuzasidan hukumat rasmiy hujjatlari. Tarixiy
manbalarni to’plash va saqlash muammolari.