Mundarija Kirish……………………………………………………………………………………………………………….. 2 I. Bob. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning asosiy yo’llari……………………… 4 1.1 Bozor iqtisodiyotiga o’tiush davrining mazmuni…………………………………………. 4 1.2 O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari…. 7 II. Bob. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari …………………………………………………………………………………………………… 10 2.1 O’zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni va vazifalari…….. 10 2.2 Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonining mohiyati, tamoyillari va yo’nalishlari……………………………………………………………………………………………………. 13 Xulosa……………………………………………………………………………………………………………. 16 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………………………… 17
Kirish Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida juda ko’p qiyinchiliklarni boshdan o’tkazgan. Ma’muriy buyruqbozlik siyosati davrida O’zbekistonda iqtisodiyot juda yomon ahvolga kelib qolgan edi desam yanglishmagan bo’laman, chunki mamlakatimizda ma’muriy buyruqbozlik davrida aholining turmush tarzi juda yomon ahvolga kelib qolgan edi. Mamlakat faqat bir tarmoqqa qishloq xo’jaligiga iqtisoslashgan edi deb aytishim mumkin. Bunga asosiy sabablardan biri mamlakatimiz paxta va g’alla yetishtirishga mo’ljallangan edi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llarini va tamoyillarini ishlab chiqa boshladi. O’zbekistonni bu yo’lni tanlashidsan asosiy maqsad mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, mamlakatimizni jahondagi yetakchi mamlakatlar safiga olib chiqish hamda bozor infratuzilmasini yaxshilashni o’z oldiga maqsad qilib olgan edi.
Shuningdek bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlarini o’rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakmi yo’qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga bozor iqtisodiyoti tizimi afzal deb shu tizimga o’tishga qaror qilindi. Shu bois mamlakatimizda har tomonlama chuqur o’ylangan tizimni ishlab chiqish va uni iqtisodiyotga tadbiq etish mamlakatning eng muhim vazifasi hisoblangan. Shu munosabat bilan mamlakatimizning birinchi prezidenti I. A. Karimov bozor iqtisodiyotiga o’tishni quyidagicha ta’riflab bergan:
“Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tamonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besonaqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi.”-deb takidlab o’tgan mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov.
Bundan ko’rinib turibdiki: O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mamlakatno ham moddiy ham ma’naviy tomondan ham har tomonlaga bozor munosabatlariga qay darajada loyiq kelishi haqida ham chuqur mulohaza qilib ko’rgan. Shuningdek bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun maxsus o’tish davri zarur bo’lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O’tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari bayon qilinadi. Shuningdek, O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni, maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Bu mustaqil ishi bozor munosabatlariga o'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarini tahlil qilish bilan yakunlanadi.Shuningdek hozirgi davrda mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga qay darajada munosib yo’ldan ketayotganligini va bu bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mamlakatimizning kelajakda oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ham ushbu mustaqil ishida ko’rib chiqamiz.