Turg'unxo'jayev Abdurrashid
11
tozalash uskunalari, yuk ko'taruvchi kranlar, metal qiqruvchi asboblar,
to'qimachilik mashinalari va boshqalarni ishlab chiqarmoqda.
O'zbekiston rivojlangan kimyo sanoatiga ega. Tarmoqda 'Farg'ona Azot',
'Navoiy Azot', 'Elektrokimyosanoat' (Chirchiq), 'Ammofos' (Olmaliq), Samarqand
kimyo zavodi, Qizilqum fosforit kombinati hamda qurilishi davom etayotgan
Qo'ng'irot soda zavodi juda yirik korxonalar hisoblanadi.
O'zbekiston jahon miqyosida paxta tolasi, shoyi, qorako'l yetkazib beruvchi
yirik davlatlar qatoridan o'rin olgan. Respublikada 200 dan ortiq yirik yengil
sanoati korxonalari ishlaydi. Toshkent, Buxoro, Andijon to'qimachilik, Namangan,
Marg'ilon shoyi kombinatlari, Toshkent, Farg'ona, Yangiyo'l, Chirchiq poyafzal
fabrikalari shular jumlasidandir.
O'zbekistonda oziq-ovqat sanoati ko'p tarmoqlarga hamda keng
geografiyaga ega tarmog'idir. Unda mavjud yirik korxonalar Respublikaning
viloyatlarini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidagi barcha yirik, o'rta va kichik
shaharlarda, shaharchalarda, xatto qishloqlarda ham mavjuddir.
O'zbekistonda o'tish davriga xos muammolarning ko'pchiligi ijobiy hal qilindi.
Respublikada, sobiq Ittifoq Respublikalarining ko'pchiligidan farqli o'laroq, sanoat
va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining keskin qisqarishiga yo'l qo'yilmadi, 90-
yillarning ikkinchi yarmida esa ushbu tarmoqlar o'sishiga erishildi. Bugungi
kunining asosiy vazifasi ana shu ijobiy o'zgarishilarni yanada mustahkamlashdan,
jahon iqtisodiy xamjamiyatiga didilroq kirib borishdan, buning uchun yuqori sifatli,
eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga, ya'ni qayta ishlovchi sanoat
rivojlanishiga ko'proq e'tibor berishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: