2 KOMPYUTERLARNING QANDAY ASOSIY SINFLARINI BILASIZ ?
Kompyuterlarni xotirasining hajmi , bir sekunda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo’lish mumkin.
Xar bir kompyuter o’zining ishlashi, gabariti bilan bir –biridan farq qiladi.
Super kompyuterlar- juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni echish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bunday masalalar ko’p bo’lib bular, ob-havoning global prognoziga oid masalalar , uch o’lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o’rganish, global axborot sistemalariga oid masalalarni o’rganadi.Bu toifadagi kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amallarni bajarishga mo’ljallangan.
Katta kompyuterlar-Fan va tehnikaning turli sohalariga oid masalalarni echishga mo’ljallangan.Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir- ikki pog’ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY, IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterlari misol bo’la oladi.
Minikompyuterlar-kichik kompuyuterlar hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompuyuterlardan kamida bir pag’ona pastir. Shuni aytish joyizki, ularning o’lchamlari ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterlardek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompuyuterlar turkumiga ilk bor yaratiladigan PDP-11 (Program Driver Processor –dasturiy boshqaruv prosessori)turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan.
Shahsiy kompyuterlar-hozirgi vaqtda korhonalar, tashkilotlar, oily o’quv yurtlarida keng tarqalgan bo’lib,ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompiyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarishiga qaramay, ham texnik, ham dasturiy ta’minoti mosligi, ya’ni bir-biriga to’g’iri kelishi nazarida tutiladi. Bunday kompiyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX prosessori o’rnatilgan kompiyuterlarida xozirgi kunda 750-1000 megagersni, xotira hajmi esa, 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkichlar tez o’zgarib,xar ikki yilda kompiyuterlar imkoniyati ikki barabar oshishi, ularning narxi esa shuncha arzonlashish yo’nalishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompiyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC kompiyuterlarini yuzlab fermalar ishlab chiqarmoqda.Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa fermalardir.