2 Kompyuterlarning qanday asosiy sinflarini bilasiz ?



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#164809
1   2   3   4   5   6   7   8
2 KOMPYUTERLARNING QANDAY ASOSIY SINFLARINI BILASIZ

Noutbuk kompyuterlar - Noutbok kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo’lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shahsiy kompyuterlar qatori xisoblanadi, bu kompyuterlarning qulaylik tamonlaridan biri elektr energiyalarida va akkumliyatorda ishlashligidir.
3 KOMPYUTERLARNING ISHLASH PRINTSIPI NIMA?


Kompyuterning ishlash printsipi


Kompyuterning ishlash printsipini birinchi ingliz olimi Charliz Bebich va uning g`oyasining mukammalshgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma – ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p rusumli kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda dasturning bo`laklarini ketma – ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini ko`rsatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O`z navbatida, dastur qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma –ketligidir. Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuterlar tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma – ketliklardan iborat. Fon Neyman printsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyuterning xotirasiga yuklanadi. Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ishni ketma – ket bajaradi [1].
Kompyuterlarning tashkil etuvchilarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
-qurilmaviy tashkil etuvchilari;
-dasturiy tashkil etuvchilari;
-algoritmik tashkil etuvchilari[2].

        1. Zamonaviy kompyuterlarning qurilmalari

Shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:
- sistemalar bloki – ichki qurilmalar joylashadi.
- Klaviatura – belgini kompyuterga kiritadi.
- Monitor (displey) – ma’lumotlarni matnli va tasvirli tasvirlash imkonini beradi.
- Sichqoncha – ma’lumotlar kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator.
Kompyuterlar imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bular:

  • Printer – ma’lumotlarni qog`ozga chiqaradi.

  • Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasvirli yoki matnli ravishda kiritadi.

  • Modem – telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini va internet tarmog`iga ulanishga yordam beradi.

  • Plotter – turli tasvirni va grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi.

  • Strajer – kompyuterning venchesteridagi ma’lumotlar nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma bo`lib , ma’lumotlarni magnit lentali kassetaga (kartridjga) yozishga mo`ljallangan.

  • Kompakt disklar – 610 Mgbaytgacha ma’lumatlarni saqlay oladi. Ular asosan o`qish uchun ishlatiladi.

  • Trekbol – shar shaklidagi manipulyator. Kompyuter o`yinlarida foydalaniladi.

  • Tarmoq qurilmasi – bir necha kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirilib, kompyuter o`zi axborot almashish imkonini beruvchi qurilma. Har bir qurilma sistema blokida joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o`rnatiladi.






Tizimli bloki




Tizimli blokiShK asosini tashkil etuvchi qismi hisoblanib, unda kompyuterning asosiy qismlar joylashgan bo`ladi. Tizimli bloki ichida joylashgan qurilmalar ichki qurilma, unga tashqi tomonidan ulanadigan qurilmalar tashqi qurilmalar deyiladi. Tashqi qo`shimcha qurilmalar ma’lumotni kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi.
Tizimli bloki tashqi ko`rinishlari odatda yassi (desktop) yoki minora (town) ko`rinishlarda ishlab chiqariladi. Minora ko`rinishidagilari har xil o`lchamlarda bo`lishi mumkin: katta o`lchamli (BigTower), o`rta o`lchamli (MidiTower), kichik o`lchamli (MiniTower). Yassi ko`rinishdagilari esa ikki formatda bo`ladi: yupqa (Full-AT) va juda yupqa (Baby-AT).
Kompyuterning asosiy qismlari tizimli blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilar: tezkor xotira (RAM – Random Access Memory), mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari (elektron sxemalar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki, kontrolerlar, adapterlar), yumshoq disk qurilmasi (FDD – Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD – Hart Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM – Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem, tizimli platasi va boshqa qurilmalar. Tizimli blokiga uning parallel (LPT) va ketma – ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Tizimli blokining umumiy ko`rinishi 2.1 – rasmda keltirilgan.
Tizimli platasi

Tizimli blokidagi asosiy elektron sxemalar tizimli platasida joylashgan bo`ladi (mother board). Unda BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, doimiy xotira, kesh xotira, shinalar, taktik generator joylashgan. Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar ishini boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI/ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.


Kompyuterda kiritish – chiqarish portlari mavjud bo`lib, ular tizimli blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, «sichqonch», klaviatura va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish – chiqarish portlari parallel va ketma – ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT 1 – LPT 4 va COM 1 – COM 3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks – modem, “sichqoncha” va boshqa qurilmalar ulanadi.
Shunday qilib tizimli platasi ShK ning asosiy platasi bo`lib, unda quyidagilar joylashgan:

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin