2 i-bob. O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash


O’zbekistonda ishchi kuchi bozorining shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 398,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix24.06.2023
ölçüsü398,89 Kb.
#134882
1   2   3   4   5   6   7
Abdurashid kurs ishi pdf variant

2.2.O’zbekistonda ishchi kuchi bozorining shakllanishi va rivojlanishi
Mehnat bozorida asosiy milliy resurs – ishchi kuchi shakllanadi hamda
korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha taqsimlanadi. Mehnat bozori iqtisodiy
faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb
etilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish joyiga o’tishini
yengillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan
sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi. Mehnat bozori qanday kadrlar,
mutaxassislar, kasblarga talab borligi, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko’rsatadi.
Mehnat bozorida raqobatning mavjud bo’lishi, bir tomondan, yollanma xodimlar o’z
professional mahoratini o’stirishi va kengaytirishi, malakasini oshirishini
rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, ish beruvchilarni qulay mehnat va unga haq
to’lash sharoitlarini yaratish hamda saqlab turishga undaydi. Mehnat bozorisiz
muvozanatli iqtisodiyotni bunyod etib bo’lmaydi, chunki iqtisodiyotni boshqarish,
avvalo, odamlarning mehnat faoliyatini boshqarishni nazarda tutadi.Ish bilan
bandlikning iqtisodiy mazmuni xodimning o’z mehnati bilan o’ziga munosib hayot
kechirishni ta’minlash bilan bir qatorda ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishni
ham ifodalaydi. Jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib daromadga ega bo’lib, o’z
sog’lig’ini saqlash uchun yetarli imkonga ega bo’lish, ijtimoiy ishlab chiqarishning
usuliga mos keladigan ma’lumot va kasb darajasini egallashni ta’minlaydigan
bandlikni aholining samarador bandligi deb hisoblash mumkin. Ish bilan bandlikning
samaradorligini davlat taraqqiyotining mafkurasi aks ettiradigan ko’rsatkichlar bilan
tavsiflab berish mumkin. Bular mehnat resurslarining ijtimoiy foydali faoliyatida
ishtirok etish xususiyatlariga asoslangan taqsimlash proportsiyalaridan iboratdir.
Ular mehnat unumdorligining o’sish darajasi, aholining ishga bo’lgan ehtiyoji


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
27
qondirilishi va ish bilan to’liq bandlikka erishilishi kabi ko’rsatkichlar bilan
ifodalaniladi. Chunki ijtimoiy mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, jamiyatda
xodimlarning daromadlari va moddiy shart-sharoitlar shunchalik ko’proq to’planadi.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda mehnat resurslari soni jami 19
mln 453,3 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum
qildi.Statistikaga koʻra, mehnat resurslari soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan
taqqoslanganda 0,8 foizga oshgan. Ish bilan bandlik va mehnat bozorining ahvolini
yanada isloh qilish nuqtai nazaridan ijtimoiy faol aholi tarkibining taxminan 47,0 %ni
ayollar, 14,0% ni 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar va 14,0 %ni pensiya olish arafasidagi
va pensiya yoshidagi kishilar tashkil etishini hisobga olish muhimdir. Bu guruhlar
iqtisodiy jihatdan faol aholining shunday qismini tashkil etadiki, u muayyan iqtisodiy
vaziyat ta’siri ostida mamlakat iqtisodiyotida ishtirok etishini o’zgartirishi mumkin.
Bu iqtisodiy jihatdan faol aholi chetki ikki guruhining mutlaq ko’pchilik qismini
ishsizlar tashkil etadi. Iqtisodiy jihatdan faol aholining 55,0 %ga yaqinini 30-49
yoshgacha bo’lgan kishilar tashkil etadi, ularning ko’pchiligi yuksak darajada
ishchanligi, kasb mahorati, barqaror kasbiy va hayotiy qiziqishlari bilan ajralib turadi.
Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlarning taklifi. Aholini ish bilan
bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xususiyatlar, shu jumladan, ish bilan
bandlik turlari, kasb-malaka guruhlari bo’yicha taqsimlashdagi qonuniyatlar
kishilarning yoshi va jinsi bo’yicha farqlanishi bilan ifodalandi. Aholining ijtimoiy-
foydali faoliyatda qatnashish xususiyati bo’yicha jins-yosh guruhlarini ijtimoiy-
demografik guruhlari deb atash qabul qilingan. Aholining jinsi va yoshi bo’yicha ish
bilan bandlik xususiyatlarini hisobga olish maqsadida aholining quyidagi ijtimoiy-
demografik guruhlarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir: erkaklar, ayollar,
yoshlar (16-29 yoshgacha bo’lgan mehnatda faol aholi), o’rta yoshli kishilar (30-49
yosh), pensiyaga chiqish arafasidagi kishilar (50 yoshdan oshgan mehnatga
qobiliyatli aholi), pensiya yoshidagi kishilar va boshqalar. Erkaklar va ayollar eng yirik
ijtimoiy-demografik guruhlar bo’lib, ularning mehnatidan foydalanish o’ziga xos


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
28
xususiyatlarga ega. Aholining mazkur guruhlariga tabaqalashgan yondashish asosini
jinslarning tabiiy farqlari tashkil etadi. Erkaklar ish bilan band aholining 52,2 %ini
tashkil etgan holda ko’proq jismoniy kuch va chidamga ega, ularning organizmi
ayollar organizmiga nisbatan ishlab chiqarish sohasining noqulay ta’sirlariga kamroq
beriluvchan bo’ladi. Odatda, ularda qat’iyat va ishonch bosimli bo’lib, mehnatini
tatbiq etish doirasi kasbiy jihatdan ancha kengdir. Ayollar esa ish bilan band
aholining 47,2 %ini tashkil etgan holda ishdagi sinchkovlik va puxtalik, diqqatlilik,
sezgirlilik, ta’sirchanlik yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Uzoq vaqt
mobaynida erkak va ayollar ishchi kuchining tabiiy farqlari ularning sifat tarkibidagi
muhim farqlar bilan bir-birini to’ldirib keldi. Ayollar ma’lumot, kasb tayyorgarligi
darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy harakatchanligi bilan erkaklardan birmuncha orqada qolib
kelganlar.Bunga misol sifatida aytadigan bo’lsak, hozirgi davrda O’zbekistondagi
korxona va tashkilot rahbarlarining atigi 28,0 %ga yaqini ayollardan tashkil topgan.
Bu ayollar va erkaklarning ish bilan bandlik xususiyatidagi tabaqalanishni birmuncha
kuchaytiradi. Endilikda bu tafovutlarni kamaytirish chora-tadbirlari ko’rilmoqda, bu
hol ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishda ma’lum darajada ijobiy siljish
imkonini beradi. Shu bilan birga, ayollar ishchi kuchining o’ziga xos tomonlarida
aniqlik hal qiluvchi rol’ o’ynaydi. Binobarin, bu omil qanchalik to’laroq hisobga olinsa,
ayollar kasbiy mehnatining aholini ko’paytirish bilan birga qo’shib olib borilishi
uchun eng yaxshi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. Shuni ham aytish kerakki, ish
bilan samarali bandlikni shakllantirishda ayollarning roli ular mehnat resurslarining
faqat son va sifat tarkibi bilan emas, shu bilan birga ayol-onaning sog’lom avlodni
tarbiyalash sohasiga qo’shgan hissasi bilan ham belgilanadi. Ayollardagi onalik
vazifasi bilan bir qatorda psixofiziologik xususiyatlar bog’langan bo’lib, bu ularning
mehnat sharoitlariga oshirilgan talablar qo’yilishini taqozo etadi. Agar texnikadan
foydalanilsa, erkaklar va ayollar ishchi kuchini tatbiq etishdagi farqlar ma’lum
darajada birxillashuvi mumkin. Shu bilan birga mehnat va dam olishni tashkil etish
ham ayollar organizmi xususiyatlariga ko’proq darajada mos kelishi lozim.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
29
O’zbekistonda ayollar ish bilan bandligining yuqori darajada ekanligi ayollar ish
kuchining yangi xislatlari tarkib topishiga yordam beradi. Ayollar uchun kasb mehnati
ular hayotining ajralmas bir qismiga aylanadi. Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy
va iqtisodiy vazifalari ularning mamlakat mehnat potensialini shakllantirishdagi roli
bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda ikki katta guruhni – o’quvchilar va
ishlovchi yoshlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Mehnat bozoriga chiqadigan va ish
bilan bandlikka ko’maklashuv Markazlari xizmatiga murojaat qiladigan yoshlarning
umumiy soni kadrlarning bo’shash ko’lami bilan belgilanadi. Bunda ko’p narsa
xodimlar qaysi tarmoqlardan bo’shashiga bog’liq bo’ladi. Agar bular mashinasozlik,
to’qimachilik sanoati tarmoqlarida bo’lsa, bu joylarda ishlovchi ishlarning ulushi
ko’proq bo’ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi. Yoshlar o’rtasidagi ishsizlik
miqyosini tartibga solib turishning muhim usuli faoliyatning asosiy sohasi bo’lgan
ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo’lib, bunga ishlab chiqarishdan ajralgan holda
ta’lim oladiganlar sonini ko’paytirish, kichik yoshdagi va maktabgacha yoshdagi
bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy yordam berishni yaxshilash
yo’li bilan erishiladi Buning sababi sog’liqning holati, shuningdek, imtiyozli pensiya
olish imkoniyatidadir. Pensiya yoshi arafasidagi aholi guruhiga ish bilan bandlik
xususiyati jihatidan pensiya yoshining dastlabki besh yili ancha yaqin bo’ladi. Xuddi
shular pensiya yoshdagi mehnatda faol aholining (5-6%) o’zagini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda ana shu yoshdagi guruhning o’ziga xos xususiyati shuki, bunda
ma’lumot darajasi past bo’lgan kishilarning ulushi ko’proq bo’ladi va
pensionerlarning ko’pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu esa pensionerlar mehnatidan
foydalanish sohasini toraytirib qo’yadi, buning ustiga ular kamharakatchanlik bilan
ajralib turadilar. Bu esa ularni tarmoqlar, kasblar bo’yicha qayta taqsimlash
imkoniyatini pasaytiradi. Katta yoshdagi xodimlar mehnat haqining qaror topgan
darajasiga ko’nikibroq qaraydilar va hatto noqulay iqtisodiy o’zgarishlar tufayli ish
haqining pasayishiga ham qarshilik qilmaydilar. Shu bilan birga ko’pgina korxona va
muassasalarning ma’muriyati mehnat jamoalarini saqlab qolishdan manfaatdor


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
30
bo’lib, yoshlarni ishga qabul qilishga unchalik moyil bo’lmaydilar. Shuning uchun
ko’pincha mehnat jamoalarining qariyb qolishi yuz beradi. Katta yoshdagi xodimlar
ishdan bo’shatilmaydi, shuningdek, kamroq malaka talab qiladigan mehnatning
yuqori darajasi saqlab qolinadi. Bu hol hozircha O’zbekistonda mavjud mehnat
bozoriga xos bo’lib turgan xususiyatlardan biridir. Pensiya yoshi arafasidagi va
pensiya yoshidagi kishilarning ma’lumot darajasi, yuqorida aytganimizdek,
birmuncha pastroq bo’ladi.. O’zbekistonda migratsiya jarayonlari islohotdan avvalgi
yillarda ma’lum darajada iqtisodiy rivojlanishning rejalilik omili bilan belgilanib
kelinardi. Shuning uchun ham ishchi kuchining harakatchanligiga doir yangi sifat
darajasining shakllanishi va uning migratsiya jarayonida aniq namoyon bo’lishini
mutaxassislar eng muhim ilmiy va amaliy tizimga kiritadilar. Iqtisodiy faol aholining
ish bilan bandligi makroiqtisodiyotda juda muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiy
faol aholi moddiy boyliklar ishlab chiqarishda xizmat ko’rsatish hamda iste’mol
qiymatlarini yaratishda potensial ishtirok etish qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslar
yig’indisidir. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va O’zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligining milliy xususiyatlarni hisobga olgan
tasnifiga ko’ra iqtisodiy faol aholi tarkibiga mehnatga yaroqli ish bilan band
bo’lganlar va ishsizlar kiritiladi. Ish bilan bandlik deganda ishga ega bo’lgan
mehnatga layoqatli aholi tushuniladi (2.1-chizma). Ish bilan band bo’lganlarga (har
ikki jinsga mansub 16 yosh va undan katta bo’lgan): - haq olish uchun to’la yoki
to’liqsiz ish kuni shartlarida yollanma ish, shuningdek faoliyat uchun bevosita to’lov
yoki daromadni olish muddatidan qat’i nazar, daromad keltiruvchi boshqa ishni
mustaqil yoki ayrim fuqarolar uchun bajarib turganlar; - turli sabablarga ko’ra
(kasallik, ta’til, mehnat safarlari, qayta tayyorlash va boshqalar) vaqtincha ish joyida
yo’q bo’lganlar; - xususiy korxona va tadbirkorlikda maosh olmay ishni bajarib
turganlar kiritiladi. Ishsizlarga esa 16 yosh va undan katta bo’lgan yoshdagi o’zlariga
bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra: 2.1-chizma.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
31
Ishchi kuchi tizilmasi (XMT uslubi bo’yicha) - ishga (daromad keltiradigan
mashg’ulotga) ega bo’lmagan; - ish izlayotgan va ish bilan bandlikka ko’maklashish
Markazi xizmatida ro’yxatga olingan; - ishga tushishga tayyor bo’lgan shaxslar
kiritiladi. Ish bilan band aholi – ijtimoiy ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan
mehnat resurslarining faol qismidir.
2021 yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan
videokonferensiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirining “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish
sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning ijrosi haqida”gi axboroti eshitildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Kasaba
uyushmalari federasiyasining mas’ul rahbar xodimlari, deputatlar hamda OAV
vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbirda samarali bandlikni oshirish hamda


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
32
erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta’minlash asosida barqaror va
umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish – Barqaror rivojlanish
maqsadlarining 8-maqsadiga erishish yo‘lida qilingan ishlar, jumladan mehnat
bozorida faol va sust chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususiy mulkni muhofaza
qilish, kichik va yirik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va
tezkor rivojlantirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish orqali aholini, ayniqsa, yoshlar,
nogironlarni munosib ish bilan ta’minlash va samarali bandlikni kengaytirish
yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarga alohida ahamiyat berildi. Respublika
iqtisodiyotining jadal rivojlanishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha
Dastur vazifalarini bajarish uchun 2030 yilga kelib ish bilan band bo‘lganlar
sonini 16,7 million kishiga yetkazish, bunda ish bilan band aholining o‘rtacha yillik
o‘sishi 1,6 foizni yoki 245 ming kishini tashkil etishi kutilayotganligi, 2030 yilgacha
barcha xotin-qizlar va erkaklarni, shu jumladan, yoshlar va nogironligi bo‘lgan
shaxslarni barqaror va samarali bandlik hamda munosib ish bilan, shuningdek,
teng qiymatli mehnat uchun teng ish haqi to‘lanishini ta’minlash yo‘nalishidagi (8
maqsaddagi 5-vazifa bo‘yicha) asosiy muammolaridan biri bu norasmiy bandlik
hisoblanib, bugungi kunda noqishloq xo‘jaligi sektorlarida norasmiy bandlik
ulushi 54,3 foizni tashkil etmoqda. Norasmiy bandlik ulushi erkaklar va ayollarga
nisbatan bo‘lib, erkaklarning 22,1 foizi norasmiy ish bilan band bo‘lsa, ayollarda bu
ko‘rsatkich atigi 12,5 foizni tashkil qilishi ta’kidlandi.
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va
boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi
munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga
solib boriladi.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
33
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu
Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma
qoidalari qo‘llaniladi.
Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy
yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga
tatbiq etiladi.”4


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
34
Xulosa
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek ishsizlik ham insoniyat oldida turgan katta
muammolardan biridir.O’zbekistonda , yuqorida aytib o’tganimizdek,istiqloldan
so’ng o’zimizda rivojlanmagan ko’pgina sohalar rivojlantirildi.Bu esa albatta yangi
loyihalarga inson mehnati resurslari jalb etilgani va bunda ishsizlikning
kamayishini ko’rdik.Ammo ishlab chiqarish sohasi bir maromda tekis ketaver-
maydi.Tadbirkorlik har doim yangiliklar va yangi texnikalarga ehtiyoj sezadi.
Ishlab chiqarishda samarali bo’lgan texnologiyalar esa ish unumdorligini
oshirgan holda ishsizlikni ortishiga ham olib keladi.Shu sababdan yuqorida
aytilgan olimlarning fikri,ya’ni aholini to’liqligicha ish bilan ta’minlashning iloji
yo’qligi to’g’ridir.
Har bir inson hozirgi kunda biror faoliyatni amalga oshirishni o’ylashi
yoki o’zi yoqtirgan kasbni kuchli mutaxassisi bo’lish haqida aniq maqsad bilan
harakat qilishi lozim.Shundagina ishsizlikning oldi olinadi.Yurtimizda hozirgi kunda
yoshlarga ilm olishi va yangi g’oyalarini amalga oshirishi uchun keng imkon
yaratilgan. Agar biz imkoniyatlarimizdan qo’limizdan kelgancha foydalanib
O’zbekiston ravnaqi yo’lida harakat qilsak , o’ylaymanki kelajakda yurtimizda
ishsizlik muammosi bo’lmaydi.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat
jamiyat a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat
bo‘lmasdan, balki mavjud ishchi kuchlarining ish bilan bandligini ta’minlashni ham
o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o‘sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va
o‘ziga xos aholi tarkibiga ega bo‘lgan respublikamizda ishchi kuchining ish bilan
bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
35

Yüklə 398,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin