2-KUN 1-TEST
Qoramol tasmasimonida parazitlikka moslanish belgilarini
aniqlang. 1) kutikula bilan qoplanish;
2) anal teshigi paydo bo’lishi; 3) hazm sistemasi
rivojlanmaganligi; 4) ko’p tuxum qo’yishi; 5) germofroditligi; 6)
mitoxondriya yo’qligi.
A)2,3,5 B) 1,2,4 C) 1, 4,3 D) 3, 5, 6
2.Planariyaning qaysi qismlari sezgi organlari bo’lib
hisoblanadi?
1.terisi; 2.muskullari; 3.ichaklari; 4.tukchalari;
5.paypaslagichlari; 6.ko’zachalari
a) 2,3,6 b) 1,4,6 c) 2,1,3 d) 1,5,6
3.Yassi chuvalchanglarga xos xususiyatlarini belgilang.
1.tanasi nursimon simmetryali 2.tanasi ikki tomonlama
simmetryali 3.tana bo’shlig’i yo’q 4.tana bo’shlig’ bor 5.oldingi
uchida boshchasi bor 6.boshchasi yo’q 7.ovqat hazm qilish
sitemasining uchlari berk 8.ichak uchlari berk emas.
a) 1,3,6,7
b) 2,3,5,7
c) 2,4,5,8
d) 1,3,5,7
4. Quyidagi qaysi belgilar yomg’ir chuvalchangiga tegishli?
1) ayrim nerv tugunlaridan teriga, boshqa nerv tugunlaridan
ichki organlarga nervlar chiqadi; 2) suvsizlik natijasida tana
massasini ko’p yo’qotib, suv mavjudligida yana tez tiklaydi; 3)
hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlariga nervlar
chiqadi; 4) yozgi uyquga kiradi; 5)metomorfozli rivojlanadi
A) 1,4,5 B) 2,3,4 C) 1,2,5 D) 2,3,4,5
5.Ichakda yashovchi ichaksiz (a) va ichakli (b)
chuvalchanglarni aniqlang.
1)askarida; 2)exinokokk; 3) qoramol tasmasimon chuvalchangi;
4) jigar qurti; 5) bolalar gijjasi; 6) cho`chqa tasmasimon
chuvalchangi; 7) nematoda
A) a-2,6; b-1,5 B) a-3,6; b-2,5
C) a-4,7; b-5,6 D) a-2,6; b-1,2
6. Odam askaridasi (a) va yomg’ir chuvalchangi (b) ga xos
belgilarni farqlang.
1) tuxumidan yosh chuvalchang chiqadi; 2) tanasi qalin
kutikula bilan qoplangan; 3) erkin yashovchi; 4) germofrodit; 5)
ayrim jinsli; 6) tana devorida ichki va tashqi epiteliy qavatlari
mavjud; 7) lichinka davri mavjud
A) a-2,4,7; b-1,3,5,6 B) a-2,5,7; b-1,3,4,6
C) a-1,3,4,6; b-2,5,7 D) a-2,3,5,7; b-1,4,6
7. O‘simliklarda(a), faqat odamlarda(b), odam va
hayvonlarda(c) parazitlik qiluvchi chuvalchanglarni juftlab
ko‘rsating. 1) gijja; 2) askarida; 3) bo‘rtma nematoda;
4) exinokokk; 5) jigarqurti
A) a−3; b−1; c−2,4,5
B) a−3; b−2; c−1,4,5
C) a−3; b−1,2; c−4,5
D) a−3; b−4,2; c− 1,5
8. Quyidagi parazit organizmlarni qaysilari finna(a), sista(b),
tuxum(c) orqali odamga yuqishini aniqlang.
1) gijja; 2) exinakokk; 3) jigar qurti; 4) qoramol tasmasimoni;
5)askarida; 6)cho’chqa tasmasimoni
A) a- 1,2,5; b- 6,4; c- 3 B) a- 6,4; b- 3; c- 1,2,5
C) a- 2,4; b-3; c- 1,5
D) a- 1,5; b- 2,4,6; c- 3
9. Zuluklar qaysi tip vakili hisoblanadi?
A) molluska B) yassi chuvalchanglar
C)to’garak chuvalchanglar D)halqali chuvalchanglar
10. Askarida bilan zararlanish oldini olish uchun qanday
choralarni qo’llash kerak?
1)daydi itlarni yo’qotish 2) ko’lmak suvni ichmaslik 3)
sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish 4) go’shtni yaxshi pishirib
yeyish 5) ko’katlarni tozalab yeyish 6) qiymani tatib
ko’rmaslik lozim 7) qushxonalardagi go’shtni nazorat qilish8)
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish 9)zararlangan
organlarni itlarga bermasli
A) 3,5,8 B) 1,4,7,8 C) 2,5 D) 3,8
11. Rishtada parazitlikka moslanish belgilarini aniqlang.
1) kutikula bilan qoplanish; 2) anal teshigi paydo bo’lishi; 3)
ayrim jinslilik; 4) ko’p tuxum qo’yishi; 5) o’rta keying ichak; 6)
jinsiy sistemsi kuchliligi.
A) 1, 3,6 B) 1, 4, 6 C) 1, 2, 4 D) 3, 5, 6
12. Oq planariyaga xos bo’lmagan javobni ko’rsating.
A) urug’langan tuxumlarini to’p-to’p qilib pilla ichiga qo’yadi
B) tanasini ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi
C) sezgi organlari rivojlangan
D) gavdasi bargsimon
13.Og’iz va qorin so’rg’ichga ega bo’lgan parazitning ovqat
hazm qilish sistemasi …
A) rivojlanmagan
B) og’iz, halqum, ikki shoxli ichakdan iborat
C) og’iz, halqum, uch shoxli ichakdan tuzilgan
D) og’iz, halqum, qizilo’ngach, o’rta va keyingi ichakdan iborat
14.Qon aylanish sistemasi dastlab paydo bo’lgan
organizmlarning yuragi …
A) 2 kamerali bo’ladi
B) naysimon tuzilgan b/di
C) bo’lmaydi, qizilo’ngach atrofida 5-6 ta yo’g’on halqali
tomirlari yurak vazifasini bajaradi
D) bo’lmaydi, qorin qon tomiri qisqarish xususiyatiga ega
15. Yomg’ir chuvalchangi tanasining ingichkalashishi
nimaga bog’liq?
A) halqasimon muskullarga B) ichki epiteliyga
C) bo’ylama muskullarga D) tukchalarga
16. Qoramol tasmasimonida parazitlikka moslanish belgilarini
aniqlang.
1) kutikula bilan qoplanish; 2) anal teshigi paydo bo’lishi; 3)
hazm s/si rivojlanmaganligi;4)ko’p tuxum qo’yishi; 5)
germofroditligi; 6)mitoxondriya yo’qligi.
A) 2, 3, 5 B) 1,4,6 C) 1, 3, 4 D) 3, 5, 6
17.Halqali chuvalchanglarning qadimgi yassi
chuvalchanglardan kelib chiqqanligini dalili nima?
1. ko’p tukli halqalilarning lichinkasi tanasida kipriklarning
bo’lishi 2. tanasining bir qavat epiteliy bilan qoplanganligi
3.qillar va kipriklarni o’xshashligi 4. ayirish sistemasining
o’xshashligi
a) 1.3 b) 2.4 c) 2.3 d) 1.4
18. Cho’chqada voyaga yetguncha (1) va voyaga yetganda (2)
parazitlik qiluvchi organizm.
A) 1-jigar qurti, cho’chqa tasmasimoni; 2-exinokokk
B) 1-cho’chqa tasmasimoni; 2-qoramol tasmasimoni
C) 1-exinokokk; 2-jigar qurti, cho’chqa tasmasimoni
D) 1- cho’chqa tasmasimon chuvalchangi; 2-jigar qurti
19. Exinakokk bilan zararlanish oldini olish uchun qanday
choralarni qo’llash kerak?
1) daydi itlarni yo’qotish 2) ko’lmak suvni ichmaslik 3)
sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish 4) go’shtni yaxshi pishirib
yeyish 5) ko’katlarni tozalab yeyish 6) qiymani tatib ko’rmaslik
lozim 7) qushxonalardagi go’shtni nazorat qilish 8)shaxsiy
gigiyena qoidalariga rioya qilish 9)zararlangan organlarni
itlarga bermasli
A) 3,5,8 B) 1,4,7,8 C) 2,5 D) 3,8
20. Oq planariya va yomg’ir chuvalchangining o’xshash
jihatlarini aniqlang.
1) terisi orqali nafas olishi; 2) tuxumlarini pilla ichiga qo’yishi;
3) tanasi bir qavat epiteliy bilan qoplangan; 4) germofrodit; 5)
ayirish sistemasining tuzilishi; 6) nerv sistemasining tuzilishi;
7) chuchuk suvda yashashi; 8) anal teshigi mavjud
A) 5,6,8 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,7 D) 1,3,4
21.Hayvonot olamiga taalluqli bo’lgan sistematik guruhlarni
to’g’ri tartibda ko’rsating.
1.olam 2.oila 3.tur 4.turkum 5.tip 6.sinf 7.urug’
a) 3,7,4,6,5,1,2 b) 3,4,2,7,1,6,5
c) 3,7,2,4,6,5,1 d) 1,3,7,2,4,6,5
22. Nozemaga xos bo`lgan belgilarni ajrating.
a. harakatlanish organoidi bo`lmaydi b. harakatlanish
organoidi bo`ladi c. hazm organoidi bo`lmaydi d. hazm
organoidi bo`ladi e. ayirish organoidi bo`lmaydi f. ayirish
organoidi bo`ladi j. tut ipak qurti va asalari paraziti k. odam
paraziti
a) b, d, e, j b) b, d, f, k
c) a, c, f, k d) a, c, e, j
23. Ohak chig’anoqli(I) va kremniy skeltli (II) soda hayvonlar
va ularning ahamiyatini juftlab yozing. 1)nursimonlar;
2) foraminifera; a) ohaktosh konlarini hosil qiladi; b) jilvir
qog’oz tayyorlashda foydalaniladi; c) zeb-ziynat buyumlari
tayyorlaniladi; d) metallarni silliqlashda foydalaniladi
A) I- 1, a; II- 2, b,d B) I- 2, a; II- 1, b,d
C) I- 1, b,d; II- 2, a D) I- 2, b,c; II- 1, a,d
24. Aktiniyaning gidradan farq qiluvchi asosiy belgilarini
belgilang.
1.faqat tovonda harakatlanadi 2.asosan o’troq hayot kechiradi
3.ixtisoslashgan hujayralarga ega,organlar rivojlanmagan
4.yirtqichlik bilan hayot kechiradi 5.ancha yirik 6.tuxumdan
lichinka chiqadi 7.lichinkalik davri bo’lmaydi
a) 1.2.3.4.7 b) 1.5.6 c) 1.2.3.5.6 d) 3.4.5.6
25.Bo’shliqichlilarning qaysi xususiyati ko’p hujayralilarning
eng tubani ekanligini ko’rsatadi?
1.nursimon simmetriyaliligi 2. kuchli regenaratsiya qilishi
3.anal teshigini bo’lmasligi 4. tana devorini 2 qavatliligi 5.
hujayralarini yaxshi ixtisoslashmagani
a) 1.2.5 b) 3.4.5 c) 1,4.5 d) 2.5
26. Qaysi javobda bir (a), ikki (b), to’rt (c) va ko’p (d) xivchinli
hujayralar to’g’ri juftlab ko’rsatilgan?
1) ulotriksning zoosporasi; 2) volvoks hujayrasi; 3)
evglena;4)ulotriks gametasi; 5) funariyaning erkaklik
gametasi; 6) qirqbo’g’imning erkaklik gametasi; 7)
qirqquloqning erkaklik gametasi; 8) gidraning spermotozoidi;
9) gidraning hazm qiluvchi hujayrasi; 10) gidraning bezli
hujayrasi
A) a-3; b-4,5,9; c-1; d-6,7 B) a-3,8; b-2,4,10; c-6,9; d-1,5
C) a-8; b-2,6,7; c-4,9; d-1,5 D) a-3,8; b-2,6,7; c-1,5; d-4,9
27. Gidraning jinsiy hujayralari qachon hosil bo`ladi
a) qishda
b) kuzda
c) bahorda
d) yozda
28.Qaysi javobda bezgak parazitiga xos belgilar to’g’ri
ko’rsatilgan? 1) sodda tuzilgan; 2)hazm qiluvchi organoidlari
yo’q; 3) bir necha bo’laklarga bo’linib ko’payadi; 4) bir hujayrali
parazit; 5) harakatlanish organoidlari yo’q; 6) ko’payishi
yadroning bo’linishidan boshlanadi; 7) 2 xivchinli; 8)oziq hazm
vakuollarida parchalanadi
A) 1,2,5,7
B) 5,6,8
C) 1,2,3,4
D) 2,3,4,5,7,8
29. Ildizog’iz meduza uchun xos xususiyatlarni belgilang.
1)shakli soyabonga o’xshaydi; 2)tanasi qalin mantiya bilan
o’ralgan; 3) istemol qiluvchi organizm; 4) baliqlar bilan
oziqlanadi; 5) paypaslagichlarida ko’plab sorg’ichlari
joylashgan; 6) ektoderma qavatida otuvchi hujayralari mavjud;
7) oziq zanjirida ishtirok etadi; 8) jabrasi bilan nafas oladi
A) 3,5,7 B) 2,4,5,8 C) 1,2,4,6,8 D) 1,3,6,7
30.Amyobaning hazm qilish vakuolasi qaysi paytda hosil
bo’ladi?
a) yadrodan hazm shirasi ajralishi bilan
b) sitoplazma bo’linishi bilan
c) sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan
d) sista hosil qilishi bilan
31. Qaysi javobda bezgak parazitiga xos belgilar to'g'ri
ko'rsatilgan? 1) sodda tuzilgan; 2) hazm qiluvchi organoidlari
yo'q; 3) shizogoniya usulida ko'payadi; 4) bir hujayrali parazit;
5) harakatlanish organoidlari yo'q; 6) ko'payishi yadroning
bo'linishidan boshlanadi; 7) ikki xivchinli; 8) oziq hazm
vakuollarida parchalanadi
A) 1, 2, 3, 4 B) 5, 6, 8
C) 2, 3, 4, 5, 7, 8 D) 1, 2, 5, 7
32. Biriktiruvchi to’qimaning suyuq (1), tig’iz (2) va g’ovak (3)
xillariga misol keltiring.
a) parenxima; b) qon; c) suyak; d) tog’ay
A) 1-b; 2-c,d; 3-a B) 1-a; 2-c,d; 3-b
C) 1-a,c; 2-b; 3-d D) 1-b; 2-c; 3-a,d
33. Qaysi javobda gidraning ektoderma qavatida uchraydigan
organlar to’g’ri ko’rsatilgan?
1) teri-muskul; 2) nerv; 3) otuvchi; 4) oraliq; 5) tuxum hujayra;
6) spermatozoid; 7) hazm qilish hujayrasi; 8) bezli hujayralar
A) 3,4,5,6,8
B) 1,2,3,8
C) 2,3,4,5,6
D) TJY
34. Mamlakatimizda baliqlar (1), sudralib yuruvchilar (2)
hamda sutemizuvchi (3) hayvonlarning qanchaga yaqin turi
tarqalagan? a) 400; b) 11000; c) 60; d) 70; e) yuzlab; f) 100
A) 1-d; 2-c; 3-f B) 1-c; 2-d; 3-a
C) 1-e; 2-f; 3-d D) 1-d; 2-f; 3-c
35. Yomg‘ir chuvalchangining bolalar gijjasiga o'xshash (a)va
farq qiluvchi (b) belgilarini aniqlang.
1) tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan; 2) halqum atrofi
nerv halqasiga ega;3) tuxumidan lichinka rivojlanadi; 4) erkin
hayotkechiradi; 5) ichki organlari tana bo‘shlig’idajoylashadi; 6)
germafrodit organizm
A) a - 1, 6; b - 4, 5 B) a - 2, 5; b - 4, 6
С) a - 1, 4; b - 3, 6 D) a - 2, 6; b - 3, 5
36. Odamlarga (a) tuxumi, (b) finnasi orqali yuqadigan parazit
chuvalchanglarni ko`rsating.
1.askarida 2.qoramol tasmasimon chuvalchangi 3.exinokok
4.chochqa tasmasimoni 5.jigar qurti
A) a-1,2 b-3,4,5 B) a-1,6 b-2,4,
C) a-1 b-2,4 D) a-2,4 b-1
37. Evolyutsiya jarayonida halqali (a) va to'garak (b)
chuvalchanglarda sodir bo‘lgan morfofiziologik o‘zgarishlarni
aniqlang.
1) qizilo‘ngach; 2) oshqozon; 3 ) o’rta, keyingi ichak; 4) anal
teshigi; 5) qon aylanish sistemasi; 6) voronkasimon uchi ochiq
naychalar; 7) halqum usti va osti nerv tugunlari, qorin nerv
zanjiri
A) a-5, 6; b-1, 2, 3, 4, 7 B) a-3, 4, 5, 6; b-1, 2, 7
C) a- 4, 5, 6, 7; b-1, 3, 5 D) a-2,5,6,7; b-1, 3, 4
38. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi?
a) qoramolda b)yirtqich hayvonlarni jigarida
c) odam ichagida d) chuchuk suv shillig`ida
39. Oq planariyaga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang
1.tanasi kipriklar bilan qoplangan 2.bosh va qorin so’rg’ichlari
bo’ladi 3.halqumdan uch boshli ichak boshlanadi 4.tana
bo’shlig’i bor 5.tana bo’shlig’ bo’lmaydi 6.orqa chiqaruv teshigi
bo’lmaydi 7. anal teshigi bo’lmaydi 8.yirtqich 9. parazit
a) 1,2,4,5,6
b) 1,3,5,6,8
c) 1,4,5,6,7
d) 1,2,4,6,9
40. Anal teshigi bo`lmagan (a) va bo`lgan (b) chuvalchanglarni
juftlab ko`rsating.
1. exinokok 2. cho`chqa tasmasimoni 3.nereida 4. bolalar
gijjasi 5. jigar qurti
a) a-1,5; b-2,3,4 b) a-1,3,5; b-2,4
c) a-1,2,5; b-3,4 d) a-2,5; b-1,3,4