2 Dastur 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo’yicha) magistratura mutaxasisliklariga kiruvchilar uchun 5120300 – Tarix


Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix24.05.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
13 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi 
Tadqiqotlarda Amir Temur shaxsi va uning siyosiy faoliyati masalalarining yoritilishi. XIX 
asr oxiri - XX asr boshlari, Mustaqillik yillarida Amir Temur va temuriylar, temuriylar davri 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti masalalarining yoritilishi. Temuriylar davrida 
yaratilgan tarixiy asarlarning o’rganilishi. Temurshunos olimlarning ilmiy faoliyati. Xorijiy 
davlatlarda temuriylar davriga oid tadqiqotlar.
XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xonliklari tarixshunosligi 
O’rta Osiyoda mahalliy tarixnavislikning shakllanishi va asosiy yo’nalishlari. XVI-XIX 
asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo tarixshunosligining o’ziga xos xususiyatlari. Tarixiy 
tadqiqotlardagi yondashuvlar. 
XVI-XIX asrning birinchi yarmida Yevropada O’rta Osiyo haqidagi tarixiy geografik 
tadqiqotlar. 
O’rta Osiyo xonliklarining tashkil topishi, ma’muriy hududiy tuzilishi, boshqaruv tizimi, 
hukmron sulolalar. Xonliklar tarixining asosiy bosqichlari.
Rossiya imperiyasining Qo’qon, Buxoro va Xiva xonliklariga harbiy tajovuzi. Qo’qon 
xonligining tugatilishi. Buxoro va Xiva xonliklari siyosiy qaramlik davri tarixshunosligi.
Vatan tarixshunosligida O’rta Osiyo xonliklarini o’rganishning asosiy bosqichlari. Tarixiy 
tadqiqotlarda xonliklar haqidagi bilimlarning aks etishi va ularga sovet mafkurasining ta’siri.
Mustaqillik davri tarixshunosligida xonliklar tarixiga yangicha yondashuvlar va ularning 
nazariy-konseptual, metodologik asoslari. Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan O’rta Osiyo 
xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot masalalarining o’rganilishi.
XIX-XX asrning boshlarida O’rta Osiyo tarixining o’rganilishi 
Sharqshunoslarning O’rta Osiyoning qadimgi va O’rta asrlar tarixi, etnografiyasi, 
epigrafikasi va numizmatikasiga oid tarixiy asarlari. XIX-XX asrning boshlarida yaratilgan tarixiy-
etnografik asarlar.
Sharqshunoslar tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib 
olinishi masalalarining o’rganilishi. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri tarixshunosligi. 
Davriy matbuotda xonliklar hayotiga oid ma’lumotlar. “Туркестанский сборник” va statistik 
tadqiqotlarda Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari haqidagi ma’lumotlar.



Jadidlarining tarix, tarix fani va ta’limi hamda tarixshunoslik haqidagi dunyoqarashlari.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin