2 i-bob. O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash


I-BOB. O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy



Yüklə 398,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix24.06.2023
ölçüsü398,89 Kb.
#134882
1   2   3   4   5   6   7
Abdurashid kurs ishi pdf variant

I-BOB.
O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy
himoyalash
1.1 Ishsizlikning sabablari va turlari.
Aholi va uning eng faol qismi bo'lgan mehnat resurslari
makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot aholi va mehnat
resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali
boshqarish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki,
mehnat resurslari va uning faol qismi bo'lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi
kuchlarning eng asosiy qismidir. Shu bilan birga mehnat resurslari bozor
iqtisodiyoti munosabatining tarkibiy elementlaridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda mehnat bozori, mehnatni
boshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste'molchilarning gorizantal
munosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning
barqarorligi kabi salbiy xodisalarning bo'lishi mumkinligini nazarda tutish zarur.
Umuman makroiqtisodiyotni mutassil o'sish sur'atlarini ta'minlash uchun
respublika aholisining o'sish sur'atlarini tartibga solish lozim. Aholining o'sishi esa
ish kuchining manbaidir.
Mehnot bozorida ham talab va taklif qonunlari amal qiladi. Buning
mohiyatini anglashdan oldin ish kuchini ish bilan bandlik kontsepsiyasini bilish
lozim. Ish bilan bandlikning klassik nazariyasini hozirgi mehnat bozoridagi raqobat
sharoitida 'talab va taklif'ning umumbashariy funktsiyasidan boshlanadi. Hozirgi
raqobat sharoitida ishbilarmonlar ish kuchidan shunday miqdorda
foydalanadilarki bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish xaqi bilan teng bo'lishi
yoki ish xaqqi xajmining puldagi ifodasi mehnatning yuqori maxsuli qiymatiga teng
bo'lishi kerak. Agar real ish xaqqi miqdori oshsa ishbilarmon ish kuchiga bo'lgan


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
4
talabni qisqartiradi, agar real ish xaqqi kamaysa ish kuchiga bo'lgan talab ortadi.
Bu yerda ishbilarmon shu yo'l bilan daromadning kamayishini muvozanatlashtiradi.
Ma'lumki klassik iqtisodiy nazariyada ish bilan to'la bandlik, bozor
iqtisodiyotining normasi eng yaxshi iqtisodiy siyosat deb esa davlatni iqtisodiyotga
aralashmasligi tushuniladi.
Keyns nazariyasiga ko'ra sof kapitalizm uchun ishsizlik xos bo'lib ishsizlikning
mavjud bo'lishi tabiiy holdir. Resurslarni isrof bo'lmaslik uchun davlat iqtisodiyot
bilan faol shug'ullanishi lozim. Bu g'oya ishchi kuchiga tegishlidir.
Keyns nazariyasining eng qat'iy jihati shundaki u bozor iqtisodiyoti sharoitida ish
bilan to'la bandlikni ta'minlovchi xech qanday mexanizm yo'qligini aniqlab berdi.
Makroko'lamda iqtisodiy muvozanatga erishish mumkin shunda ham
ma'lum salmoqda ishsizlik va inflyatsiya saqlanib qolinishi ilmiy jihatdan
isbotlangan.
Makroiqtisodiyotni asosiy maqsadlaridan biri aholining yuksak darajada ish bilan
bandligini ta'minlashdir. T. A. Samuelsonning ta'rificha, ish qidirmayotganlardan
tashqari barcha ishlovchilar va ishlamoqchi bo'lganlar ishchi kuchini tashkil etadi.
'Aholining ish bilan bandligi' degan tushuncha bor. Lekin bunday natijaga o'z-
o'zidan erishib bo'lmaydi, chunki 100% aholining ishlamoqchi bo'lgan qismini ish
bilan deyarli ta'minlab bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'lum miqdorda aholining
ishsiz bo'lishi iqtisodiy jihatdan normal va asoslidir.
Ishsizlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta'minlanishini
kutayotgan ishchi kuchlari. Bu guruh ishsizlar iqtisodchilar tilida friktsion ishsizlik
ham deyiladi. U asosan ish joylarining kengayishi, mavsumiy ishlar, korxonadagi
eski modelning yangisi bilan almashishi natijasida paydo bo'ladi. Friktsion
ishsizlikning bo'lishi ma'lum darajada iqtisodiy jihatdan zarurat va uning bo'lishi
ob'ektivdir.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
5
2. Strukturali ishsizlik - iste'mol bozori ma'lum mahsulot bilan to'ldirilganda
va u mahsulotga ehtiyoj qolmagan taqdirda tashkil topadi. Boshqacha so'z bilan
aytganda mahsulotga ehtiyoj bo'lmaganligi uchun shu mahsulotni ishlab
chiqaruvchilar ham ishsiz qoladi. Sanoatning joylashuvida bo'lgan o'zgarishlar ham
strukturali ishsizlarni keltirib chiqaradi.
3. Tsiklik ishsizlik - ishlab chiqarishni pasayishi natijasida ishchi kuchiga
bo'lgan talabning kamayishi va ishsizlarnign paydo bo'lishi
Friktsion va strukturali ishsizlik ilojisiz hol bo'lganligi uchun mutloq to'la ish
bilan bandlikka erishish mumkin emas. Agar tsiklik ishsizlik bo'lmasa (0 ga teng
bo'lsa), u holda to'la ish bilan banlikka erishiladi. To'la ish bilan bandlik davridagi
ishsizlik tabiiy ishsizlik darajasi deyiladi.
Tabiiy ishsizlik darajasi bilan bog'liq holdagi real milliy mahsulot xajmi
iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyati deyiladi.
O'zbekistonda mehnat bozori faoliyati quyidagi omillarga bog'liq:
- aholi soni, yoshi va jinsining salmog'idagi o'zgarishlarga;
- ish bilan birgalikda tarmoq va hududiy o'zgarishlar;
- qo'shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish me'zoni;
- ishlab chiqarish xajmiga, uning o'sish sur'atiga, ishlab chiqarish strukturasiga;
- ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy joylashuviga;
- mehnat resurslarini boshqarish usuliga.
Demak, aholi bir tomondan moddiy boyliklar yaratuvchisi, ikkinchi
tomondan esa iste'molchi hamdir. Uning mana shu ikki tomonlama xususiyati
mutanosib sotsial-iqtisodiy vaziyatni shakllantirishni talab etadi. Bu esa aholining
o'zi bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlarni jarayonlarni kuzatish, tahlil etish va
boshqaruv asosida amalga oshiriladi.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
6
1. O'zbekistonning iqtisodiy-geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari -
Respublikaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omillari
O'zbekiston Respublikasi O'rta Osiyoning markazida joylashgan. Hududi
shimoli-g'arbda Orol dengizi hamda Ustyurt platosidan janubda Afg'oniston bilan
tabiiy chegara vazifasini bajarayotgan Amudaryogacha, sharqiy va janubi-sharqiy
tomonlarda Tyanshan hamda Hisor-Oloy tog'larigacha cho'zilgan.
Hududning eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu erda qorli
cho'qqilar va baland tog' muzliklari, ulkan vodiylar va keng vohalar bilan birga
bamisoli cheksiz cho'llar va platolar mavjuddir.
O'zbekistonning maydoni 447,4 ming kv.km. shuning 3/4 qismini tekistliklar
va platolar, qolgan 1/4 qismini tog' oldi hududlari va tog'lar tashkil etadi.
Hududning katta qismida mo''tadil iqlim hukmron. Iqlimi keskin kontinental, yozi
issiq va quruq, qishi sovuq va kam qorli. Yog'inlar asosan bahor hamda qishga
to'g'ri keladi. Iqlim sharoiti bu erda issiqsevar o'simliklar: paxta, kanop, kunjut,
zig'ir hamda shirin-shakar uzum va mevalar, sabzavot va poliz ekinlarini etishtirish
uchun nihoyatda qulaydir. Respublika hududidan Amudaryo va Sirdaryo hamda
ularning juda ko'p irmoqlari oqib o'tadi.
O'zbekiston hozirigi vaqtda O'rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy
jihatdan eng rivojlangan davlatdir. O'zbekiston jahonning sug'orma dehqonchilik
va u bilan bog'liq paxtachilik, ipakchilik va qorako'lchilik yuqori darajada taraqqiy
etgan mamlakatidir. Shuning uchun Respublikaning paxta, pilla etishtirish hamda
qorako'l teri tayyorlash bo'yicha jahon mamlakatlari ichida yuqori o'rinlarni
barqaror ravishda egallab kelishi bejiz emas.
O'zbekiston xilma-xil turdagi tabiiy resurslarga, ayniqsa mineral, er-suv
hamda rekreatsion resurslariga boy mamlakatdir.
Respublika hududida 900 dan ortiq foydali qazilma konlari qidirib topilgan bo'lib,
shulardan 60 dan ortiq mineral-xom ashyo turlari ishlab chiqarishga jalb etilgan.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
7
Foydali qazilma konlarining tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSh dollarini
tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-xom ashyo potentsiali 3,3 trillion
AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o'tish kerak.
Muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 255 ta
istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo'yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir va
radioaktiv metallar bo'yicha - 40, konchilik-kimyo xom ashyosi bo'yicha 15 ta kon
qidirib topilgan.
O'zbekiston tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega
bo'lgan yoqilg'i-energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg'i balansida neftning
salmog'i salkam 10%ni, tabiiy gaz salmog'i-85%dan ortiq, ko'mirning salmog'i
salkam 5%ni tashkil etadi. Respublika sanoati mahsulotining umumiy hajmida
yoqilg'i-energetika kompleksining salmog'i 1999yilda salkam 15%ga teng bo'ladi.
Mamlakatda 1999 yilda 8,1 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan), 55,6 mlrd.
kub.m. tabiiy gaz va 2,9 mln. tonna ko'mir (asosan, qo'ng'ir ko'mir) qazib chiqarildi.
O'zbekiston xilma-xil rudali va noruda qazilmalar turlariga boy. Bu o'rinda,
Respublikada ayniqsa rangli, nodir va qimmatbaho metallar rudalarining zahiralari
ulkan ekanligini ta'kidlab o'tish asoslidir. Mis rudasining yirik konlari - Qalmmoqqir,
Sariqcheku va Dalnee Angren-Olmaliq rayonida joylashgan. Qo'rg'oshin-rux
rudalarining juda katta zahiralari Surxondaryodagi Xondiza va Jizzax viloyatidagi
Uchquloch konlarida mavjud. Oltinning dunyo miqyosidagi ulkan konlari qatoriga
Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov, To'rboy, Ko'chbuloq,
Zarmiton, kumush bo'yicha esa Kosmonachi, Visokovoltnoe, O'qjetpes (Qizilqum)
va Oqtepa konlari kiradi. Mamlakatmizda uran, volfram, molibden va boshqa
ma'danlarning ham yirik konlari ochilgan. Kimyoviy xom ashyo resurslari
fosforitlar (Markaziy Qizilqum), osh va kaliy tuzlari (respublikaning janubiy,
markaziy va shimoli-g'arbiy hududlarining) zahiralari esa deyarli bitmas-
tuganmasdir. Huddi shunday fikrni granit, marmar va boshqa bezak toshlari
hamda qurilish materiallari haqida ham bildirish mumkin.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
8
O'zbekiston yer resurslari bilan yaxshi ta'minlangan. Umumiy yer zihrasining
salkam o'n foizini haydalgan va sug'oriladigan yerlar tashkil etadi. Shularning
asosiy qismi dehqonchilik uchun qulay bo'lgan, aholi zich joylashgan vodiy va
vohalarga to'g'ri keladi. Sug'oriladigan yerlarda paxta, bug'doy, sholi, jo'xori,
kanop, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari, lalmi yerlarda esa bug'doy va arpa
etishtiriladi.
'O'zbekiston-qadimdan sug'orma dehqonchilik mamlakati bo'lib kelgan.
Sug'orma dehqonchilik oziq-ovqat sohasida Respublika mustaqilligining negizi va
asosiy eksport mahsulotining manbaidir'.
Mamlakatda sug'oriladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 4,3 mln.
gektarni tashkil etib, uning asosiy qismi tuproq-suv sharoiti nisbatan qulay bo'lgan
vodiy va vohalarda joylashgan. Farg'ona, Zarafshon vodiylari, Surxondaryo,
Qashqadaryo, Xorazm vohalari shular jumlasidandir. Sug'oriladigan yerlar
maydoni XX asrning 60-yillaridan so'ng ikki martadan ziyod ko'paydi. O'sish asosan
Mirzacho'l, Qarshi cho'li, Ellikqal'a massivi hisobiga ta'minlandi.
O'zbekistonda bog'lar va tokzorlar egallagan maydon salkam 0,4 mln.
gektarga teng. Shularning asosiy qismi tog'oldi mintaqasi yaxshi rivojlangan
viloyatlarda joylashgan.
O'zbekistonda so'nggi yillarda tomorqa xo'jaligini rivojlantirishga katta
e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda tomorqa va dala-bog'
yerlarning umumiy maydoni 0,6 mln. gektarni tashkil etadi. O'zbekiston ulkan
inson salohiyatiga ega bo'lgan mamlakatdir.
Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo'lib, u mamlakatning
islohotlar va tub o'zgarishlar yo'lida tinimsiz ilgarilab borishi ta'minlab beradi.
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasi bilan belgilanuvchi mazkur
omil o'z navbatida uni rivojlantirish va tarqqiy ettirishda hal qiluvchi ro'l o'ynaydi.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
9

Yüklə 398,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin