11-mavzu. Din madaniyat fenomeni (2 soat) Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojuylik tushunchalarining
mohiyati. Dinshunoslikning kategoriyalari. Qadimgi va milliy dinlarning tasnifi. Qur’on
va Hadislarda vijdon erkinligi haqidagi dastlabki g‘oyalar. Dunyo mamlakatlari va
o‘zbekistonda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod haqidagi qonun qabul qilinishining
ijtimoiy madaniy ahamiyati. Dunyo va o‘zbekistonda diniy ma’rifatni
takomillashtirishning yo‘nalishlari. Xalqaro diniy tashkilotlar va diniy uyushmalar
faoliyatining tasnifi. O‘zbekistondagi yangi diniy tashkilotlar. Diniy tolerantlik va
plyuralizm. Sekulyarizatsiya nazariyasi (davlat va din munosabatlari) va postsekulyar
konsepsiyalar.
12-mavzu. Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi (2 soat) Buddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi, asosiy ta’limotlari, oqimlari va
manbalari. O‘rta asrlarda Dzen buddaviylik ta’limoti. Hozirgi davrda buddaviylikning
rivojlanishi. O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari va hozirgi zamon.
Xristianlikning paydo bo‘lishi, asosiy yo‘nalishlari, ta’limotlari va manbalari. Hozirgi
davrda xristian dinining rivojlanishi va dunyo davlatlaridagi o‘rni. O‘zbekistonda xristian
dinining rivojlanishi tarixi va hozirgi zamon.
13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi (2 soat) Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit. Islom asoslari, oqimlari va
yo‘nalishlari. Islomning diniy huquqiy maktablari. Sovet Ittifoqida islom diniga
munosabat. Dunyo va o‘zbekistonda islom dinining mavqei. Qur‘on, sura va oyat
tushunchalarining ma’nosi. Hadis tushunchasining mohiyati. Hadislarning turlari va
tasnifi. Buyuk hadisshunoslar hayoti va ijodi. O‘zbekistonda hadisshunoslik rivoji.
Kalom falsafasi va fikh. Tasavvuf tushunchasining mazmun-mohiyati, tarixi va asosiy
g‘oyalarining tasnifi. Tasavvuf tariqatlari. Tasavvuf va hozirgi zamon.