Inflyatsiyani kelib chiqishiga ko'ra ikki toifaga ajratish mumkin:
Talab inflyatsiyasi
|
Taklif inflyatsiyasi
|
Inflyatsiyaning bu turi talabning keskin oshishi natijasida iqtisodiyotda pul taklifining oshishiga yoki xaridorlar tomonidan inflyatsion kutilmalarni shakllanishiga olib keladi. Soddaroq qilib aytganda, ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to'la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovar va xizmatlar narxlari o'sadi.
|
Inflyatsiyaning bu turi ishlab chiqarish xarajatlarining keskin oshishi natijasida sodir bo'ladi. Ya'ni, har xil jarayonlar va tarkibiy o'zgarishlar (soliqlar o'zgarishi, energiya resurslari narxlari oshishi, davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar oshirilishi va boshqalar) tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Natijada ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning narxlari oshadi.
|
Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar qisqa va uzoq muddatli siyosat bilan taqdim etilishi mumkin.
Uzoq muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
aholini inflyatsiyaga qarshi kutishlarini bartaraf etish. Buning uchun hukumat tomonidan ishlab chiqarishning rag‘batlantirilishi, inflyatsiyaga qarshi choralarni ko‘rishi, narxlarni erkinlashtirishi muhimdir;
byudjet tanqisligini soliq tizimini takomillashtirish va davlat xarajatlarini kamaytirish hisobiga qisqartirish;
pul massasi o‘sishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi chegarasini, uning har yillik o‘sishiga qattiq limit kiritgan holda belgilash;
iqtisodiyotga hukumat byudjet tanqisligini moliyalashtirish uchun xorijdan kelgan va keyin ular konvertlanadigan va shu summada milliy valyutaning qo‘shimcha massasi chiqariladigan qisqa muddatli va zayomlarni kirishish yo‘li bilan ta’sir qilib inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi omillarni betaraflashtirish (neytrallash).
Inflyatsiyaga qarshi qisqa muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1) yig‘ma taklifni yig‘ma talabni oshirmasdan, tovarlarni qo‘shimcha ishlab chiqarish, xizmatlarni qo‘shimcha ko‘rsatish, iste’mol tovarlarini ommaviy tarzda import qilish, korxonalarning aksiyalarini katta miqdorda sotish hisobiga kengaytirish;
2) sug‘urtalashni va jamg‘arishni rag‘batlantirish.
Giperinflyatsiya (yun. giper... va lot. infl atio — koʻtarilish) — tovarlar narxining shiddat bilan kutarilishi, muomaladagi pul massasining koʻpayishi; pul birligi qadrining keskin pasayishiga, toʻlov muomalasining izdan chiqishiga, odatdagi xoʻjalik aloqalarining uzilishiga olib keladi. Odatda narxning oʻsish darajasi oyiga 1,5 barobar yoki 50% ga yetganda G. jarayoni boshlangan hisoblanadi. G. bilan inflyatsiya oʻrtasidagi chegarasini aniqlash juda qiyin. G.ning yana bir muhim belgisi — korxona, tashkilotlar va aholi nima qilib boʻlsa ham pulni tovarga aylantirishga urinadi, tovar sotib olish mumkin boʻlgan, qadri yuqori pul — valyuta yigʻa boshlaydi. G. sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib boʻlmaydi, barter avj oladi, pul oʻz vazifalarini bajarmay qoʻyadi. G. iqtisodiy tanglik belgisidir. G. aksariyat hollarda oʻta tasodifiy siyosiy va iqtisodiy omillar — urushlar, iqtisodiy tanazzul, xukumat siyosati tufayli aholining pulga ishonchsizligi va b. natijasida kelib chiqadi. 20-asrning 20-y.lari boshida Germaniyada va Ikkinchi jahon urushi davrida Xitoyda yaqqol kuzatilgan. G.ning oldini olish uchun shoshilinch holda inflyatsiyaga qarshi choralar koʻriladi.
Dostları ilə paylaş: |