2 - Laboratoriya ishi Mavzu:Kommutatordaportxavfsizligi(portsecurity)nisozlash Ishdanmaqsad: Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning ―port- security‖ funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo‘lish.
Qisqacha nazariy ma‟lumotlar
Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MAC- manzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. Bundan tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini cheklashga imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi (2.1-rasm.).
2.1-rasm. Kommutatorda Port Security funksiyasining ishlash tartibi
MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud:
Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi (2.3-rasm);
Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator qaysi manzillar shu vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini eslab qoladi (2.3-rasm).
Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini ipconfig /all buyrug`i yordamida aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18- DE-C7-F3-FB ko`rinishda keltirilgan.
2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish uchun show
mac-address-table buyrug`i orqali aniqlanadi (2.3-rasm).
Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish hisoblanadi.
Port-securitynisozlash Port-security interfeysni sozlash kommutatorning port rejimlar orqali amalga oshiriladi. Ko`pchilik Cisco kommutatorlarida portlar odatda dynamic auto rejimida turadi, ushbu rejim port-security funksiyasiga to`g`ri kelmaydi. Shuning uchun interfeysni trunk yoki access rejimiga o`tkazish kerak: