I-Bob.O’zbekistonda ishchi kuchi muammolarining paydo bo’lishi.
2.1.O’zbekistonda ishchi kuchi muammolarini bartaraf etish yo’llari.
Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim
jihatlaridan biri bo’lib, u mehnat masalalari bilan bog’liq muammolarni hamda
mehnatga bo’lgan taklif va talablarni qondirish yo’llarini ochib beradi. Ish bilan
bandlik kishilarning ish joylari qayerdaligidan qat’i nazar, ijtimoiy foydali
mehnatda qatnashish yuzasidan o’zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli kishilarning
qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko’rsatadigan
ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichdir. Ish bilan bandlik – fuqarolarning qonun
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
17
hujjatlariga zid kelmaydigan o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan
bog’liq, ularga ish haqi yoki mehnat daromadi keltiradigan faoliyatdir.
Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi
uchun ish bilan ta’minlashning muayyan modeli mos keladi, chunki uning asosiy
xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi. Tajriba shuni
ko’rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning shaxsi va talabehtiyojlarini
hisobga olmasdan hal qilishga urinish omadsizlikka mahkum etadi. Shuning uchun
avvallari olimlar ish bilan bandlik muammolarini ko’rib chiqayotganlarida asosan,
uning iqtisodiy jihatlariga e’tibor bergan bo’lsalar, keyingi paytda ish bilan
bandlikning ijtimoiy jihatlari to’g’risida tobora ko’proq gapirilayotganligi bejiz
emas. Aholining ish bilan bandlik kontseptsiyasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining muayyan bosqichidagi ish bilan ta’minlanishning xususiyatini ochib
beradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir. Bunday nazariy tushunchalar markaziga
uni rivojlantirishning ijtimoiy bozor tipidagi davlat uchun xos bo’lgan ob’ektiv
jarayonlarini hisobga oluvchi ish bilan ta’minlanishning shakllanishi qo’yiladi. Bu
o’z navbatida muayyan davr mobaynidagi qo’yilgan maqsadlarga erishishning real
imkoniyatlari bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik ijtimoiy rivojlanishning har bir
bosqichiga xos turli ko’rinish va shakllarda namoyon bo’ladigan o’ziga xos
hodisadir.. Hozirgi vaqtda ish bilan band aholiga barcha yollanib ishlayotgan
xodimlar, o’quvchilar, harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda o’zini o’zi mustaqil
ravishda ish bilan ta’minlaydigan fuqarolar va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanadigan fuqarolar kiritilgan. Aholining ish bilan bandlari: a) pul bilan
to’lanadigan yoki natura holidagi haq evaziga yollanib, shuningdek o’z faoliyati
evaziga qancha muddat haq yoki daromad olishidan qat’i nazar, foyda yoki oilaviy
daromad olish uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat ish bajarganlar; b)
kasalligi yoki jarohatlanganligi tufayli, bemorlarga qarab turuvchilar; yillik mehnat
ta’tili yoki dam olish kunlarida, o’z ish joyidan tashqarida ta’lim olganlar;
ma’muriyat tashabbusi bilan ta’minoti saqlab qolingan yoki saqlanmagan holda
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
18
mehnat ta’tilida bo’lgan va boshqa shunga o’xshash sabablar bilan vaqtincha
ishda bo’lmaganlar; v) oilaviy yoki xususiy kichik korxonada haq olmasdan ish
bajargan shaxslardan tashkil topadi. Ish bilan band bo’lgan aholiga ikki guruh
fuqarolar kiradi:
1. Ko’ngilli ravishda ish bilan band bo’lmagan, er-xotindan birining, ota-
onasi va boshqalarning mablag’lari hisobiga yashaydigan fuqarolar. 2. Noilojlikdan
ish bilan band bo’lmagan xodimlar kiradi. Ular, o’z navbatida: a) mustaqil ravishda
ish qidirayotganlar; b) ish bilan band etishga ko’maklashuvchi Markazlar
yordamida ish qidirayotgan va rasmiy maqomga ega bo’lgan holda ishsizlik
yuzasidan nafaqa oladigan ishsiz fuqarolarni o’z ichiga oladi. «Aholini ish bilan
ta’minlash to’g’risida»gi Qonun 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan bo’lib, unga
ba’zi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. Qonunda aholining ish bilan
bandligining asosiy printsiplari ifodalab berilgan, bu tamoyillar ish bilan bandlik
munosabatlariga bozor iqtisodiyoti xususiyatidan kelib chiqadi va u bir necha
tamoyillar bilan ifodalanadi. Birinchi tamoyil fuqarolarning unumli va ijodiy
mehnat qilishga bo’lgan o’z qobiliyatlaridan foydalanishdan iborat favqulodda
huquqidir. 2020 yil 20 oktyabr kuni “Aholi bandligi to'g'risida”gi qonun qabul
qilindi. Ushbu Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi Inson huquqlari
bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida belgilangan.
Shu bilan birga, mazkur Qonun asosida bandlik sohasining asosiy
parametrlariga muhim ta'sir qiluvchi kompleks institutsional va iqtisodiy sharoitlar,
tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni joriy qilish va foydalanish nazarda tutilgan.
Ushbu shartlar “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi”3da belgilangan
vazifalarning ijro etilishi bilan bog'liqdir.Yangi qonunni qabul qilish zarurati haqida
fikr yuritganda, 1992 yilda qabul qilingan va 1998 yilda yangi tahriri tasdiqlangan
“Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida”gi qonun bugungi kun talablariga javob
bermay qolganini alohida ta'kidlash lozim. Unda mehnat bozorining hozirgi holati
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
19
aks ettirilmagan. Qolaversa, mehnat va bandlik sohasidagi mavjud muammolarni
va dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan normalar mavjud emasdi.Eng
muhimi, “Aholi bandligi to'g'risida”gi qonun to'g'ridan-to'g'ri amaliyotda
ishlaydigan qonundir. U amaldagi 3 ta qonun, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 12 ta farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining bandlik
va mehnat bozorini tartibga solish, tashqi mehnat migratsiyasi bilan bog'liq
masalalarga oid 40 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlarida ko'zda tutilgan
huquqiy normalarni, tizimdagi so'ngi islohotlarni, yangi moliyaviy mexanizmlarni
o'zida jamlagan. Mehnat qilishga majbur etishga (qanday shaklda bo’lmasin) yo’l
qo’yilmaydi. Faqat qonunda alohida belgilangan hollar bundan mustasnodir.
Shunday qilib, O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida umuminsoniy qadriyatlarni
mustahkamlash uchun muayyan qadam qo’yilgan bo’lib, bu qadriyatlar orasida
eng muhimi mehnatning ixtiyoriyligidir. Endilikda ijtimoiy mehnatda ishtirok etish
kerak yoki kerak emasligini tanlashdan iborat ustuvor huquq insonning o’ziga
tegishlidir. Mamlakat milliy iqtisodiyotda aholini mehnat bilan ta’minlash
endilikda amalda ijtimoiy foydali faoliyatning birdan-bir sohasi hisoblanmaydi.
Mehnatning umumiyligi huquqiy burch sifatida mustahkamlangan vaqtda u ana
shunday edi. Mehnat sohasi ijtimoiy foydali ish bilan bandlikning o’qish, uy-
ro’zg’or ishlari, bolalarni tarbiyalash va hokazolar kabi teng huquqli va hamma
uchun qulay sohalaridan biriga aylanmoqda. Ish bilan bandlikka ixtiyoriylik
berishning sababi bitta – u ham bo’lsa, tirikchilik vositalarining g’ayriqonuniy
manbai. Favqulodda huquq tamoyili insonning mehnatga bo’lgan qobiliyatidan
foydalanishdan iborat o’ziga ma’qul bo’lgan joyda o’zi xohlagan vaqt mobaynida
ishlash huquqini nazarda tutadi. Har kim o’zi uchun qulay vaqt va ish bilan bandlik
usulini mustaqil tanlashi mumkin. Jinsi, yoshi, millati va boshqa belgilaridan qat’i
nazar, hammaga doimiy, qisman, vaqtincha, ahyon-ahyonda bo’ladigan ish bilan
bandlik, o’rindoshlik bilan ishlash ish vaqtini tashkil etishning moslashuvchan
grafiklariga xosdir. 1.1-Chizma:
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
20
Ish bilan bandlar tarkibi Kasb tanlashdagi huquqning cheklanmaganligi va
iqtisodiyot sohalaridan birida mehnat qilish huquqi ham muhim hisoblanadi.
Bunga yakka tartibda, xususiy korxona va tadbirkorlik hamda kasanachilik yo’li
bilan mehnat qilish ham kirishi mumkin. Favqulodda tanlash huquqi haqida
gapirilganda bu huquqni jamiyatda har kimning u yoki bu ish bilan bandlik turi
yoki kasbga bo’lgan ehtiyojini qondirish majburiyati bilan tenglashtirish to’g’ri
bo’lmaydi. Jamiyat barchaga qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish uchun teng huquqiy
shart-sharoitlar yaratib berishi kerak.Aholini ish bilan bandlik kontseptsiyasi.
O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan bandligi to’g’risida”gi Qonuni
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
21
Ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim mezoni ish bilan bandlikka
bo’lgan munosabatdir. Ish bilan bandlik kompleks ijtimoiy siyosatning ajralmas
qismi deb qaraladi. Ish bilan bandlik muammolarining ijtimoiyligi uning avval,
boshdan inson, uning manfaatlari va mehnat sohasidagi ehtiyojlariga qaratilganligi
bilan belgilanadi. Ish bilan bandlikning eng kam deganda to’rt ijtimoiy jihatini
hisobga olish lozim: a) ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan
eng muhim huquqi – mehnat huquqi bilan mustahkam bog’liqligi; b) turmush
darajasi va munosib hayot kechirish shart-sharoitlarini shakllantirishda ish bilan
bandlik hal qiluvchi rol o’ynaydi. Aynan ish bilan bandlik, mehnat faolligini oshirish,
mehnatga qobiliyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush darajasini oshirishning
eng muhim kafolati; v) har kimning va umuman jamiyat farovonligining negizi
bo’lgan yuqori unumli mehnatning yangi omilini shakllantirish; g) aynan mehnat
faoliyati insonni o’zgartiradi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib beradi va
ko’paytiradi, shaxsning rivojlanishini rag’batlantiradi. Ijtimoiy siyosatning boshqa
jihatlari bilan birga qo’shib qaralganda ish bilan bandlik rivojlanishining asosiy
yo’nalishlaridan biri deb qaralishi kerak. Ushbu yo’nalishlar milliy iqtisodiyotdagi
moliyaviy, moddiy va mehnat resurslarini qayta guruhlarga ajratish, fantexnika
taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari, shuningdek ishlab chiqaruvchi kuchlarni
joylashtirish, turmush sifati darajasini oshirish yo’llarini belgilab beradi. Bu g’oyat
muhim muammolardan biri bo’lib, ish bilan bandlik muammolarini hal qilish,
binobarin, butun iqtisodiyotni isloh qilishning muvaffaqiyati ana shu muammoni
e’tirof qilish va hal etishga ma’lum darajada bog’liq. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotida ish bilan bandlikning asosiy xususiyatlari: - ish bilan to’liq va
samarali bandlikni ta’minlash, buning uchun esa aholining resurslari balansini
tuzish va undan samarali foydalanish; - mehnat qilishning ixtiyoriyligi va mehnat
sohasida inson huquqlari hamda vazifalarining uyg’unlashuvi, xodimlarning
ijtimoiy boqimandaligiga barham berish, munosib turmushni ta’minlaydigan ish
topish imkoniyati uchun fuqaro bilan davlatning baravar mas’uliyatini ta’minlash; -
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
22
mehnat samaradorligini oshirish yo’lida mehnat resurslaridan tarmoqlar, sohalar,
kasblar va hududlar bo’yicha samarali foydalanish hamda ishchi kuchining erkin
harakati; - mehnatga bo’lgan yangicha rag’batlar asosida xususiy tadbirkorlik va
xodimlarning yuqori unumli mehnat qilishdan kuchli manfaatdorlik muhitini
yaratish; - bozor iqtisodiyoti ta’siri ostida namoyon bo’ladigan salbiy oqibatlarni
aholi manfaatini ko’zlab, yumshatib borish. Bu xususiyatlar ish bilan bandlikning
yangi sifat ko’rsatkichli xususiyatlari bo’lib, ularning shakllanishiga tegishli shart-
sharoitlar yaratish lozim. Ish bilan bandlik siyosati umumdavlat (makrodaraja),
mintaqaviy va mahalliy darajalarga ega. Ish bilan bandlik siyosatining barcha
darajalari yagona ish bilan bandlik kontseptsiyasi bilan birlashgan, bu kontseptsiya
iqtisodiy rivojlanishning qabul qilingan tipini aks ettiradi. Makrodarajadagi ish
bilan bandlik siyosati ijtimoiy bozor iqtisodiyotidagi ish bilan bandlikning asosiy
xususiyatlarini shakllantirish: fuqarolarning mehnat qilish huquqini amalga
oshirish va yuqori turmush darajasiga erishishning zarur sharti bo’lgan ish bilan
to’liq bandlikni ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti boshqaruv
usullarida iqtisodiyot samaradorligini oshirish, xo’jalik yuritish sohasi iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan ish o’rinlarini siqib chiqarish, ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish va aholining iste’mol talabini qondirish uchun
ishchi kuchini qayta guruhlarga bo’lishga qaratilgan. Bunday sharoitda ish bilan
to’liq bandlikka ko’maklashish strategik maqsad bo’lib qoladi. Eng yaqin taktik
maqsad ish o’rinlariga bo’lgan talab va taklifning balanslanishidir. Bunga faqat
ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif balansli bo’lishiga erishish shartlariga
kompleks yondashuv bilan erishish mumkin. Bu muammoni hal qilishda, ko’pincha
ommaviy ishsizlikning oldini olishning zarur sharti bo’lgan ish o’rinlari tizimini
rivojlantirishga e’tibor beriladi. Mehnat unumdorligini oshirishni jadallashtirish
sharoitida aholining ish o’rinlariga bo’lgan talabining pasayishi, undagi ayrim
guruhlarning haddan tashqari ish bilan bandligiga barham berish, buning uchun
bolali ayollar, ishni o’qish bilan qo’shib olib borayotgan yoshlar va pensionerlarga
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
23
ijtimoiy yordam ko’rsatish dasturini takomillashtirishga ish bilan to’liq bandlikni
ta’minlashning zarur sharti deb qarashi lozim. Bu yerda gap mehnat resurslarini
mehnat sohasi, o’qish va ish bilan ixtiyoriy bandlik sohalari o’rtasida ijtimoiy va
iqtisodiy jihatdan qayta guruhlarga bo’lish haqida bormoqda. Ish bilan bandlikning
moslashuvchanligi muammosida asosiy narsa – mehnat turining tanlash
ixtiyoriyligi va mehnatni kamroq vaqt ichida ishlab, durustgina ish haqi olish
imkonini beradigan qilib tashkil etishdir. Hozircha bozor vositalari to’liq ishlashiga
erishilmagan ekan, davlatning muqobil mehnat rejimlarini rivojlantirishga ko’mak
berishini kuchaytirish zarur. O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan
bandligi to’g’risida”gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan
ta’minlash to’g’risida”gi Qonuni. 13 yanvar 1992 yilda qabul qilingan. To’qqizta
moddadan iborat bo’lib: Maʼlumki, 2019 yilgi «Faol investitsiyalar va ijtimoiy
rivojlanish yili» Davlat dasturining 143-bandida «Aholini ish bilan taʼminlash
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish
vazifasi belgilangan edi.Mazkur qonun loyihasida ish beruvchining iqtisodiy
mustaqilligi tamoyilini kuchaytirish, qonunosti hujjatlardagi normalarni bevosita
qonunda belgilash hamda o‘zini o‘zi band qilishning zamonaviy va samarali
shakllari, jumladan masofaviy mehnat, frilansing kabi faoliyat turlarini kengaytirish
va uning maqomini belgilash masalalari nazarda tutilgandi.Shundan kelib chiqib,
2020 yilning 20 oktyabr kuni “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun Davlat rahbari
tomonidan imzolandiAholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonun hujjatlari
ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.Qoraqalpog’iston
Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi munosabatlar
Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonun hujjatlari O’zbekiston Respublikasi
fuqarolariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
24
kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Aholini ish bilan ta’minlash: Ish bilan ta’minlanish - fuqarolarning qonun
hujjatlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan
bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo’lgan o’z qobiliyatlarini tasarruf etish va
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan haq
to’lanadigan ishni bajarishga aloqasi bo’lmagan faoliyat bilan shug’ullanish mutlaq
huquqi fuqarolarga tegishlidir. Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo’llash
bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda
belgilangan hollar bundan mustasno. Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band
bo’lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo’la olmaydi. Quyidagilar ish
bilan ta’minlangan deb hisoblanadi: yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni
to’liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan kasanachilik bilan shug’ullanayotgan,
shuningdek haq to’lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega
bo’lgan fuqarolar; betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka
oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishning to’xtatib qo’yilganligi munosabati bilan,
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyida bo’lmaganda
xodimning ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida
bo’lmagan fuqarolar; o’zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu
jumladan yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ularning
ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a’zolari; Qurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik
xizmati va ichki ishlar organlari va qo’shinlarida xizmatni o’tayotgan, shuningdek
muqobil xizmatni o’tayotgan fuqarolar; ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlariga
muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan fuqarolar; qonun
hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy
muassasalarda ishlayotgan fuqarolar. Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi
davlat siyosati quyidagi printsiplarga asoslanadi: mehnat qilish va ishni erkin
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
25
tanlash huquqini amalga oshirishda barcha fuqarolarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili,
ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va mansab mavqeidan, dinga munosabati,
e’tiqodidan, jamoat birlashmalariga mansubligidan, shuningdek xodimlarning
ishchanlik jihatlariga hamda ular mehnatining natijalariga bog’liq bo’lmagan
boshqa holatlardan qat’i nazar teng imkoniyatlarni ta’minlash; kishilarning
mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish,
ularda mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni ta’minlaydigan
unumli va ijodiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga ko’maklashish; mehnat
qilishning ixtiyoriyligi; ish bilan ta’minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va
aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta’minlash; ijtimoiy himoyaga o’ta muhtoj va
ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun mavjud ish joylarini saqlab qolayotgan
va yangi ish joylarini yaratayotgan ish beruvchilarni rag’batlantirish; ish bilan
ta’minlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa
yo’nalishlari bilan muvofiqlashtirish; aholini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini
ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda davlat
organlari, kasaba uyushmalari, xodimlarning vakillik organlari va ish
beruvchilarning o’zaro hamkorligi; aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal
qilishda davlatlararo hamkorlik. Mehnat qilish huquqi kafolatlari quyidagicha
ifodalangan: Davlat: ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat
rejimidagi ishni tanlash erkinligini; ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad
etishdan va mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan
himoyalanishni; maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam
berishni; har kimga kasbga va ishga ega bo’lishda, mehnat qilish va ish bilan
ta’minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq to’lashda, xizmat pog’onasidan
yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni; yangi kasbga (mutaxassislikka)
bepul o’qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo’llanmasi bilan
boshqa o’quv yurtlarida stipendiya to’lab malakasini oshirishni; boshqa joydagi
ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga
Turg'unxo'jayev Abdurrashid
26
muvofiq kompensatsiya to’lashni; haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish
uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: |