2. Inflatsiyaga ta ’sir etuvchi omillarni yoriting. Pul bozorini tartibga solish yo ‘llarini ko‘rsating. Talab inflatsiyasi nima?


Mamlakat ichidagi tovar va xizmatlar bahosining o'sib borishiga ko'ra inflyatsiya turli darajalarda bo'ladi



Yüklə 49,23 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü49,23 Kb.
#42775
1   2   3
Pul 1

Mamlakat ichidagi tovar va xizmatlar bahosining o'sib borishiga ko'ra inflyatsiya turli darajalarda bo'ladi:


Sudraluvchi (mo'tadil) inflyatsiya

Shiddatli (galloping) inflyatsiya

Giperinflyatsiya

Uzoq vaqt davomida barqaror va past darajada bo'lgan inflyatsiya (zamonaviy iqtisodiyot uchun yiliga 1-4% normal hisoblanadi)

Inflyatsiyani yillik darajasi 10% dan oshib, har oyda o'sib boradi

Mamlakatda o'rtacha narx-navoning haddan tashqari oshgandagi holati bo'lib, oyiga 50%, yiliga esa 50 baravardan ham ko'proq oshishi mumkin

E'tibor bering! Uzoq vaqt mobaynida tovar va xizmatlar narxlari barqaror bo'lgan, rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning o'rta muddatli ko'rsatkichi 2 foiz atrofida, ushbu ko'rsatkich rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan davlatlar uchun esa nisbatan yuqoriroq, taxminan 2-6 foiz atrofida bo'lishi maqbul deb topilgan.

Bugungi kunda har qanday darajadagi inflyatsiya salbiy jihatga ega degan fikr ommada mavjud bo'lib, aslini olganda inflyatsiyaning har qanday darajasi ham iqtisodiyot uchun zararli emas. Iqtisodiy o'sish uchun kam foizli barqaror inflyatsiya bu tabiiy jarayon.

Past darajadagi inflyatsiya iqtisodiyotda qo'shimcha talab yaratishi orqali iqtisodiy o'sishga turtki beradi. Inflyatsiyaning umuman yo'q bo'lishi esa iqtisodiyotning o'sish sur'atini pasaytirib yuborishi mumkin. Shiddatli inflyatsiya kelgusida yuqori inflyatsiyaga olib kelib, iqtisodiyotni izdan chiqarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan past darajadagi barqaror inflyatsiya ijobiy hisoblanadi.

2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi.

Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.

Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.

Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi pul-kredit siyosatining tamoyil va usullarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlashga qaratish uchun zarur bo‘lgan asosni yaratadi. O‘rta va uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlashda inflyatsion targetlash samarali usul hisoblanadi.



Yüklə 49,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin