2 I. Bob. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning asosiy yo’llari


II. Bob. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 90,48 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü90,48 Kb.
#207496
1   2   3   4   5
Iqtisodiyot praktikum

II. Bob. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari
2.1 O’zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni va vazifalari
Konsepsiya muallifi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qayd etgan ediki, «O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini varatish uchun zamin vo'q emas. Sharqda odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Shu boisdan. bu verda bozor sharoitida rivoilanishning o'z tarixiv tairibasi mavjud'». Muallif xalqimizning o'z milliy tarixiy tajribasiga asoslanib, o'zining besh tamoyilini yaratdi. Su tamoyillar iqtisodiyot ta'limotlar tarixiga haqiqatdan ham yangilik bo'lib kirdi. Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham «Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqargan Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi xulosaga keldi.
Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa, mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo etadi. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa yengil vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot tayyorlavdigan. Ilg'or texnologiva bazasi bilan jihozlangan zamonaviy korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish vo'lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. respublikaea vangi texnologiva va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki investitsivalarni ko'pavtirdik. Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda...I». Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir. Davlat bosh islohotchi bo'lishligj tamovili. Bu tamoyil, awalo, umumbashariy qadriyatlardan kelib chiqadi. Zero Birinchi Prezidentimiz I. Karimov «O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli risolasida yozganidek, jahon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo'li bilan tartibga solib turish zarurh'gini ko'rsatdi; buning ustiga torn ma'noda o'zini o'zi tartibga solib turadigan bozor yo'q, hamma davrlarda davlat o'z mavqeyiga ko'ra iqtisodiyotga ta'sir etib kelgan. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tish barcha mamlakatlarda bir xil kechmaganidek, davlatning yetakchilik roli ham har xil kechadi. O'zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini quradi, bunda davlat tartibga solib turuvchi rol o'ynashi muqarrardir.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya muallifi birinchi prezidentimiz I. Karimov bir qancha dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo'jalik tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki tamomila yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli infrastruk-turani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi.
Qonunning ustuvorligi., hamma uchun tengligi tamoyili. Birinchi Prezidentimiz o'zining Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi «Adolat-qonun ustuvorligida» nomli ma'ruzasida uqtiradiki, «biz tanlagan taraqqiyot modeli bozor iqtisodiyotiga tayangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan yangi hayot barpo etish harakatidamiz», «bir tomondan, ko'p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy an'analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esa-jahon xalqlarining eng ilg'or tajribasiga» asoslanishi bilan birga qonunlar ustuvorligiga ham suyanadi.
Qonunlarning ustuvorligi tamoyili shuni bildiradiki, qabul qilingan Konstitutsiyamiz, barcha boshqa qonunlar hech istisnosiz hamma tomondan hurmat qilinishi va ularga rioya qilinishi kerak. Har bir fuqaro nafaqat qonunlar talabini bilishi, ularga so'zsiz amal qilishi, balki boshqalarning ham qonunlarga rioya qilishlarini nazorat qilmog'i demokratik jamiyat qurishning talabiga aylanadi. Qonunlarning ustuvorligini ta'minlash tamoyilining mohiyatini birinchi prezidentimiz I. Karimov yana quyidagicha izohlaydi: «Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash-bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi'». Kuchli ijtimoiy siyosat. Bu tamoyil Birinchi prezidentimiz Islom Karimov asarlarida nihoyatda mukammal va atroflicha ishlab chiqildi. «Aholining muhtoi tabaqalarini ijtimoiy himoyalash kechiktirib bo'lmaydigan. eng ustuvor vazifa. amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo'lib qoldi va shunday bo'lib qoladi» deganda uning ijtimoiy himova tamoyili o'z ifodasini topgan edi.Birinchi prezidentimiz I. Karirnovning ijtimoiy siyosat konsepsiyasida keng qamrovli himoya mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari asosan quyidagilardir: ijtimoiy himoyaning huquqiy bazasini yaratish, aholining nogiron, nafaqador, ko'p bolali va kambag'al oilalari, o'quvchi yoshlarga yordam berish, ish bilan vaqtincha ta'minlanmagan kishilarga nafaqa to'lash va ish joylari yaratish, ma'lum davrda narxlarning erkinlashuvini to'xtatib turish va asta-sekin bozor qonunlariga moslashib borishiga yo'l ochish, boqimandalik va tekis taqsimlash illatlarini batamom tugatish, pulning qadrsizlanishini to'xtatish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirib borish asosida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari ishlab chiqishga yo'naltirilgan iqtisodiyot barpo etish) va boshqalardir, Kuchli ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi ilmiy jihatdan muallifning boshqa sohalardagi iqtisodiy ta'limotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni, ya'ni bozor munosabatlarini O'zbekistonda barpo etish-saqlash ta'limotini shunday ta'riflaydi:i «Samarali ijtimoiv siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish. tarkibiy o'zgarishlar. bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari bilan uyg'unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiv sohaga yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo
etish mumkin».



Yüklə 90,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin