2. Ключевые постулаты теории (международных) режимов: a режимы, основанные на интересе (Interest-Based Theories); b основанные на знании (Knowledge-based theories); c основанные на силе



Yüklə 80,01 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü80,01 Kb.
#42229
  1   2
2-4-15-17


2. Ключевые постулаты теории (международных) режимов: a. режимы, основанные на интересе (Interest-Based Theories); b. основанные на знании (Knowledge-based theories); c. основанные на силе (Power-based theories). Приведите примеры (из деятельности ММПО), соответствующие положениям теории.

a. режимы, основанные на интересе (Interest-Based Theories);

Qiziqishga asoslangan holat nazariyasi liberal yondashuv deb ataladi. Ya’ni, bundan ko’zlangan asosiy maqsad tashkilotlarning konservativ qarashlardan(yolg’izlikda rivojlanish)dan voz kechgan holda, boshqa mamlakat, tashkilotlar bilar birgalikda harakat iqlish, rivojlanish, barqaror hamkorlikka asoslanadi. Masalan, World Bank faoliyatiga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, uning a’zolari va faoliyat doirasi kengligiga guvoh bo’lamiz.

b. основанные на знании (Knowledge-based theories);

Kognitiv yondashuv ratsionalistik emas, balki sotsiologik yoki postpozitiv ruhda. Umuman olganda, kognitiv shaxslar uchun nafaqat qiziqish yoki kuch , balki hislar va atrof-muhit ham muhimdir. Fikrimizni Jahon Banki misolida davom ettirsak, shuni aytishimiz mumkinki, Jahon banki nafaqat a'zo mamlakatlarga moliyaviy yordam ko'rsatadi. Uning faoliyati, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarga kerak bo'lgan analitik va maslahat xizmatlarini ko'rsatishga qaratilgan. Mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash va aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan siyosatni tahlil qilish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish Jahon banki faoliyatining bir qismidir. Bank atrof-muhit, qashshoqlik, savdo va globallashuv, muayyan sohalarda iqtisodiy va sanoat tadqiqotlari kabi ko'plab masalalar bo'yicha tadqiqot ishlarini olib boradi. Bank mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini, jumladan, bank va/yoki moliya sektori, savdo, qashshoqlik muammolari va ijtimoiy himoya tizimini tahlil qiladi.

Sa'y-harakatlarning katta qismi ta'lim faoliyati va mamlakatning rivojlanish muammolarini hal qilishda yordam beradigan bilimlarni tarqatishga qaratilgan.

c. основанные на силе (Power-based theories).

Bu yo’nalishning asosi gegemonlikka, stabil boshqaruvga asoslangan. J.Griko, S.Strendj kabi realistlarning fikricha Jahon banki va shunga o’xshagan boshqa 2-jahon urushidan keyin paydo bo’lgan xalqaro tashkilotlar amerikancha strategiyaning instrumentlaridan hisoblanadi. Ya’ni, hamkorlik doirasidami, qarz berish, a’zolarni qo’llab-quvvatlash borasi Amerika Jahon banki vositasida butun dunyoga o’z siyosiy va iiqtisodiy ta’sirini o’tkazish qudratiga ega.



4. Рассмотрите деятельность ММПО, применив теорию “принципал-агент”. Согласно произведению «Delegation and Agency in International Organizations»/ Edited by D.G. Hawkins, D.A. Lake, D.L. Nielson, M.J. Tierney: «In a second form of cooperation, the paradigmatic case – principals agree (or not) on a common policy and then delegate the implementation of that policy to an IO. Of course, even if states have jointly decided to delegate to an IO, questions remain over what tasks to delegate and how to control the IO». . Приведите примеры (из деятельности ММПО), соответствующие представленному определению.

Principal-agent nazariyasi-bu strategik hamkorlik turini o'rganadigan iqtisodiyot sohasi bo'lib, bunda prinsipial unga ishlaydigan agentning o'z manfaatlari uchun harakat qilishini xohlaydi, biroq ayni paytda agentga qaraganda kamroq ma'lumotga ega. Ya’ni, yaxshi natija ko’rsatgan taqdirda agent o’z prinsipialidan mukofot oladi.

Xalqaro munosabatlarda bu tushuncha kattaroq ahamiyat kasb etadi. Masalan, Yevropa Ittifoqini olaylik. Umumiy birlashma principial bo’lsa, agentlar a’zo davlatlar. Boshqaruv buyruqlar beradi, a’zo-agentlar esa topshiriqlarni amalga oshiradi. Tomonlardan birida norozilik kayfiyati uyg’onsa, o’rtadagi shartnoma(ittifoq)ga putur yetadi. Bunga misol qilib brexitni keltirish mumkin. Prinsipialning umumiy manfaatlari Buyuk Britaniya(agent) shaxsiy maqsadlariga to’g’ri kelmaganligi sabab Buyuk Britaniya ittifoqdan chiqishni ma’qul ko’rdi.


Yüklə 80,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin