Muhit oynasining pastki qismida
kompillyasiya tugaganligi, tayyyor
bajariluvchi dastur mikrokontroller xotirasidan 960 bayt (3%), global o‘zgaruvchilar
esa atigi 9 bayt (bir foizdan kam) joy egallaganligi to‘g‘risida ma’lumot chiqdi.
Dastur kodida xatolar aniqlanmadi.
Dasturni
mikrokontroller
xotirasiga
yuklaymiz.
Buning
uchun
mikrokontrollerni USB porti orqali kompyuterga ulaymiz va quyidagi sozlashlarni
amalga oshiramiz.
Dastlab mikrokontroller qaysi portga ulanganligini ko‘rsatamiz.
Bizning holimizda u COM26 portiga ulanganligini belgilaymiz.
Keyin ulangan plata turini “Addiuno Nano” qilib tanlaymiz.
Bizning holimizda u Atmega 328P qilib belgilanishi lozim. Endi
mikrokontroller dastur yuklanishiga tayyor bo‘ldi.
Dasturni yuklash uchun komandalar menyusidan dasturni yuklash buyrug‘ini
tanlaymiz.
Muhit oynasining pastki qismida dasturning
mikrokontroller xotirasiga
yuklash tugallanganligi to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ladi.
SHu bilan berilgan
masala uchun mikrokontrollerni dasturlash vazifasi nihoyasiga etadi.