2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari



Yüklə 78,17 Kb.
səhifə1/7
tarix17.06.2023
ölçüsü78,17 Kb.
#132088
  1   2   3   4   5   6   7
2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari


ISTE’MOL, VA JAMG’ARISH FUNKSIYALARI
REJA:
Kirish
Asosiy qism


1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari

2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari


3. Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik
4. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsakiste’sol va jamg’arish o’ajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – dispocable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. Bu bog’liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (jadval).

jadval Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari



Yüklə 78,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin