2. Hozirgi zamon psixologiyasining vazifalari


Psixologiya fani sohalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 110,78 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü110,78 Kb.
#202391
1   2   3
psixologiya tarmoqlarining ahamiyati

Psixologiya fani sohalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari


Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va amaliy yutuqlari atrof-muhitga hamda jamiyatning juda keng sohalarida tatbiq qilinmoqda. Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo’lishda aniq, yaqqol faoliyatning psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati va taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda uning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga biroz to‘xtalib o‘tamiz.
Umumiy psixologiya — bu umumiy psixologik qonuniyatlarni mexanizmlar, murakkab ichki bog‘lanishlar, nazariy va metodologik prinsiplar, ilmiy-tadqiqot metod- lari, psixikaning filo va ontogenetik o‘zgarishlari, ilmiy tushuncha va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq qiladigan soha. Umumiy psixologiya degan nom ham boshqa sohalarda bo‘lgani kabi shartli ravishda qabul qilingan. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalari, kategoriyalari(shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalardagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish lozim. Aytish joizki, umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-tipologik xususiyatlarni:

  1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni.

  2. Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish kabilarni.

  3. Hissiy jarayonlar: his-tuyg‘ular, emotsiya, kayfiyat, emotsional ton, stress (zo‘riqish), affekt (jazava) singarilarni o‘z ichiga oladi.

Eksperimental psixologiya — eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish asosiy rol o‘ynagan. XIX asrning o‘rtalarida psixologik hodisalar yuzasidan ilk bor amaliy eksperimental psixologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementar funksiyalarni o‘rganish ilk bor sezgi va idrokni o‘rganish bilan boshlangan. Bu tadqiqotlar eksperimental psixologiyaning falsafa va fiziologiyadan ayrim holda mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va obyektiv shart-sharoit yaratib bergan. Eksperimental psixologiya fan sifatida ajralib chiqishiga V.Vundt o‘zining katta hissasini qo‘shgan. 0‘zini o‘zi kuzatish metodi yordami bilan ilk eksperimental tadqiqotlar insonning ichki funksiyalarini o‘rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimentlar turli hayvonlarda o‘tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko‘pchiligi T.L.Morgan, E.L.Torndayklar tomonidan olib borilgan edi. Eksperimental tadqiqotlar orqali faqat psixik funksiyalargina emas, balki hissiyotlarning individual variantlari ham tekshirilgan. Demak, eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari psixologiya sohalarining nazariyasiga ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat psixologiyasi — insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladi. Mehnat psixologiyasini
G.Myunsterbergning „Psixologiya va ishlab chiqarish unumdorligi― (1913) va „Psixotexnika asoslari― (1914) kitoblari chiqqan davrdan boshlab alohida soha sifatida e’tirof etib kelinadi. Mehnat psixologiyasining asosiy vazifasi ishlab chiqarish munosabatlarini ijobiylashtirish, mehnatkashlarga zarur shart-sharoit yaratib berish, kasbiy kasalliklarning, ishlab chiqarishda jismoniy falokatlarning, psixologik zo‘riqishlarning oldini olishdir.
Aviatsiya psixologiyasi — aviasanoat va aviaxizmatchilarning mehnat faoliyatida kechuvchi psixologik jarayonlarni o‘rganadi. Aviatsiya psixologiyasining predmeti murakkab aviatsiya tizimini boshqarishdagi inson psixikasining rolini tekshirishdir.
Aviatsiya psixologiyasi soha sifatida uchuvchi qurilmalar yaratilishi vaqtidan, ya’ni XIX asr oxiri va XX asrning boshlaridan vujudga kelgan.
Muhandislik psixologiyasi — inson va mashina o‘rtasidagi munosabatni, insonga
mashinaning psixologik ta’sirini va insonning mashina bilan munosabati jarayonining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasidir.
Kosmik psixologiya — vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ololmaslik sharoitida,
organizmga juda ko‘p ortiqcha taassurotlar ta’sir o‘tkazgan paytda ro‘y beradigan nerv- psixologik zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda, kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasidir
Ekstremal psixologiya — bu insonning muhit o‘zgar- gan shart-sharoitlarda psixik faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Ekstremal sharoitda insonga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, monotoniya, makon o‘zgarishi, xavf omili, vaqt, shaxsiy ahamiyatga molik axborotning o‘zgarishi, yolg‘izlik, guruhiy izolatsiya va hayotiy xavf. Bunday ekstremal sharoitga inson moslashuvining biologik vazifasi, ekstremal sharoitda ishlovchilarni tanlab olish (kosmos, arktika, yong‘in sharoitlar uchun va hokazo), mashq qildirish, trening o'tkazishdan iborat.
Pedagogik psixologiya — ta’lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasidir. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy, ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — o‘qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini, shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta’sirida vujudga kelgan. Pedagogik psixologiyani shartli ravishda bir necha turga ajratish mumkin:

  • ta'lim psixologiyasi – didaktikaning, xususiy metodikaning, dasturlashtirilgan o'qitishning, aqliy harakatlarni shakllantirishning psixologik asoslari va boshqalarni o'rganadi;

  • tarbiya psixoiogiyasi – tarbiyaning psixologik asoslarini (o'quvchilar jamoasi psixologiyasi, axloq tuzatish - mehnat pedagogikasining psixologik asoslarini) o'rganadi. Shuningdek, o 'qituvchi psixologiyasi, aqli zaif bolalarni o 'qitish va tarbiyalash psixologiyasi pedagogik psixologiyasining bo'limlari yoki tor sohalari hisoblanadi.

Tibbiyot psixologiyasi— kasallarning davolanishi, gigiyena, profilaktika, diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohalaridan iborat. Tibbiyot psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasallikning kechishi, ularning shaxs psixologiyasiga ta’siri qonuniyatlari, insonning kasaldan sog‘ayishiga mikrosotsial guruhning ta’siri o‘rganiladi. Tibbiyot psixologiyasi o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni qamrab oladi:

  • neyropsixologiya – psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o'rtasidagi nisbatni o'rganadi;

  • psixoformakoliya – dorivor moddalarning kishining psixik faoliyatiga ta'sirini o'rganadi;

  • psixoterapiya – bemorni davolash uchun psixik ta'sir ko'rsatish vositalarini o'rganadi;

  • psixoprofilaktika – bemorlarni davolashda psixik jihatdan salomatligini ta’minlash chora- tadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.

Bulardan tashqari tibbiyot psixologiyasiga klinik psixologiya, patopsixologiya, psixogigiyena, somatopsixologiya kabi bo‘limlar ham kiradi.
Yuridik psixologiya — huquq doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini
huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohadir. XX asrning boshlarida eksperimental psixologiya ta’siri ostida yuridik psixologiya sohasida ham ilk laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazila boshlandi. U quyidagi sohalarga bo’linadi:

  • sud psixologiyasi – jinoyat protsessi ishtirokchilari xulq-atvorining psixik xususiyatlarini (guvohlik ko'rsatrnalarining psixologiyasi, ayblanuvchi xulq-atvorining xususiyatlari, tergovga qo'yi-ladigan psixologik talablar va shu kabilarni) tadqiq qiladi;

  • kriminal psixologiya – jinoyatchining xulq-atvori, shaxsning shakllanishiga doir psixologik muammolar, jinoyatning motivlari va shu kabilar bilan shug'ullanadi;

  • penitensiar – ishontirish va majburlash usullari bilan to'g'ri yo'lga solishning psixologik muammolarini va shu kabi masalalarni o'rganadi.

Harbiy psixologiya – kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvorini, boshliqlar va xodimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning psixologik jihatlarini, psixologik tashviqot va tashviqotga qarshi metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini va shu kabi boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Sport psixologiyasi — sport musobaqalari va mashq qilish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Mazkur soha XX asrning 60 — 70-yillarida jadal rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning individual psixologik farqlarini o‘rganishga qaratildi. Hozirga kelib esa sport psixologiyasi o‘rganayotgan muammolar ko’lami kengaydi. Shu bois uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdan hamda sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga psixologik yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qoldi.
Savdo psixoiogiyasi – asosan tijorat ta'sirining psixologik shait-sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko'rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi va boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Ijod psixologiyasi — badiiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda, ularning yangi ko‘rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlarni inson tomonidan idrok qilishda kechadigan psixologik holatlar hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga ta’sirini organuvchi psixologiya sohasidir. Ijod psixologiyasi bir tomondan psixologizm ta’sirida, ikkinchi tomondan esa aksilpsixologizm iskanjasida rivojlanadi.
Bugungi kunda san’at psixologiyasi o‘z tadqiqot predmeti va obyektiga egadir, bular: ijod psixologiyasi, san’at psixologiyasi, badiiy tarjima psixologiyasi, badiiy ijodiyot psixologiyasi, xalq amaliy san’ati psixologiyasi, badiiy me’morlik psixologiyasi va boshqalar.
Yosh psixologiyasi — shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson tug’ilganidan to umrining oxirigacha bo‘lgan davrni, ya’ni ontogenezni organadigan psixologiya sohasidir. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo‘lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat talabi asosida bolalar psixologiyasi taraqqiyotida qo‘llanilgan.
Yosh psixologiyasi hozirda quyidagi sohalarni o‘ziga qamrab olgan:

  1. Bolalar psixologiyasi.

  2. 0‘smirlar psixologiyasi.

  3. 0‘spirin yoshlar psixologiyasi.

  4. Yetuklik psixologiyasi.

  5. Katta yoshli kishilar psixologiyasi.

  6. Geranto psixologiya (qariyalar psixologiyasi).

Maxsus psixologiya — psixik normal rivojlanmagan, tug‘ma yoki keyinchalik orttirilgan nuqsonlar va yetishmovchiliklar ta’sirida bo‘lgan insonlarning psixologiyasini tadqiq qiladi. Uning bir necha bo’limlari mavjud:

    • patopsixologiya — kishi rivojlanishi jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turlicha kechishi, psixikaning tamoman izdan chiqishi hollarini o‘rganadi;

    • oligofrenopsixologiya — psixik rivojlanishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan bog’liq patologiyasi to‘g‘risida tadqiqot ishlarini olib boradi;

    • surdopsixologiya — quloq eshitishning butunlay kar bo'lib qolgunga qadar jiddiy kamchiliklari, nuqsonlari bilan shug‘ullanuvchi, bolani voyaga yetkazishning omilkor yo’l-yo‘riqlarini topuvchi, korreksion — tuzatish ishlarini olib boruvchi sohadir;

    • tiflopsixologiya — xira ko‘ruvchi va mutlaqo ko‘zi ojiz odamlarning psixologik rivojlanishini tadqiq qiluvchi sohadir. Maxsus psixologiyaning yana o‘ziga xos tor bo'limlari mavjud bo‘lib, insonlarning kasalligini, nuqsoni, aql-idrok darajasini nutq faoliyati patologiyasiga binoan tadqiqot ishlarini olib boradi.

Qiyosiy psixologiya — psixologiyaning murakkab bo’limlaridan bo‘lib, u psixikaning filogenetik holatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladi. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixikasi odamlarniki bilan qiyoslanadi, ular xulq-atvoridagi o‘xshashlik va tafovutlarning sabablari tekshiriladi, harakatlantiruvchi kuchlar, ta’sir o‘tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi. Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bir bo‘limi hisoblanib, u turli guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-harakatlarini o‘rganadi. Ekologiya — biologik va psixologik jabhalar qorishmasidan iborat bo‘lib, hayvonlarning xatti-harakatidagi tug‘ma alomatlar, mexanizmlar insonniki bilan umumiy negizga ega ekanligini o‘rganuvchi sohadir.
Differensial psixologiya — shaxslar o‘rtasidagi tafovut va farqlarni hamda guruh a’zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasidir. Differensial psixologiyaga F.Galton asos solgan bo‘lib, u kishilarga xos individual farqlarni statistik tahlil qilish uchun bir qancha usul va asboblar yaratgan. Differensial psixologiya atamasini nemis psixologi V.Shtem o‘zining „Individual farqlar psixologiyasi― (1900- yil) asarida qo‘llagan. Differensial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri — testdir Hozirgi kunda differensial psixologiya diagnostika, prognostika metodlari yordami bilan shaxslarni qobiliyatiga qarab tanlashda ilmiy prinsip va qonuniyatlarga asoslanadi.
Psixofiziologiya — odamlarning individual psixologik va psixofiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o‘rganuvchi sohadir. Hozirda amalda diffe- rensial psixofiziologiya atamasi mavjud bo‘lib, bu atamani 1963- yilda V.D.Nebilisin fanga olib kirdi. Psixofiziologiyaning ikkita asosiy tadqiqot yondashuvi mavjud, bular:
a) mustaqil amaliy tadqiqotlarda olingan fiziologik va psixologik natijalarni o‘zaro solishtirish, qiyoslash; b) biron-bir faoliyatda fiziologik funksiyalar o‘zgarishini o‘rga-
nishdan iborat.
Ijtimoiy (sotsial) psixologiya — odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy-psixologik qo- nuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiladi. XIX asrning ikkinchi yarmida sotsial psixologiyani fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan sotsial psixologiya 1908- yildan e’tiboran alohida fan sifatida tan olingan. Bunga angliyalik psixolog U.V.Makdugall va amerikalik sotsiolog E.Rosslarning tadqiqot natijalari asos bo‘lib xizmat qildi. Chunki bu ishlarda „sotsial psixologiya― atamasi qo‘llanilgan edi. Urushdan keyingi yillarda AQSH va boshqa mamlakatlarda sotsial psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish keng yoyildi. Sotsial psixologiya quyidagi sohalarni qamrab oladi:

    • din psixologiyasi,

    • oila psixologiyasi,

    • muomala psixologiyasi,

    • kichik guruh psixologiyasi,

    • katta guruh psixologiyasi,

    • modalar psixologiyasi,

    • insonni inson tomonidan idrok qilish psixologiyasi,

    • etnopsixologiya va boshqalar.

Din psixologiyasi — psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy ong bilan shartlanganligini, dinning insonga ta’sirini o‘rganuvchi sohadir. Din psixologiyasi XIX asr oxiri, XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an’analarni, rasmrusumlarni bajarishdagi hissiy holatlarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Diniy psixologiyani o‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.

  1. umumiy nazariya: diniy ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati;

  2. din psixologiyasi differensiatsiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shakl- langan ong va hissiyot tadqiqoti;

  1. diniy guruh psixologiyasi;

  2. diniy rasm-rusumlar psixologiyasi;

  3. hurfikr- lilik ta’limi psixologiyasi va boshqalar.

Siyosiy psixologiya — bu jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir o‘tkazish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi hisoblanadi.
Oila psixologiyasi — oila psixologiyasini o‘rganuvchi fanlararo tadqiqotlarni amalga oshirishni o‘ziga maqsad qilib olgan. Oila psixologiyasi oilaning psixologik muammolarini o'rganadi, u oilaga ta’sir qiluvchi omillarni, oila har bir a’zosining o‘rnini belgilashni, er-xotin munosabatini, shaxslararo munosabatni, yosh xususiyatlarini, jinsiy tafovutlarga muvofiq muloqotga kirishish kabilarni o‘rganadi.
Boshqaruv psixologiyasi — jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar, guruhlar va jamoalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bilan bogliq bo‘lgan nazorat, baholash, mu- nosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakterini, qobiliyati xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Fan psixologiyasi — ilmiy-tadqiqot o‘tkazishning samaradorligini oshirish uchun psixologik ta’sir omillarini o‘rganadi. Fan psixologiyasi fanga oid boshqa sohalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarishda, ilmiy markazlarda ijtimoiy va individual xususiyatlarga ega bo‘lgan psixologik qonuniyatlarni tadqiq qiladi, insonning ijtimoiy qobiliyatlari, aqliy imkoniyatlari hamda ulardan unumli foydalanish omillarini kuzatib, tekshirib boradi. Kashfiyotlarni amalga oshirilish negizlarini, mexanizmlari, shartsharoitlari va unda inson omilining o‘rni kabi holatlarni o‘rganadi.
Kompyuterlashtirish psixologiyasi — kompyuterning ishlab chiqarishdagi o‘rni, psixik
aks ettirishga ta’siri, shaxs tuzilishining o‘zgarishini o‘rganuvchi sohadir. Mazkur soha kompyuter va inson o‘rtasidagi uzviy munosabatni ham tadqiq qiladi, natijada „texnika — inson — texnika― o‘zaro ta’siri mexanizmini o‘rganadi va tekshiradi hamda zarur jabhalarning o‘zaro ta’sirini aniqlaydi.
Parapsixologiya — hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi. Ekstrosensorika — о’tа sezuvchanlik, telepatiya — fikrni masofaga uzatish, kelajak haqida bashorat qilish va hokazo. Parapsixologiyaga qiziqish qadimdan mavjud bo‘lib, unga ixlos to hozirgi kungacha kamaygani yo‘q, goho uni psixotronika deb atashadi. Xiromantiya — inson kelajagi va uning taqdiri haqida oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha.
Spiritizm — o‘lgan odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o‘rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va biz bilan muloqotga muhtoj degan g‘oyani ilgari suruvchi parapsixologiya sohalaridandir.
Injenerlik psixologiyasi – avtornatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, operatorlarning faoliyatini o'rganadigan, odam bilan mashina o'rtasida vazifalarni taqsimlash va muvofiqlashtirish hamda shu kabi boshqa muammolarni hal etadi.
Boshqa fanlarni o‘rganish kabi, psixologiyani o‘rganishning ham, avvalo, bilish,
ma’lumot olish uchun ahamiyati bor. Biz psixologiyani o'rganib, voqelikning g‘oyat katta va sifat jihatdan o'ziga xos sohasi — psixik hayot sohasi haqida bilim olamiz. Odam tevarakatrofdagi dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida qoldiradi, qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u qanday hislarni ko‘nglidan kechiradi, odam tevarak-atrofdagi dunyoni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish ko‘radi — psixologiyani o'rganish bilan ana shu masalalarni bilib olamiz.
Psixologiyani o'rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil
hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga odam aqlini ham o‘stirishga yordam beradi. Odam aqlini o'stirish, jumladan, yangi bilimlar va ko‘nikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni to‘g‘ri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, o‘z fikrlarini nutqda to‘g‘ri ifodalay bilish va boshqalarning nutqini to‘g‘ri tushuna bilishda ham o‘z ifodasini topadi. Albatta, har bir fan bilan shug‘ullanish odamni kamolga yetkazadi. Ammo psixologiya bu sohada alohida o‘rin tutadi. Odam psixologiyani o‘rganar ekan, avvalo o‘z aql- idrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e’tibor beradi, aqlning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o‘z aql-idrokining ko‘proq o'sishiga yordam beradi.
Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlarni egallash shaxs dunyoqarashining shakllanishida katta ahamiyatga egadir.
Psixologiyani bilish, psixikani chinakamiga ilmiy asosda tushunish kishilar ongidagi har xil diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Odam psixologiyani o‘rganar ekan, o'zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo‘lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o‘zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Psixologiyaning bilish, ma’lumot olish ahamiyati shulardan iboratdir.
Shu bilan birga psixologiya fani kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida — ta’lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san’at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir.
Pedagogik faoliyatga, ya’ni yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta.
Pedagog o‘quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan, shu materialni bolalar qanday o'zlashtirayotganini — ko‘ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab qolayotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat-e’tibor, hissiyot qanday namoyon bo‘layotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro‘y berayotganini bilish lozim. Shu sababli, biz kabi yosh pedagoglar psixologiya fanini chuqur o’rganishimiz zarur.
Umuman, psixologiyaning har bir sohasi insonlar hayotida katta ahamiyatga egadir. Shuningdek, psixologiya fani bir qancha fanlar bilan yaqin aloqada, jumladan falsafa, pedagogika, tabiatshunoslik, shuningdek barcha tabiiy-ijtimoiy fanlar bilan ham bog'liq. Psixologiya, bir tomondan, falsafa, ikkinchi tomondan, tabiiy fanlar, uchinchi tomondan esa ijtimoiy fanlar o'rtasida joylashgan oraliq mavqega ega bo'lgan fandir.
Xulosa qilib aytganda, psixologiya o'zining barcha sohalarida o'z tadqiqot predmetini, nazariy prinsiplarini, saqlab kelayotir. Hozirgi davrda psixologiya sohalarining kengayishi psixologik bilimlardan ijtimoiy turmushda, ishlab chiqarishda, tibbiyotda, ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish fanimiz mavqei va nufuzini yanada oshirmoqda.
Yüklə 110,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin