2-laboratoriya ishi. Servis (xizmat kо‘rsatuvchi) dasturlar-utilitlar bilan ishlash. Disklarni formatlash, defragmentatsiya qilish I shdan maqsad: Talabalarga Kompyuterga xizmat ko’rsatuvchi va kompyuter ishini optimallashtiruvchi dasturlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Uslubiy ko’rsatmalarAuslogicsboostspeed dasturini ishga tushiring
“Главная” bo’limidan “Проверить все” tugmasini bosing.
“Дисковое пространство” bo’limidan “Подробно” buyrug’ini tanlang.
Qoldik fayllar va keraksiz fayllar bilan tanishib chiqing va ularni o’chirib tashlang.
“Стабильность системы” bo’limidan “Подробно” buyrug’ini tanlang.
Tizimning turg’un ishlashiga xalal beruvchi xatoliklar bilan tanishib chiqing va ularni to’g’rilang. “Скорость компьютера” bo’limidan “Подробно” buyrug’ini tanlang.
Kompyuter ishlash tezligiga tasir qiluvchi parametrlarni ko’rib chiqing to’g’rilang.
“Все инструменты” bo’limini tanlang va kompyuterga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plamidan variantingizdagi dastur ilovasining imkoniyatlarini ko’rsatib bering.
Auslogics File Recovery dasturi yordamida o’chirilgan fayllarni tiklash Auslogics File Recovery – tasodifan (viruslarning o’chirib yuborishi, tizim xatoliklari tufayli) o’chgan yoki zararlanib o’chib ketgan fayllarni qayta tiklash dasturi. Ushbu yordamchi ilova yordamida siz qattiq disklardan, USB xotira va fleshxotira kartalaridan o’chib ketgan hujjatlar, musiqa, rasmlar va boshqa fayllarni tiklashingiz mumkin. Shu bilan birga, odatiy tarzda tasodifan o'chirilgan fayllarni emas, balki disk qismini o'chirish yoki formatlash jarayonida o’chib ketgan fayllarni qayta tiklash mumkin. Ilova interfeysining soddaligi kompyuterda ishlash malakasi yuqori bo’lmagan foydalanuvchilar ham foydalana oladigan darajada soda. Ilovaning imkoniyatlariFAT va NTFS fayl tizimlarini qo'llab-quvvatlash.
Hujjatlar, audio / video, foto va boshqa fayllarni qayta tiklash.
F aqat ma'lum bir fayl formatinigina qayta tiklash. Har xil saqlash qurilmalarini qo'llab-quvvatlash.
Oddiy va zamonaviy ma'lumotlarni tiklash rejimi.
Yo'qotilgan disk qismlarida fayllarni qidirish.
Qayta tiklangan fayllarni saqlash uchun tizimdagi papkani tanlash. Maxfiy ma'lumotlarni to'liq va ishonchli olib tashlash.
Windows Explorer bilan integratsiya.
Brauzer natijalari orasida fayllarni qidirish.
Muayyan faylni tiklash vaqtini ko'rsatish.
Qattiq diskning o’chirilgan yoki formatlangan bo'limlari bilan ishlaydi.
Zaxira nusxalarini yaratish.
Fayllarni qayta tiklash amallarining bajarilish ketma ketligi
Auslogics File Recovery ilovasini ishga tushiring
O’chib ketgan fayllar saqlangan xotira qurilmalarini tanlang.
O’chib ketgan fayllarni qidirishni qo’shimcha sozlash 4 bosqichda amalga oshiriladi
Fayl turini ko’rsatish.
Fayllarning eng oxirgi o’zgartirilgan sanasini ko’rsatish
Faylning nomidagi qandaydir qismni ko’rsatish
Qidirishning qo’shimcha kriteriyalarini o’rnatish
«Поиск» tugmasini bosishingiz bilan o’chib ketgan fayllarni qidirish boshlanadi.
Izlash jarayonini ixtiyoriy vaqtda to’xtatish yoki to’xtatib turishingiz mumkin.
Disklarni skanerlash dasturining natijasi
Qidirish natijalaridan o’zingizga kerakli fayllarni tanlab olasiz va tugmasini bosib fayllar tiklanishi zarur bo’lgan joyni
k o’rsating. Fayllar tiklanadigan joy fayllar o’chib ketgan xotira qurilmasidan boshqa joyda bo’lishi tavsiya etiladi. Aks holda fayllarni tiklash xatoliklar bilan amalga oshishi mumkin.
Fayllar qanday holda tiklanganligi haqida axborot beriladi.