Kirish Islom dini paydo bo’lmasdan oldingi arabiston



Yüklə 4,02 Mb.
səhifə1/3
tarix09.10.2023
ölçüsü4,02 Mb.
#153227
  1   2   3
O’rta Osiyoga Arablarning bostirib kelishi va islom dinining yoyilishi

  • Mavzu: O’rta Osiyoga Arablarning bostirib kelishi va islom dinining yoyilishi
  •  
  • Reja:
  • Kirish
  • Islom dini paydo bo’lmasdan oldingi arabiston
  • Islom dinining vujudga kelishi
  • Muhammad (s.q.v) va uning ta’limoti
  • Islom dini bilan bog’liq marosim va urf-odatlar
  • Xulosa
  • Kirish
  • Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa hristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Hozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni qariyib 1 milliard 200 million kishini tashkil etadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda.
  • Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistonida) paydo bo’lgan.
  • Islom- arabcha so’z bo’lib, mazmuni bo’ysunish, itoat etish, o’zini Olloh irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- “Islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko’pligi “musulmon” deb ataladi. Bu so’z hozir o’zbeklarda – musulmon, qirg’iz va qozoqlarda – musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi.
  • Umumiy tarzda, Islom – Olloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan ihlos qilmoqlik va Olloh buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir.
  • Islomning paydo bo’lishi VI asr ohirgi – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog’liq holda ro’y bergan.
  • Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug’larga bo’linib ketgan bo’lib, ular o’rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro’y berib turadi.
  • Ikkinchidan bu davrda Arabistonda ko’p Hudolilik dinlari mavjud bo’lgan.Asosan fetishizm – turli sanamlarga sig’inish hukmronlik qiladi. Har bir qabilaning o’z dini sanami bo’lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni Arablar vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib turishgan. Uchinchidan bu davrda Arab qabilalari o’rtasida Johiliya – bilimsizlik holati, jaholat hukmronlik qilardi. Y’ani arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi.
  • Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, xatti- harkatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg’usi yoqolgan edi. fohishalik bir kasbga aylangan edi. Ayollarga hayvonlardek muomala qilinardi. Go’dak qizlarni tiriklayin ko’mish odati kabi yomon illatlar bo’lgan.
  • Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, ahloqsizlik, zo’ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o’sha davrni haqli ravishda Johiliya davri deb atagan va undan qutilishning najot yo’li kerak edi.
  • Bunday holatlarga, ayniqsa bo’linib ketgan Arab qabilalari o’rtasidagi o’zaro nizo va urushlarga barham berish uchun siyosiy,iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. Bunga esa yagona Hudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo’lar edi.
  • Bu davrda Islomning paydo bo’lishi uchun g’oyaviy muhit ham yetilib borayotgan edi. Chunonchi haniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy harakati bunga yaqqol misol bo’la oladi. Haniflar Arab qabilalarini birlashitirish jarayonining g’oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka hudoga ishonishini va ko’p hudolikka e’tiqod qilishdan voz kechishni targ’ib qilardilar. Haniflar o’z targ’ibotlarida Arablarni og’ir ahvoldan qutqarish uchun haloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida habar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirardilar.
  • Shunday qilib bu davrda Arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni vujudga keltirish, yakka hudolikka o’tishga hijoz arablari ma’lum ma’noda tayyor edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o’z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islom dinining asoschisi Muhammad (s.a.v.)dir. Muhammad (s.a.v.) har tomonlama barkamol inson bo’lganlari u zotning shahsiy fazilatlari tufayli hijozliklarning harakati o’ziga hos hususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch Islomning vujudga kelishini eng muhim tarihiy voqealaridan biriga aylantirildi.
  • Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab qabilalarining yakka hudo – Olloh g’oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o’gli Muhammad nomi bilan chambarchars bog’liq.
  • Qur’oni karimda 25 nafar payg’ambarning nomi zikr etilgan. Muahmmad Olloh tomonidan odamlar orasidan tanlangan so’nngi payg’ambar sanaladi. Muhammad ibn Abdulloh (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tug’ilgan. Otasi Abdulloh Muhammad tug’ilmasdan ikki oy oldin 25 yoshida vafot etgan. Muhammad 6 yosh bo’ganida onasi Amina ham vafot etadi. Muhammadni bobosi Abd al-Mutallib o’z tarbiyasiga oladi. Ikki yildan so’ng bobosi ham vafot etadi. Sakkiz yoshli Muhammadni amakisi Abu Tolib o’z tarbiyasiga oladi. Abu Tolib tijorat ishlari bilan shug’ullanardi. Muhammad ham amakisi bilan tijorat ishlari bilan shug’ullangan. 25 yoshda Yamanga o’sha davrning badavlat ayoli Hadicha bilan uning mollarini sotishda ko’maklashish uchun boradi. Bu hamkorlik Muhammad bilan Hadichaning oila qurishiiga sabab bo’ladi. Ular 6 nafar farzand- ikki o’g’il va to’rt qiz ko’rganlar. Farzandlaridan faqat Fotima o’sib ulg’aydi, qolgan farzandlari bevaqt vafot etgan.
  • Muhammad amakisi Abu Tolibga yordam bo’lsin deb uning kichik o’g’li Alini o’z yoniga olgan va keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan.
  • Muhammad 40 yoshga borganida uning hayotida Payg’ambarlik davri boshlangan. Y’ani unga ilk vahiy kela boshlagan. Ana shu davrdan Muhammad Ollohning rasuliga – elchisiga aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi. Uning bir qismi Makkada (610-622), ikkinchi qismi Madinada (622-632) o’tgan.
  • Adabiyotlarda qayd etilishicha dastlabki vahiy ramazon oyining 26-sidan 27-siga o’tar kechasi kelgan. Shuning uchun bu kunni musulmonlar qadr, y’ani ilohiy qudrat kechasi sifatida nishonlaydilar. Ramazon oyini esa muborak deb biladilar. Kelgan vahiy Muhammad Payg’ambarni insonlarni johiliyadan qutqarish va Olloh ko’rsatgan to’g’ri yo’lga chaqirishga da’vat etadi.
  • Muhammad(s.a.v.) Makkaliklarni but va sanamlarga sig’inishdan qutqarish va yagona Olloh e’tiqodiga olib kirish uchun 3 yil yashirin ravishda harakat qildi. Bu davrda Islom diniga kirganlar 30 kishini tashkil etdi xolos. Birinchi bo’lib Bibi Hadicha , keyin amakivachchasining o’gli Haydar y’ani Ali, asrandi o’g’li Zayd ibn Horis islomga kirdi. So’ng Abu Bakr, az-Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abd ar Rahmon ibn Avf, Usmon ibn Affon va boshqalar islomni qabul qildilar. Shu tariqa Makkaliklar ikkiga ajralishdi. Bular Ollohning yakkaligiga ishonganlar- mo’min-musulmonlar va ishonmaganlar – mushriklar edi. Mushriklar Ollohni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, y’ani hudolar ko’p deb , turli sanam, tosh va hakazolarga, ko’plab hudolarga sig’inishdilar.
  • Mushriklar 23 yil davomida Muhammad(s.a.v.) targ’ibotlariga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar. Ular hatto Muhammad Payg’ambarni jismonan yo’q qilmoq payiga tushganlar.
  • 619 yilda avval amakisi Abu Tolib, keyin hotini Hadicha vafotidan so’ng mushriklar payg’ambarga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. U zot o’zga yerlardan tarafdorlar izlashga majbur bo’ldilar.
  • Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko’chdi. 622 yilda Makka zodogonlari bilan raqobatlashib kelayotgan Yasrib(Madina) dagi Abs va Hazraj qabilalarining vakillari musulmon jamoasini o’ziga qabul qilish , Muhammad(s.a.v.) ni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo’lishdi. Shu tariqa 622 yilda musulmonlar jamoasi Makkadan Madinaga ko’chadi. Buni tarihda hijrat- ko’chish deb yuritiladi.Musulmon yili Hijriy yil hisobi shu yildan boshlanishi rasmiy tan olingan. Ko’chib kelgan kishilar muhojirlar (ko’chib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Bu yerda Muhammad(s.a.v.) qisqa vaqt ichida tarqoq arab qabilalarini muhojirlar bilan birlashtirib bir jamoa – ummani tashkil etdi. Bu jamoa qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma’muriy va harbiy hokimiyat butunlay Muhammad Payg’ambar qo’liga o’tdi.
  • Madina atrofidagi barcha arab qabilalari bo’ysundirildi. Ayni vaqtda Madina va Makka o’rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi va Badr, Uhud, Handoq kabi janglar bo’lib o’tdi. Nihoyat Makka zodogonlari 628 yilda Muhammad(s.a.v.) bilan kelishishga majbur bo’ldilar. 630 yilda musulmonlar qushini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Ollohning elchisi deb e’tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. 632 yilda Muhammad oila a’zolari bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi. Mazkur Haj tarixda “vidolashuv haji” deb yuritilib, Muhammad hajga to’plangan 124 ming musulmonga harata tuya ustida o’tirib nutq so’zlangan. Bu nutq tarihda – “vidolashuv hutbasi” deb yuritilib, u nafaqat yig’ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga haratilganligi va insoniyat tarihida eng buyuk inqilib yasaganligi bilan ajralib turadi. Vidolashuv hutbasi jaholiyat davrining butun hurofatlarini, butun yomonliklarini, qon da’volarini, sudho’rlikni, qimor,fohishalikni, ayollarga nisbatan past nazar bilan qarashni o’rtadan barham toptirishda muhim rol o’ynaydi.
  • Muhammad Payg’ambar aytgan va’zalarining qisqacha mazmuni quyidagicha:
  • “Ey insonlar! So’zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman, balki bu sanadan keyin Siz bilan bu yerda yana bir bor birga bo’lolmasman.
  • “Ey insonlar”! ..Bu kuningiz (qurbon kuni) qanday muqaddas bo’lsa, bu oyingiz qanday muqaddas bo’lsa, bu shahrimiz (Makka) qanday muqaddas bir shahar bo’lsa, bilingizki, jonlaringiz, mollaringiz ham shu kabi muqaddasdir. Bularga qilingan har qanday tajovuz haromdir.
  • Ashobim! Hushingizni yig’ib oling! Bilingizki, zinhor-bezinhor mendan keyin eski adashuvga qaytib bir-biringizning bo’yningizni kesmang!
  • Ashobim! Eski Johiliyat davridan qolgan hamma qon da’volari batamom bekor qilindi.
  • Ashobim! Kimning yonida bir omonat bo’lsa, uni egasiga qaytarib bersin.
  • Ey Insonlar! Hotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shavqat, mehr ila muomalada bulingiz.
  • Arab Istilosining boshlanishi
  • VII asr boshlarida Arabiston yarim orolda yirik Arab davlati tashkil topgan. Arablar bu davrda o`zlarini ijtimoiy va madaniy jihatdan o`zgacha xalq sifatida ko`rsata bildi.Xijoz viloyati shaharlari Makka va Yasribda,vohada ilk fiodalizm munosabatlari bilan qurolik va patriarxallik belgilari ham mavjud bo`lib, ko`chmachi –arablar
  • urug`g` jamoa munosabatlarini o`z boshidan kechirar edilar.
  • Voha va shaharlar aholisi kam sonli bo`lgan va ular birg`biridan Arabiston Sahrosi tufayli ajralib turar edi,Jug`rofiy jihatdan qulay bo`lganni uchun qadimda Sharq va G`arbdagi turli mamlakatlar savdog`sotiq, iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatishga intilib keldi.Atrofda bo`layotgan barcha siyosiy voqiyalar arab halqlari taqdirigi tas`ir etmay qolmadi.Qabilalar ittifoqi mustahkam emas edi. Ular goh birlishib, goh parchalashib ketadi.Bu narsa arablar siyosati va diniy ta`limotida ham o`z aksini topdi.VIII asirgacha bozorlar,shaharlarda, dasht va vohalarda qadimiy arablarga xos turlicha diniy oqimlarni, xristianlikni, otashparastlikni targ`ib qilib o`zini payg`ambar sanagan ko`plab va`zxonalarni uchratish mumkin edi.
  • Arab qabilalarining birlashishi uchun intilishi turli qadimiy diniy topinishlarning markazlashuviga olib keldi.Kuchli urug` jamoalar ibodat xonasi va ular sig`inadigan xudolar jamiyatda yetakchi axamiyatga yega bo`la boradi.Ojiz qabilalar topishini va xudolari xaqida ta`limot yo`q qilindi.
  • Yirik savdo va madaniyat markazi bo`lgan Makka shahridagi Ka`ba machiti ulkan axamiyatga ega bo`la boshladi.Makkadagi hukumron qabilag` Qurayshlar “o`rtoqlik ”va savdo ittifoqini tuzishdi.makka atrofidagi sayl muqqadas sanaldi. Tez orada qurayshlar maka atrofidagi urug`, qabilalar uchun har yili ziyoratni tashkil etdi.
  • Makkada diniy e`tqodlarga shubxa bilan qarovchi kishilar paydo bo`la boshladi.Shulardan biri – Muhammad edi.U Hoshimiy qabilasidan chiqqan.Bu qabila Ka`baga kiritiladigan eshik kalitiga ega bo`lgan.
  • Erta yetim qolgandan sung,u chuponlik,keyinroq farmondor bo`ldi.25 yoshida boy beva xoting` Xadichaga uylanadi va savdo bilan shug`ilana boshladi.Payg`ambarlik faoliyatini u taxminan 610 yilardan yurita boshlagan
  • Avvaliga Muhammadning bu boradagi harakati qulabg` quvvatlanmadi.U va uning tarfdorlari quvg`inga uchrab habashiston shimolidan panoh topishga urinishdi,Xotini Xadicha va hoshimiy qabilasi yetakchilari vafotidan so`ng Muhammadning turmishi og`irlashib Madinaga ketishga majbur bo`ldi. Uyerda onasi tomonidan qarindosh qabilalar istiqomat qilar va hosildor yerlari tufayli uzaro janjalar bo`lib turar edi.
  • Muhammat bu ishda betarf hakam bo`lishga rozi bo`ldi hamda o`z tarafdorlarini Makkadan Madinaga ko`chira boshladi. Musulmon hijriy taqvimi ayni shu davrdan (622 yil.15 iyul`)qo`llana boshladi.
  • Muhojir Muhammad yangi ittifoq yetakchisi bo`lib qoldi.Boy savdogar Abu Bakr o`zining o`n yoshli qizi Oyshani ellik yoshli Muhammadga turmushga berdi.
  • Muhammad vafotidan sung (632yil) uning tomonidan tuzilgan ittifoq qabilalarini birlashtiruvchi yanada katta markazga aylandi. Madinadagi bu ittifoq boshida Ollohning noiblari,halifalar turar edi. Su`niy mazxabdagi musilmonlarda asosan ilk to`rt halifa alohida ahamiyatga ega.Bularg` Abu Bakr(632-634), Umar (634-644),Usmon (644-656)va Hazrati Ali vakiligini tan olishgan.
  • Halifalar yil sayin g`oya va e`tiqod sifatida islom ta`limotini mukkamalashtra bordilar.Ular himmati ila Madinada 114 suradan iborat “Quroni karm”tartib topdi.Xalifa Usmon davrida Muhammad ta`lim va o`gitlari 50 yili yozuvga tushirildi.
  • Yana bir muqqadas diniy kitob mavjud.Bu Muhammad payg`ambar hayoti,faoliyati va ugitlari haqidagi xadislardan iborat.hadislar to`plami IX asrda vatandoshimiz –Buxoriy va Muslim kabi muhandislar tomonidan amalga oshirilgan.
  • Muhammad Sollolohu alayxi vasallam vorislari xalifa Abu Bakr,Umar va Usmon avvalgi qushni qabilalarni, so`ngra O`rta dengiz va Osiyodagi baz`i mamlakatlarni fath etdilar va birlashtirdilar islom dini VIIIg`Ixasr davomida Eron , Shimoliy Xindiston va O`rta Osiyoga tarqaldi. X-XV asrlarda esa arab, hind va o`raosiyolik savdogarlar orqali u bug`or ,qipchoqlarga yetib bordi.Shimoliy Kavkaz,Sibir` va keyinroq Oltin O`rdaga kirib keldi.
  • Shialardan yana bir oqim ismoiliylar ajralib chiqib, u Avg`onistonning tog`li hududlari va Badaxshonda qaror topdi, ismoillik talimoti,hususan ulardan ajralib chiqqan qarmatlar islom diniga nisbatan oppazitsion munosabatida bo`ldi,Qaramat mazxabi XI asirga qadar mavjud edi. 650 yilda Arablarni Sug`diyona,Tohiriston,Hoayezming hosidor yerlari o`ziga jalb etdi. Avvaliga ular Xurosanda talonchilik yurishini boshladi.Chunki lashkarboshining qarorgoxi Marvda yedi.
  • Arab xarbiy qushinlari yengil va og`ir otliqlar,asosan kuchmachi, piyoda qo`shinlar zabt etilgan halq vakilaridan to`planar edi.
  • Arablarni O`rta Osyoning boyligi juda qiziqtirgan.Amudaryo ortiga birinchi bulib Ubaydulloh ibn Ziyod yurish boshladi,UAvval Poykentni egalladi Buxoroga utib uning hukumdori ustidan g`alaba qozondi.
  • 676 yili said ibin Usmon Buxoro va Sug`diyona shaharlarga yurish boshladi. U Buxoro va unga kelgan Sug`diyona, Kesh,nasaf harbiy qushinlarini mag`lubiyatga uchratdi.Buxoro Hokimi o`lpon tulashga va shoh avlodlariga uchratdi.Buxoro hokimi o`lpon to`lashga va shoh avlodlaridan 80 kishini garovga berishga majbur buldi.
  • Movarounnahrda arablarga qarshi harakatlar.
  • O`rta asr tarixchi olimi Abu Ja`far at-Tabariyning yozishicha, Movarounnahr hududida uyushgan holda arablarga qarshi kurash olib borishga harakat qilingan. Arablar yurishlardan so`ng o`lja bilan Marvga qaytishganida o`rtaosiyolik shohlar Xorazm yaqinida yig`ilib, bir-biriga hujum qilmaslik haqida majburiyat olishar edi.
  • Abul Hasan al-Balozuriy VII asrning 80-yillaridagi arablarning yurishlari haqida yozar ekan, Movarounnahr hududida o`troq aholi bilan birga Choch yaqinida, Yettisuvning Talas va Chuv vodiysida yashovchi ko`chmanchi turklar, Ili daryosi havzasida va irtishdan g`arb tomonda yashovchi turgeshlar; Farg`ona va Toharistonda yashovchi qarluqlar ham arablarga qarshi kurashdilar. Zarafshon vodiysida, Buxoro bilan Samarqand oralig`idagi hududda yashagan turkiy xalqlar ayniqsa katta kuch edi.
  • Arablar bilan zabt etilgan xalqlar o`rtasidagi qarama-qarshiliklar bir qator jiddiy qo`zg`olonlarga olib keldi. V. V. Bartol`dning yozishicha (“O`rta Osiyoda arab istilosining tarixiga oid”), arablar bilan G`urak so`g`dliklari o`rtasidagi keskinlik Samarqand qamal etilishidan oldin boshlangan edi. At-Tabariy ham shunday ma`lumot keltiradi.
  • Samarqand rustoqlari (Qishloq mavzelari) ning arablar tomonidan fath etilishi, 720-721-yillarda u yerlarga arablar hamda Bakr ibn voil qabilalarining ko`chirilishi ham mahalliy aholining qarshiligiga sabab bo`ldi.
  • Xuroson hokimi al-Jarroh (Qutaybadan so`ng) mamlakatni faqat qilich va qamchi bilangina boshqarish mumkin, deb hisoblardi. At-Tabariyning yozishicha, Samarqand aholisi Xuroson va Movarounnahrda boshqaruvga homiylik qilib turgan xalifa Umar II ga shikoyat xati yubordilar. Islom dinini qabul qilganlarning barchasidan xiroj olmaslik tadbirini Umar II murosaga keltirish siyosati deb bildi. Zarafshoning manbaida, Mug` tog`idagi (Tojikistonda) qal`ada 1933 yili topilgan xujjatlarda 720-721 yillarda Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qilgan sug`dliklarning arablarga qarshi qo`zg`oloni haqida ma`lumot keltiriladi. Xurosonning yangi noibi Said ibn Amr al-Xarashiyning keskin tadbirlari tufayli sug`dlik aslzodalar orasida mamlakatni tark etib, Farg`onaga ko`chib ketish harakati boshlandi. Ularni Xitoydan ko`p mol bilan qaytgan 400 sug`dlik savdogarlar, Ishtixon, Sabasket va Sug`diyonaning boshqa yerlaridagi aslzodalarning barchasi “oltin qayishli kishilar” qo`llab-quvvatlashdi.
  • Zamindorlar o`z sipoh va oilalari bilan to`planib yo`lga chiqishdi, 10 mingdan ziyod kishi ko`chdi. Ko`chmanchilar Xo`jandga yetib kelishganda Farg`ona hokimi shaharga joylashtirolmay, Isfara tumanini tafsiya etdi. Divashti boshchiligidagi aholi va sipohlarning boshqa qismi Zarafshon bo`ylab tog`lar orqali Abgar (yoki Abargar) qal`asidan yuqori tomonga yo`l olishdi. Ko`chmanchilar hali Isfaraga yetib ulgurmasidanoq Al-Xarashiy yuborgan arab qo`shinlari Xo`jand tuprog`iga oyoq qo`ydilar.Arablar Xo`jand shahri atrofini o`rab, uni qamal qila boshlashdi.
  • Farg`ona hokimi yordam bera olmadi. Shunda sug`diyonaliklar sulh tuzishni so`rashdi. Arablar sug`dliklar uylariga qaytishini, xiroj to`lashini, asirga olingan arab ayollarini qaytarib berilishini talab qilib, shu shartlar bajarilsagina tinchlik sulhi tuzulishiga rozi ekanliklarini aytishdi. Sug`dliklar bu shartlarni qabul qilishganlarida arablar ularni aldashdi va deyarli hammalarini qirib tashlashdi.Ayni vaqtda Xo`jand mulkdorlari ham qirib yuborildi. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra uch ming, boshqa ma`lumotlarga qaraganda yetti ming kishi qurbon bo`ldi.
  • At-Tabariyning ta`kidlashicha, mulkdorlarning bo`yinlarida muhrlik qog`oz osilib turardi. Bu shundan dalolat beradiki, arablar juz`ya va xiroj to`lovchilar bo`yniga muhr osishdek ayanchli udumni O`rta Osiyoda erta joriy etishgan.
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin