2 Laboratoriya ishi Mavzu: Kommutatorda port xavfsizligi



Yüklə 167,88 Kb.
səhifə1/3
tarix18.01.2023
ölçüsü167,88 Kb.
#79541
  1   2   3
2-laboratoriya ishi


2 - Laboratoriya ishi
Mavzu: Kommutatorda port xavfsizligi (port security) ni sozlash
Ishdan maqsad: Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning ―port- security‖ funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo‘lish.

Qisqacha nazariy ma‟lumotlar


Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MAC- manzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. Bundan tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini cheklashga imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi (2.1-rasm.).

2.1-rasm. Kommutatorda Port Security funksiyasining ishlash tartibi


MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud:

  1. Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi (2.3-rasm);

  2. Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator qaysi manzillar shu vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini eslab qoladi (2.3-rasm).

Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini ipconfig /all buyrug`i yordamida aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18- DE-C7-F3-FB ko`rinishda keltirilgan.

2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish uchun show
mac-address-table buyrug`i orqali aniqlanadi (2.3-rasm).

2.3-rasm. Kommutator qurilmasining MAC-manzilini ko`rish


Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish hisoblanadi.


Port-securityni sozlash
Port-security interfeysni sozlash kommutatorning port rejimlar orqali amalga oshiriladi. Ko`pchilik Cisco kommutatorlarida portlar odatda dynamic auto
rejimida turadi, ushbu rejim port-security funksiyasiga to`g`ri kelmaydi. Shuning uchun interfeysni trunk yoki access rejimiga o`tkazish kerak:

switch(config-if)# switchport mode


Interfeysda port securityni ishga tushurish:


switch(config-if)# switchport port-security



Yüklə 167,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin