Kurs ishining maqsadi: boshlang’ich sinf tabiatshunoslik fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ob’ekti: boshlang’ich sinf tabiatshunoslik fanidan sinfdan tashqari ishlar jarayoni.
Kurs ishining predmeti: boshlang’ich sinf tabiatshunoslik fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish jarayonining mazmuni, shakl, vosita va metodlari.
Kurs ishining vazifalari: - mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalarni o’rganish asosida sinfdan tashqari ishlar tushunchasining mazmun mohiyatini asoslash; - boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish; - boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda turli metodlardan foydalanishning texnologik jihatlarini yoritib berish.
Kurs ishining metodlari: mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, nazariy tahlil, umumlashtirish, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini kuzatish va o’rganish,
Kurs ishining metodologik asoslari. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limtarbiyani rivojlantirishga qaratilgan asarlari, “Umumiy o’rta ta’limni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”, “Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi”, xalq pedagogikasining asosiy yo’nalishlari, pedagogik va psixologik ta’limotlar, metodik manbalar, mavzuga dahldor ilmiy va o’quv adabiyotlar.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: - boshlang’ich sinf tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlardan samarali foydalanish dolzarbligi asoslandi; - boshlang’ich sinf tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlar mazmun-mohiyatini oshirishning didaktik shart-sharoitlari, metod, shakl va vositalari aniqlandi; - boshlang’ich sinf tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlarga asoslangan namunalar ishlab chiqildi.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: boshlang’ich sinf tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlardan foydalanishning hozirgi holati, pedagogik shart - sharoitlari aniqlanib, yetakchi metodlari, shakl va vositalarining tizimlashtirilganligi, shuningdek, malakaviy sinfdan tashqari mashg’ulotlardan uslubiy ko’rsatma sifatida foydalanish mumkin.